1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarning 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligini to`g`ri va teskari sanash, 10 soni ichidagi sonlarni taqqoslash va misol-masallar yechish malakasini mustahkamlash, songa nolni qo`shish va yirish haqidagi bilimlarni tushuntirish. 2) O`quvchilarni o`zaro hurmat, bir-biriga do`stonoa munosabat bildirish, suhbatdoshining fikrini tinglay olish va undan to`g`ri xulosa chiqarishga o`rgatish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifalar parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.”Mening o`rnim qayerda” o`yini o`tkaziladi. Stol ustiga 1 dan 11 gacha bo`lgan sonlar teskari qilib qo`yiladi. O`quvchilar chiqib turli xil raqamlarni tanlashadi va bir-birlariga qarab to`g`ri bo`lib saflanib olishadi. III.O`tilganlarni mustahkamlash: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilar bilan qo`shish va ayirish hadlari eslatiladi va takrorlanadi.Shuningdek o`quvchilardan og`irlik o`lchov birligi, suyuqlik o`lchov birligi haqida so`raladi. O`quvchilar 1 dan 10 gacha bo`lgan sonlarni birgalikda sanaydilar. Har bir sonning tarkibi o`rganiladi. 10 sonining tarkibi bu- 9 bilan 1, 8 bilan 2, 7 bilan 3, 6 bilan 4, 5 bilan 5 ning yig`indisidan hosil bo`lishi aytib o`tiladi.Song nol soni mavjud emas ma`nosini bildirishi eslatib o`tiladi. Ekran orqali “Sonlarning tarkibini to`ldiring” topshirig`i bajariladi. Darslikning 82-sahifasida berilgan misollar ishlanadi. 1-misol og`zaki bajariladi.9-5=4 10-7=3 7-2=5 6-2=4 8-3=5 5-4=1 3-1=2 8-4=4 2-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, yechimi topiladi.Tabiiy resurslarga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga, ulardan oqilona foydalanishga undaladi. Bor edi – 10 chelak Olindi- 7 chelak Qoldi-? Chelak Yechish:10-7=3 (chelak) Javob: Bochkada 3 chelak suv qolgan. 3-misol doskada va daftarda ishlanadi. 6+1<10 8+2=10 6+2<10 5-1<8 9-2<9 7+1>4 3+7>9 7-3=4 4+5>6 4misol o`yin tarzida bajartiriladi. Berilgan misollarga mos javobni topish lozimligiuqtiriladi. 9+1=10 5-masalada rasm asosida masala tuziladi, mazmuni tushuntiriladi, yechimi topiladi. Bor edi -10 ta non Savatda-4 ta non Yeyildi- 4 ta non Solindi -? ta Qoldi-? Bo`ldi-10 ta Ye: 10-4=6 (ta qolgan) Yechish: 10-4=6 (ta solingan) So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ III chorak. 81-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |