1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1) O`quvchilarga 20 dan 29 gacha bo`lgan sonlar haqida bilim berish, ikki xonali sonlar haqidagi bilimlarini boyitish. 2) O`quvchilarni tabiatni svishga , uning go`zalligini asrashga chaqirish. 3) O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi. “Qushchalar ini” enerjayzeridan foydalanib o`quvchilar 4 guruhga bo`linadi. 1-g: Bilimdonlar 2-g: Zukkolar, 3-g- Epchilalar 4-g: Donolar. So`ng o`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun ekranda berilgan topshiriqlar bajariladi. Yuqoridagi bo`sh kataklar o`rniga pastda berilgan sonlarni kamayish tartibida joylashtirish topshirigh`i beriladi. O`quvchilar topshiriqni najaradilar. Doskaga kollaj uchun plakat ilinadi . Harakatlanayotgan poyezd. Uning g`ildiraklari, bulutlar, gullar o`rni bo`sh. Har bir guruhga mana shu bo`sh o`rinlarni to`ldirish uchun misollar beriladi. Misol ishlash jarayonida o`quvchilarning tartib-intizomi, faolligiga alohida e`tibor qaratiladi. “Bilimdonlar” uchun poyezd oynalariga yozilgan misollar beriladi. 10+1=11 10+2=12 10+7=17 12+5=17 18-8=10 17-7=10 “Zukkolar” guruhiga poyezd g`ildiraklari ichiga yozilgan misollar beriladi. 17+1=18 15+2=17 15-5=10 16-6=10 13+2=15 16+1=17 “Epchillar” guruhiga bulutchalar ichiga yozilgan misollar beriladi. 10+5=15 10+6=16 10+7=17 10+2=12 12+3=15 10+8=18 “Donolar” guruhiga gullar ichiga yozilgan misollar beriladi. 10+5=15 13-3=10 12+6=18 17-7=10 13+2=15 10+3=13 Har bir ishlangan misollar doskaga ilingan manzaraga yopishtiriladi va manzara yakunlanadi. O`quvchilarga tabiatni sevish lozimligi aytib o`tiladi va poyezd oynalariga tosh otish yomon odat ekanligi uqtiriladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. O`quvchilar e`tibori darslikning 20 dan 29 gacha bo`lgan sonlar ketma-ketligiga , tartibi hamda tarkibiga qaratiladi. 20,21,22,23,24,25,26,27,28,29- bular ikki xonali sonlar deyiladi. 21 soni- bu bitta 20 va 1 dan, 22 soni- bu bitta 20 va 2 dan, va h.z, 29 soni bu bitta 20 va 9 dan iboratdir. 20 dan 29 gacha bo`lgan sonlar qanday hosil bo`lishi ko`rgazmalar yoki sanoq cho`plar yordamida ko`rsatib beriladi. Mavzu 1-misol o`rqali tushuntiriladi. IV. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamlash uchun darslikdagi misol va masalalar bajariladi. 2-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Qisqa shart tuziladi va yechimi topiladi. Masala ishlash orqali o`quvchilarni do`stlikka, inoqlikka undaladi. Hamma koptoklar-25 ta Qizil koptok- 5 ta Sariq koptok- ? ta Yechish: 25-5=20 (ta) Javob:Sariq koptoklar- 20 ta 3-misol og`zaki bajariladi. 20 sonidan keyin keladigan sonlar aytib o`tiladi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi. V. O`quvchilarni baholash.Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 105-betidagi 4-misolni yechish topshirig`i beriladi.O`quvchilarga misol sharti tushuntiriladi...Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 106-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |