1-dars Fan: Matematika Sinf: SanaDars jarayoni va texnologiyasi
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarning bir va ikki xonalai sonlar haqida egallagan bilimlarini boyitib borish, 16,17 sonlarning tarkibi haqida tushuncha berish, ikki xonali sonlarni xona birliklariga ajrata olish. 2) O`quvchilarga dars jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. “Quvnoq vagonlar’ o`yini o`ynatiladi. Bunda 11 dan 20 gacha bo`lgan sonlar sinf doskasiga ilinbgan bo`lib vagonlarda tartibsiz joylashtirilgan bo`ladi. O`quvchilar vagonlar ustidagi sonlarni o`zaro qoshadilar va har bir vagonni o`z o`rniga qo`yadilar. Vagonlar o`yini davom etadi. O`quvchilar navbatdagi vagonlarni ham o`z o`rniga qo`yadilar. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`qituvchi yangi mavzuni o`quvchilarga ekran orqali yoki ko`rgazmalar orqali tushuntirib beradi. O`nta birlik bitta o`nlik bo`lishi ekranda sanoq cho`plar orqali tushuntiriladi. Agar o`quvchilarning o`zlarida sanoq cho`plari bo`lsa, har biri o`zining partasida bajarib ko`rishlari mumkin. Ikkita o`nlikning hosil bo`lishi ekran orqali tushuntiriladi. Unda ikkita o`nlik va no`lta birlik borligi tushuntiriladi. Darslikadi 1-2-topshiriqlar og`zaki savol-javob orqali bajariladi. 16,17 sonlarining hosil qilinishi va tarkibi tushuntiriladi.Sanoq choplar orqali va turli xil ko`rgazmalardan foydalanib sonlar hosil qilinadi. 10+6=16 10+7=17 16 sonida 1 ta o`nlik 6 ta birlik bor. 17 sonida 1 ta o`nlik 7 ta birlik bor. 1-misol 10+6=16 15+1=16 16-1=15 16-6=10 16-10=6 2-mnisol 11.12.12,13,14,15,16,17 sonlarida nechta o`nlik va nechta birlik borligi aniqlanadi. O`tilgan mavzularni mustahkamlash uchun “Tipratikan’ trenajyori beriladi. IV. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi. 3-misol O`ylab Top? O`yini orqali misollar ishlanadi. 10+5+1-6=10 4-misol tushuntiriladi. 10+7=17 16+1=17 17-1=16 17-7=10 17-10=7 5-misol daftarda bajariladi/ 17>15 16=16 15<17 14>13 6-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Masala ishlash orqali hayvonlarga bo`lgan g`amhorlik hissi oshirilaib boriladi. Bor edi -17 ta Berildi- 7 ta Qoldi- ? ta Yechish: 17-7=10 (ta) Javob: 10 ta sabzi qolgan. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 100-betidagi 7-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi.. .Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 100-dars
17> Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |