1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə138/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va misol-masallar yechish malakasini mustahkamlash, songa nolni qo`shish va yirish haqidagi bilimlarni tushuntirish.

2) O`quvchilarni o`zaro hurmat, bir-biriga do`stonoa munosabat bildirish, suhbatdoshining fikrini tinglay olish va undan to`g`ri xulosa chiqarishga o`rgatish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Mening o`rnim qayerda” o`yini o`tkaziladi. Stol ustiga 1 dan 11 gacha bo`lgan sonlar teskari qilib qo`yiladi. O`quvchilar chiqib turli xil raqamlarni tanlashadi va bir-birlariga qarab to`g`ri bo`lib saflanib olishadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 1-misol orqali mavzu tushuntiriladi.

O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi. 10 sonining tarkibi bu- 9 bilan 1, 8 bilan 2, 7 bilan 3, 6 bilan 4, 5 bilan 5 ning yig`indisidan hosil bo`lishi aytib o`tiladi.Song nol soni mavjud emas ma`nosini bildirishi eslatib o`tiladi.

5 ta gulga nolta gulni qo`shsak gullar nechta bo`ladi? 5+0=5 son o`zgarmaydi, chunki nol yo`q degan ma`noni bildiradi.

6 ta qulupnaydan nolta qulupnayni olsak, nechta qulupnay qoladi? 6-0=6 Son o`zgarmaydi.

Ekran orqali “Sonlarning tarkibini to`ldiring” topshirig`i bajariladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 48-sahifasida berilgan misollar ishlanadi.

2-misol doskada va daftarda ishlanadi.

0+5=5 9-0=9 3-0=3 8+0=8 6+0=0 2-0=2

3-misol musobaqa tarzida bajartiriladi.

2+0=2 7+0=7 9+0=9 4-0=4 6-0=6 8-0=8.

4-misol guruhlarda bajartiriladi. O`qituvchui nazorat qiladi.

8+2=10 6-4< 9 3+5=8

2+5<10 6+0<8 8-3<7

9-4<10 6-3< 7 4+2>5


So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________


47-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin