9-MAVZU.
Tezkorlik qobiliyatini tarbiyalash.
Mashgʻulot turi:
ma’ruza
Mavzu rejasi:
1. Tezkorlikni tarbiyalash metodikasi.
2. Harakatdagi tezkorlikni tarbiyalash metodikasi.
1. Tezkorlikni tarbiyalash metodikasi
Tezkorlik jismoniy sifatlarining ichida
eng muhimlari qatoriga kiradi,
chunki qanday
harakat boimasin, u o‘z hissasini qo‘shib, bir xil vaziyatda samarali
bajarilishiga va yuqori
natijalar ko‘rsatishga ko‘maklashadi. Tezkorlik namoyon bo‘lishi 3 xil shaklda ko‘rinadi: (13-
jadval).
1. Harakat reaksiyasining latent (yashirin) vaqti.
2. Ayrim harakatlar tezligi (kichik tashqi qarshilikda)
3. Harakat chastotasi (vaqt birligida harakatning qaytarilish soni).
Tezkorlikni tarbiyalash
13-jadval
Tezkorlikni nomayon bo‘lishi quyidagilarga bog‘liq:
- asab jarayonlarining harakatchanligi;
- irodaviy kuchlanishlar;
- muskullarning kuchi va elastikligi muskullardagi ximiyaviy jara-
yoni tezligi;
- sport texnikasining takomillashuvi.
Bu tezkorlikning elementlar shakllari nisbatan bir-biri bilan bog‘liq emas. Ayniqsa tezlik
reaksiyasi vaqti ayrim harakatlar tezligi yoki harakat chastotasi
bilan yaxshi korrelatsiya
bermaydi. Amaliyotda tezkorlikning bu shakllarining majmua holda uchratamiz. Masalan:
yugurishning natijasi:
1. Startdagi reaksiyaning vaqtiga;
2. Ayrim harakat tezligiga (depsinish, sonni oldinga olib
chiqish);
3.
Qadamlar tempiga bog‘liq.
Maksimal tezlik bilan bajariladigan ko‘pgina harakatlarda 2 fazani uchratish mumkin:
rasm-6.
1) tezlikni oshirish fazasi;
2) tezlikka nisbatan turg‘unlashish fazasi. Birinchi faza - start tezlanishi va ikkinchi faza
masofa tezligi bilan xarakterlanadi.