1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana


Dars jarayoni va texnologiyasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə249/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Dars jarayoni va texnologiyasi

Dars bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning nuqta, chiziqlar, kesma, siniq chiziq haqidagi egallagan bilimlarini boyitish,geometrik kattaliklar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, kesmalarning uzunligini o`lchash va taqqoslash haqida bilim berish, kesmalarning uzunligini o`lchay olish va ularni taqqoslashni bilish..

2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish.

3) O‘quvchilarning chizg`ich yordamida o`lchay olish, chi`zg`ichdan foydalanishga oid ko`nikmalarini shakllantirib borish..

Dars turi: Mustahkamlash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

O`tilgan mavzu ekranda berilgan “Tipratikan” nomli trenajyor mashqi orqali mustahkamlanadi. Bu trenajyordan foydalanish qoidalari avvalgi darslarda keltirilgan. Unga ko`ra 10 ichida qo`shish va ayirishga oid misollarni yechish kerak.

O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun ekrnda mavzuga oid test beriladi. Barcha testlar mavzudan kelib chiqib tuzilgan. Masalalar o`qituvchi tomonidan tushuntiriladi va ularni o`quvchilar daftarlariga belgilaydilar.

Testlar bir balli tizim asosida baholanadi.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

III.Mustahkamlash:

O`quvchilarning geometrik bilimlarini shakllantirish maqsadida Paint dasturi asosida shakllar yasaydilar va ular turli xil ranglarga bo`yaladi. Qaysi shaklni qaysi rangga bo`yashni o`qituvchi belgilab beradi. O`quvhilar bu trenajyor mashqlarni bajarish barobarida shakllarni ajrata olish qobiliyati rivojlanadi.

Darslikdagi 7-misolni o`qituvchi o`quvchilarga tushuntirib beradi.

Uzunligi 6 sm va 3 sm bo`lgan kesmalar chiziladi va taqqoslanadi.

3 sm

6 sm 3 > 6



8-misol o`qin tariqasida og`zaki bajariladi.

1+2=3 5+2=7 2+2=4 6+2=8 7+2=9 4+2=6 8+2=10 1+3


10-3=7 6-3=3 9-3=6 5-3=2 8-3=5 3-3=0 7-3=4 4-3=1

10-masala o`qituvchi tomonidan o`qiladi. Mazmuni tushuntiriladi , qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi.

Qiz bolalar- 4 ta

O`g`il bolalar -? Ta

Hammasi- 10 ta

Yechish: 10-4=6 (ta)

Javob: o`g`il bolalar 6 ta
10-masaladagi shakllarning tomonlari chizg`ich yordamida o`lchanadi.

11-masaladagi berilgan rasm yuzasidan suhbat o`tkaziladi va masala tuziladi.

IV. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 88-betidagi 12-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi..

.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

88-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin