1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning 10 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalarini mustahkamlash,ayirish hadlari haqida tushuncha berish. 2) O`quvchilarni o`zaro hurmat, bir-biriga do`stonoa munosabat bildirish, suhbatdoshining fikrini tinglay olish va undan to`g`ri xulosa chiqarishga o`rgatish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. “Matematik diktant ” yozdiriladi. III. Yangi mavzu bayoni. O`quvchilarga mavzu e`lon qilinadi. Ko`rgazmalar yordamida mavzu tushuntiriladi. Qo`shish hadlariga o`xhsb ayirish hadlari ham mavzud. 9-2=7 Bu o`rinda 9-kamayuvchi. Bu sondan kamayotganini bildiradi. 2-ayriluvchi 7-ayirma. 9 va 2 ning ayirmasi 7 ga teng. 1-misol yordamida mavzu yana bir bor tushuntiriladi. Qafasda 6 ta qush bor edi. Ulardan 2 ta qush uchib ketdi. Qafasda nechta qush qoldi? 6-2=4 ta qushg qoldi. Ya`ni 6 va 2 ning ayirmasi 4 ga teng. Mustahkamlash So`ng yangi mavzu yuizasidan mustahkamlsh ishlari olib boriladi. Mavzu yana bir bor tushuntirib o`tiladi.Turli xil ko`rgazmalar orqali mavzu mustahkamlanadi. Darslikning 71-sahifasida berilgan misol va masallar bajariladi. 2-misol.
6-2=4 3-masala og`zaki masala tuzdiriladi, yechimi topiladi. Bor edi-6 ta nok Yeyildi- ? ta Qoldi- 4 ta Ayriluvchini topish uchun kamayuvchidfan ayirmani ayramiz. 6-4=2 ta yeyildi. 4-misol doskada va daftarda ishlanadi. 7-6=1 9-3=6 5-5=0 8-4=4 7-2=5 6-5=1 10-8=2 10-9=1 So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. IV. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 70-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |