1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning nuqta, chiziqlar, kesma, siniq chiziq haqidagi egallagan bilimlarini boyitish,geometrik kattaliklar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, kesmalarning uzunligini o`lchash va taqqoslash haqida bilim berish, kesmalarning uzunligini o`lchay olish va ularni taqqoslashni bilish.. 2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish. 3) O‘quvchilarning chizg`ich yordamida o`lchay olish, chi`zg`ichdan foydalanishga oid ko`nikmalarini shakllantirib borish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. O`tilgan mavzu ekranda berilgan “Tipratikan” nomli trenajyor mashqi orqali mustahkamlanadi. Bu trenajyordan foydalanish qoidalari avvalgi darslarda keltirilgan. Unga ko`ra 10 ichida qo`shish va ayirishga oid misollarni yechish kerak. Kitobda berilgan 1-misol daftarda bajariladi. Buning uchun har bir kesma chizg`ich yordamida o`lchanadi va daftarlarga ham xuddi shunday chiziladi. Darslikdagi 2-topshiriq og`zaki bajariladi. Topshiriqdagi shakllarda nechta kesma borligi va ular nima deb atalishi so`raladi.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun ekrnda mavzuga oid test beriladi. Barcha testlar mavzudan kelib chiqib tuzilgan. Masalalar o`qituvchi tomonidan tushuntiriladi va ularni o`quvchilar daftarlariga belgilaydilar. Testlar bir balli tizim asosida baholanadi. 3-topshiriqda o`quvchilar o`zlarining o`tirgan joylaridan doskagacha bo`lgan masofani qadamlab o`lchaydilar. O`qituvchi bolalarga uylarining uzunliklarini qadamlab o`lchab kelish topshirig`ini beradi. Mazkur topshiriqni bajarish barobarida o`quvchilar chamalash, o`lchash, taqqoslash kabi tushunchalarni yanada puxtaroq o`rganadilar. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilarning geometrik bilimlarini shakllantirish maqsadida Paint dasturi asosida shakllar yasaydilar va ular turli xil ranglarga bo`yaladi. Qaysi shaklni qaysi rangga bo`yashni o`qituvchi belgilab beradi. O`quvhilar bu trenajyor mashqlarni bajarish barobarida shakllarni ajrata olish qobiliyati rivojlanadi. Darslikdagi 4-misolni o`qituvchi o`quvchilarga tushuntirib beradi. Bo`sh kataklar o`rnini qanday amallar bilan to`ldirish kerakligi aytib o`tiladi. 8-4=4 7+2=9 4+5=9 3+3=6 9-2=7 6+3=9 IV. Mustahkamlash. 5-topshiriqda o`uvchilar shakllarning har bir tomonini chizg`ich yordamida o`lchaydilar va o`lchangan tomonga natijani yozadilar. Ekranda “Tarozi” trenajyori beriladi. Bu mashqda 20 kg li meva va poliz ekinlaridan foydalanilgan. O`quvchilar taroziga mevalarni qoyib o`lchaydilar. Bu topshiriqni bajarish bilan birgalikda o`quvchilarda 20 ichida sonlarning tarkibini bilish hamda tarozida o`lchash malakari shakllanadi, rivojlanadi. So`ng Paint dasturi asosida ko`pburchaklar yasash topshirig`i beriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 87-betidagi 6-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.. .Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 86-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |