1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash. 2) O`quvchilarni jamoada birgalikda ishlash, bir-birining fikrini hurmat qilish, topqirlik fazilatlarini namoyon eta olishga o`rgatish.; 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Mustahkamlsh Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. III.Mustahkamlash: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.Organilgan bilimlar yuzasidan mustahkamlash darsi o`tkazilishi aytib o`tiladi. O`quvchilarga ikkitadan sonlar ko`rsatiladi. Ushbu sonlarni o`quvchilar taqqoslashlari kerakligi aytiladi. O`quvchilar og`zaki katta va kichik ishoralarini aytib sonlarni taqqoslaydilar. Son`g darslikdagi misol va masallar bajariladi. 1-misolda o`quvchilar 1 dan 10 gacha to`g`ri va teskari sanaydilar, ikkitalab, oralatib sanab beradilar. 2-masala ogz`aki bajariuladi. Axxal amasala tuziladi, yechimi topiladi. 1-shoxda 6 ta shaftoli, ikkinchi shoxda 4 ta shaftoli bor. Jami shaftolilar nechta? 6+4=10 ta Shoxda 10 ta shaftoli bor edi. Undan 4 tasi (6 tasi) uzildi . Shoxda nexhta shaftoli qoldi? 10-4=6 ta 10-6=4 ta 3-misol og`zaki bajariladi. O`quvchilar poyezdni yurgizishlari uchun barcha misollar to`g`ri bajarilishi kerakligi ta`kidlanadi. Misollar ishlanadi. 10-1=9 9-2=7 7-1=6 6-2=4 4-2=2 2+1=3 3-2=1 1+5=6 4-misol doskada va daftarda bajartiriladi. 8+1=9 9-3=6 9-2=7 5+4=9 6+3=9 8-4=4 7+3=10 9+1=10 5-misolda berilgan sonlar taqqoslanadi. 10>6 9<10 10=10 7>5 6-misolda berilgan sonlar tarkibi to`ldiriladi. 6=4+2 7=5+2 8=7+1 So`ng “Sonlarning tarkibini to`ldiring” trenajyor mashqi o`quvchilar bilan ekran orqali bajariladi. So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ II chorak 46-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |