1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarga ko`pburchaklar haqida tushuncha berish, kesmalarning uzunliklarini o`lchash haqida egallagan bilimlarini mustahkamlash. 2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish. 3) O‘quvchilarning tezkorlik, topqirlik jihatlarini yanada yuksaltirish, ko`pburchaklarni bir-biridan farqlay olish ko`nikmalarini shakllantirib borish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Darsni mustahkamlash “Tramvay” o`yini orqali amalga oshiriladi. O`yin hshartiga ko`ra o`qituvchi o`quvchilarning har biriga alohida raqam yozilgan 2 tadan kartochka tarqatadi. Bir o`quvchi qo`liga 10 soni yozilgan kartochka beriladi. Bu “10-tramvay” bo`ladi. Ushbu tramvayga qo`llaridagi kartochkalarda yoilgan raqamlar yig`indisi 10 ga teng bo`lgan o`quvchilar o`tiradi. Keyin navbatdagi tarmvay keladi. Bu “6-tramvay” bo`ladi. Bunga kartochkalardagi raqamlar yig`indisi 6 ga teng bo`lgan o`quvchilar o`tiradi. Matematik diktant yozdiriladi. Lolada 5 ta daftar bor edi. Ukasiga 2 ta daftar bergandan so`ng unda nechta qoladi? 3 bilan 4 ning yig`indisini yozing. 8 bilan 5 niu taqqoslang. Uzunligi 6 sm.ga teng kesma chizing. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. Ekranda yoki plakatda turli ko`pburchaklar ko`rsatiladi.Ularga raqamlar yozilgan. O`qituvchi ushbu ko`pburchaklar orasidagi qaysi raqamda uchburchaklar berilganligini o`quvchilardan so`raydi.
1 2 3 4 5 Qaysi rasmda uchburchak berilgan? 3-rasmdagi shakl uchburchakdir. Uchburchaklar bir-biridan farq qilsada hammasi bir xilda “uchburchaklar” deyiladi. Chunki larning uchtadan burchagi bor.Uchburchakning tomonlari va burchaklari ko`rsatiladi. Xo`sh, to`rtburchaklarni ayting-chi? (2- va 4- raqam) Xuddi uchburchaklardagi singari , garchi turlicha bo`lsa ham ularning 4 ta burchagi va 4 ta tomoni bo`ladi, shu boisdan ham bu shakllar to`rtburchaklardir. 1-shaklda nechta burchak bor? (5 ta) Bu shaklni nima deyish mumkin? (beshburchak) 5-shaklda nechta burchak bor? ( 6ta) Shuning uchun bu shakl oltiburchak deyiladi. Ko`pburchaklarning burchak va tomonlari uchta, to`rtta, beshta va undan ortiq bo`ladi. O`quvchilarga ekran orqali beshburchakni hosil qilish o`rgatiladi. 2-misol shartiga ko`ra , ko`pburchaklarning tomonlari chizg`ich yordamida o`lchanadi va solishtiriladi. Ularning tomonlari aniqlanadi. 3-misol og`zaki bajariladi. 8+2=10 7+2=9 2+2=4 6+2=8 1+2=3 3+2=5 4+2=6 5+2=7 Dam olish daqiqasida ekrandagi bola harakati takrorlanadi. 4-masala. Rasm asosida masala tuziladi va yechiladi. Uy hayvonlarini parvarishlash haqida ma`lumotlar beriladi. Bor edi -? Ta Qo`shildi- 4 ta Hammasi-10 ta Yechish: 10-4=6 (ta) Javoib: Avval 6 ta sigir bo`lgan. IV. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga “Misollarni yechib, o`rdakni bo`yang” topshirig`i ekranda beriladi. So`ng musobaqa tashkil etiladi. Buning uchun ikki o`quvchi doska yoniga chaqiriladi. Ko`zlari bo`glangan holda ularning biriga uchburchak, ikkinchisiga to`rtburchak chizish topshirig`i beriladi. Topshiriqni eng birinchi bo`lib to`gri bajargan o`quvchi g`olib bo`ladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 83-betidagi 5-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi. Darchalar o`rniga “+” yoki “-“ ishoralari qo`yilishi ko`rsatib beriladi. .Dars yakunlandi.
82-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |