1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə232/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarga litr haqida tushunchalarni mustahkamlash, ularning ifodalarni taqqoslashga oid bilimlarini boyitish.

.2) O`quvchilarga tejamkorlik, do`stlarga yordam berish yaxshi odat ekanligini o`rgatish.;



  1. O‘quvchilarda turmushda ishlatiladigan narsalarning og`irligini o`lchash hamda tarozi bilan ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.O`quvchilardan sinf doskasiga ifodalarni taqqoslashga doir misollarni yozish va ularni mustaqil bajarishlari talab etiladi.Shart tartibini o`qituvchi tushuntiradi.

“Matematik diktant’ yozdiriladi.

III.O`rganilgan mavzuni mustahkamlash:

O`quvchilardan uy sharoitida suyuqliklarni nimalarga solinishi so`raladi. O`quvchilar bankalargam bidonlarga, shelaklarga solinishi aytiladi. So`ng, o`qituvchi o`quvchilarga suyuqlik solinadigan idish nomlarini aytishadi va ko`rsatadi.Litr so`zining ma`nosi , undan kundalik turmushda qanday foydalanish, uni qayerlarda ishlatish xususida o`qituvchi o`quvchilarga hikoya qilib beradi.

7-misol o`gzaki bajariladi.

10=5+5 10=7+3 10=4+6 10=2+8 10=3+7 10=9+1

8-masala og`zaki bajariladi.

Kichkina banka-1 l 1-savatda -7 kg

Katta banka- 3 l 2-savatda- ? kg

Hammasi -? L Hammasi – 10 kg

Yechish: 1+3=4 (l) Yechish: 10-7=3 (kg)

9-masala doskada va daftarda bajariladi. Avval amsalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. O`quvchilarga tejamkorlik haqida , tadbirkorlik haqida tushuncha berib o`tiladi.

1 bidonda- 6 l

2-bidonda- ?, 2 l ortiq

Yechish: 6+2=8 l

Javob: 2-bidonda 8 l sut bor.

10-misol doskada va daftarda ishlanadi.

10-8=2 9+1=10 7+3=10 5+5=10 8-7=1 6-3=3 9-4=5 4+4=8 8-6=2 8+2=10 9-7=2 4+3=7

11-masala jadval asosida masala tuzib yechimi topiladi.

Bor edi- 10l Yechish:

Ishlatildi- 7 l 10-7=3 (l)

Qoldi- ? l Javob: qoldi 3 l sut.

Dam olish daqiqasida “Yomg`ir yog`aloq’ qo`shig`i eshittiriladi.

So`ng “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

IV. O`quvchilarni baholash.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

V. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

80-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin