1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning nuqta, chiziqlar, kesma, siniq chiziq haqidagi egallagan bilimlarini boyitish, “Santimetr” haqidagi bilimlarini mustahkamlash.. 2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish. 3) O‘quvchilarning chizg`ich yordamida o`lchay olish, chi`zg`ichdan foydalanishga oid ko`nikmalarini shakllantirib borish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. Doskadagi turli xil shakllarga e`tibor qaratiladi. (qayiqcha, kub, uy, gul) kabi. Bular qanday shakllardan yasalganliklari so`raladi. O`quvchilarga narsalarga qarab qanday shakllardan hosil qilinganliklarini aytib o`tadi va bu ko`pburchaklarning nomlari ham aytib o`tiladi. So`ng o`qituvchi doskada to`gri chiziq hosil qiladi. To`gri chiziqni cho`zish mumkin, o`lchash mumkin. O`lchab ko`rish uchun biz sizlar bilan uzunlik o`lchovini bilishimiz shart. Biz uzunliklarni santimetrli tasma, yoki chizg`ich yordamida o`lchaymiz. III.O`rganilagan mavzuni mustahkamlash: Uzunlikni o`lchash uchun santimetr mavzusi o`rganilishi kerak. Santimetr o`lchov birligi ekran orqali tushuntiriladi. Santimetr uzunlik o`lchovi bo`lib, qisqacha sm bilan belgilanadi. Ekran orqali 1 sm qanday chizilishi va yozilishi ko`rsatiladi. O`quvchilarga turli xil shakllar tarqatiladi va chizg`ich yordamida ularning tomonlarini o`lchash topshiriladi. O`quvchilar shakllarning tomonlarini o`lchaydilar va o`qituvchiga aytaib o`tadilar. So`ng o`quvchilar darslikning tponlarini o`lchaydilar. Mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga darslikdagi misol va masallar bajartiriladi. 6-misol og`zaki bajartiriladi. Berilgan 7 sm.li kesmani 1 sm.ga kichraytiring. 7-1=6 m 7-misolda kvadratlar yordamida misollar bajariladi. 2+3=5 6-2=4 8-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Tarbiyaviy tomoni yoritiladi. Bor edi- 10 ta Yechish: Berildi- 6 ta 10-6=4 (ta) Qoldi-? ta Javob: Dilshodda 4 ta yong`oq qoldi. 9-misolda sonlarning nomalum qo`shiluvchini topishga doir misollar ishlanadi va bo`sh kataklar to`ldiriladi. 8=5+3 9=5+4 7=4+3 10-masalada berilgan shakllar avval kataklar yordamida, so`ng chizg`ich yordamida o`lchanadi va daftarlariga chizdiriladi. So`ng Paint dasturi asosida ko`pburchaklar yasash topshirig`i beriladi. IV. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 86-betidagi 11-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.. .Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________
85-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |