1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə279/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1) O`quvchilarning bir va ikki xonalai sonlar haqida egallagan bilimlarini boyitib borish, 13,14,15 sonlarining tarkibi haqida tushuncha berish, ikki xonali sonlarni xona birliklariga ajrata olish.

2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish.

3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.

O`tilgan mavzu ekranda berilgan “Tipratikan” nomli trenajyor mashqi orqali mustahkamlanadi. Bu trenajyordan foydalanish qoidalari avvalgi darslarda keltirilgan. Unga ko`ra 10 ichida qo`shish va ayirishga oid misollarni yechish kerak.
III.Mustahkamlash.:

O`qituvchi o`rganilgan mavzuni o`quvchilarga ekran orqali yoki ko`rgazmalar orqali tushuntirib beradi. O`nta birlik bitta o`nlik bo`lishi ekranda sanoq cho`plar orqali tushuntiriladi. Agar o`quvchilarning o`zlarida sanoq cho`plari bo`lsa, har biri o`zining partasida bajarib ko`rishlari mumkin. Ikkita o`nlikning hosil bo`lishi ekran orqali tushuntiriladi. Unda ikkita o`nlik va no`lta birlik borligi tushuntiriladi.

13,14,15 sonlarining hosil qilinishi va tarkibi tushuntiriladi.

Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi.

7-misol. Doskada va daftarda yoziladi.

10+4=14 14-4=10 14-10=4

8-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuzdiriladi va mazmuni tushuntirladi. Masal ishlash orqali o`quvchilarga hamjihatlik, nehr-nurivvat kabi tushunchalar singdiriladi.

1-akvariumda 10 ta

2-akvariumda ? ta

Hammasi -14 ta

Yechish: 14-10=4 (ta)

Javob: 2-akvariumda 4 ta baliq bor.

9-misol o`g`zaki bajariladi.

10+5=15 15-5=10 15-10=5

10-masala rasm asosida tuziladi. Qisqa shart tuziladi, yechimi topiladi. Masala ishlash jarayonida o`quvchilarda tabiatga muhabbat uyg`otiladi.

Qizil gullar- 10 ta Yechish:

Sariq gullar-5 ta 10+5=15 (ta)

Hammasi- ?ta Javob: Hamma gullar 15 ta

11-masala daftarda bajariladi. Masalaning sharti o`qiladi,, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi.

Bor edi -15 ta Yechish:

Sotildi- 5 ta 15-5=10 (ta)

Qoldi- ? ta Javob: Qoldi -10 ta shkaf.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

V. O`quvchilarni baholash.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa darslikning 99-betidagi 12-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi...Dars yakunlandi.


“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

99-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin