1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə240/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.



Fanga oid kompetensiyalar:

O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;


Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarga ko`pburchaklar haqida tushuncha berish, kesmalarning uzunliklarini o`lchash haqida egallagan bilimlarini mustahkamlash.

2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish.

3) O‘quvchilarning tezkorlik, topqirlik jihatlarini yanada yuksaltirish, ko`pburchaklarni bir-biridan farqlay olish ko`nikmalarini shakllantirib borish..

Dars turi: Mustahkamlash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Darsni mustahkamlash “Tramvay” o`yini orqali amalga oshiriladi. O`yin hshartiga ko`ra o`qituvchi o`quvchilarning har biriga alohida raqam yozilgan 2 tadan kartochka tarqatadi. Bir o`quvchi qo`liga 10 soni yozilgan kartochka beriladi. Bu “10-tramvay” bo`ladi. Ushbu tramvayga qo`llaridagi kartochkalarda yoilgan raqamlar yig`indisi 10 ga teng bo`lgan o`quvchilar o`tiradi.

Keyin navbatdagi tarmvay keladi. Bu “6-tramvay” bo`ladi. Bunga kartochkalardagi raqamlar yig`indisi 6 ga teng bo`lgan o`quvchilar o`tiradi.

Parta oralab uy vazifasi tekshirib chiqiladi.

III.O`rganilgan mavzuni mustahkamlash:

Ekranda yoki plakatda turli ko`pburchaklar ko`rsatiladi.Ularga raqamlar yozilgan. O`qituvchi ushbu ko`pburchaklar nomlarini aytishni buyuradi. O`quvchilar ko`pburchak nomlarini tomonlari va burchaklariga qarab aniqlanishini aytadilar.


1 2 3 4 5

Ko`pburchaklarning burchak va tomonlari uchta, to`rtta, beshta va undan ortiq bo`ladi.

O`quvchilarga ekran orqali oltiburchak hosil qilish o`rgatiladi.

Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalr bajartiriladi.

6-masala og`zaki bajariladi.Shakllarni sanang va nomini ayting.





.
7-masalada o`quvchilar rasm bo`yicha masala tuzadilar va uni yechimini topadailar. Masala ishlash jarayonida o`quvchilarga qushlarning tabiatdagi ahamiyati va ularga g`amho`rlik qilish o`rgatiladi.

Bor edi – 3 ta Yechish:

Qo`shildi – 7 ta 3+7=10(ta)

Hammasi- ? ta Javob: Qamma qushlar 10 ta bo`ldi.

8 -masala ham og`zaki bajariladi.







9-masala o`qiladi. Mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi.

Ye: 10-3=7 (ta) Javob: Ikkinchi likopchada 7 ta konfet bor.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 84-betidagi 10-misolni yechish topshirig`i beriladi..Dars yakunlandi.

83-dars

Fan: Matematika

Sana:

Mavzu: Santimetr



Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning nuqta, chiziqlar, kesma, siniq chiziq haqidagi egallagan bilimlarini boyitish, “Santimetr” haqida tushuncha berish.

2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish.

3) O‘quvchilarning chizg`ich yordamida o`lchay olish, chi`zg`ichdan foydalanishga oid ko`nikmalarini shakllantirib borish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

Doskadagi turli xil shakllarga e`tibor qaratiladi. (qayiqcha, kub, uy, gul) kabi. Bular qanday shakllardan yasalganliklari so`raladi. O`quvchilarga narsalarga qarab qanday shakllardan hosil qilinganliklarini aytib o`tadi va bu ko`pburchaklarning nomlari ham aytib o`tiladi.

So`ng o`qituvchi doskada to`gri chiziq hosil qiladi.

To`gri chiziqni cho`zish mumkin, o`lchash mumkin. O`lchab ko`ruish uchun biz sizlar bilan uzunlik o`lchovini bilishimiz shart. Biz uzunliklarni santimetrli tasma, yoki chizg`ich yordamida o`lchaymiz.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi.

Uzunlikni o`lchash uchun santimetr mavzusi o`rganilishi kerak. Santimetr o`lchov birligi ekran orqali tushuntiriladi.

Santimetr uzunlik o`lchovi bo`lib, qisqacha sm bilan belgilanadi. Ekran orqali 1 sm qanday chizilishi va yozilishi ko`rsatiladi.

O`quvchilar qo`llariga chizg`ich oladilar. O`qituvhi o`quvchilarni chizg`ich bilan tanishtiradi.Birgalikda bir nechta chiziqlar o`lchanadi va o`lchami aytiladi. So`ng o`quvchilar daftarning tponlarini o`lchaydilar.

Daftarning eni 17 sm, bo`yi 20 sm.Katakning ichiga chizilgan kvadrat, to`gri to`rtburchakni chizg`ich yordamida o`lchab daftarlariga chizdiriladi, shuningdek daftarning 2 ta katagi 1 cm.ga teng ekanligi tushuntiriladi.

2-misol. O`qituvchi tomonidan avval kesmalar o`lchatiladi, so`ng daftarlariga chizdiriladi.

IV. Mustahkamlash.

Mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga darslikdagi misol va masallar bajartiriladi.

3-misol doskada va daftarda bajariladi.

6-4<3 8-6<5 2+8>8 3+7>9 4+5>8 9-6=3

4-masalada berilgan tasmalar uzunligini kataklar va chizgi`ch yordamida o`lchab, necha santimetrga teng ekanligini bilib oladilar.

So`ng ekran orqali o`quvchilar bilan “Tipratikan” trenajyori beriladi. Misollar to`gri bajarilsa, olamalar tipratikan ustiga tushadi.

O`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkaziladi.



  • Santimetr necha katkka teng?

  • Santimetr qanday yoziladi?

  • Santimetrda nimalarni o`lchaymiz?

O`quvchilarga sh`eriy topishmoq beriladi.

Oyim boqar besh sigir,

Ovqat berar birma-bir.

So`giladi uchtasi,

Sut bermaydi nechtasi. (2 tasi0

So`ng Paint dasturi asosida ko`pburchaklar yasash topshirig`i beriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 85-betidagi 5-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi..

.Dars yakunlandi.

“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

84-dars


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin