1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga 1 va 2 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 3 soni haqidagi bilimlarini mustahkamlsh uning hosil bo`lishini o`rganish. 2) O`quvchilarga tabiatga munosabatining mohiyatini , tabiatni muhofaza qilishinsonlarning burchi ekanligi haqida tushuncha berish. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 1 va 2 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi.Doskaga olma, nok, anor rasmlari ilib qo`yiladi.. Ularning rangi, shakli va sanogi` so`raladi. Masalan: 2 ta qiliz olma, 2 ta yashik nok, 1 dan keyin qaysi son keladi?, 2 dan oldin qaysi son keladi?, 1 ta ko`k olmani ko`rsating, 2 ta qizil olmani ko`rsating kabi topshiriqlar beriladi. 3 haqida yod olgan she`rlari so`raladi, 3 soni doskada yozib ko`rsatiladi. 1 va 2 soni predmetlar asosida taqqoslanadi. O`quvchilarga 1 dan 10 gacha sonlarni to`g`ri va teskari sanatiladi. So`ng 2 dan keyin qaysi son keladi? Deb murojaat qilinadi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 3 soni ichida misol va masala ishlash tushuntiriladi. 1-misol predmetlar orqali tushuntiriladi. Kuchukchalar nechta? Ularga qanday g`amho`rliklar qilinadi? Doiralar ketmma ketligini sanang. Qizil doiralar nechta? Sariq doiralar nechta? Ular birgalikda nechta doirani hosil qiladi? Qizil, sariq, yashil doiralar ketma-ketligi nimaga o`xhshaydi? O`quvchilarga svetofor haqida, svetoforning inson hayoti xavfsoiligi uchun ahamiyati tushuntiriladi. 2-misol ham o`qituvchi tomonidan tushuntirladi. 3 soni yana bir bor doskada yoziladi va mustahkamlanadi. Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 17-sahifasida berilgan 3-misol ishlanadi.Sonlar taqqoslanadi. 3>1 1<2 2<3 2>1 2=2 1=1 4-misol predmetlar orqali taqqoslanadi. Qizil olmalar nechta? Sariq olmalarchi? Qaysi biri ko`p? 3 > 2 Qizil olmalar nechta? Sariq olmalarchi? Qaysi biri kam? 2< 3 So`ng geometrik shakllardan turli xil shakllar yasalishi o`quvchilarga ko`rsatiladi. Har bir shaklning nomi aytiladi. “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 16-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |