1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga 1 ,2, 3 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, +, - belgilari haqidagi bilimlarini o`rganish. 2) Dars davomida misol-masalalarni yechish orqali o`quvchilarning ziyraklik, topqirlik, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalash. 3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish.. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi. 1 , 2,3 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi.1.2. 3 haqida yod olgan she`rlari so`raladi, 1,2, 3 soni doskada yozib ko`rsatiladi. 1, 2,3 soni predmetlar asosida taqqoslanadi. O`quvchilarga 1 dan 10 gacha sonlarni to`g`ri va teskari sanatiladi. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. “+ va - ” ishoralarining vazifalari va mzmuni o`qituvchi tomonbidan yoritiladi. Predmetlar asosida qo`shuv ishorasi tushuntiriladi.Qo`shish bu narsalarning sanog`ini oshirishga yordam beradi. Ayirish esa narsalarning kamayishiga yordam beradi. 1-misol orqali doskada o`quvchilarga predmetlar orqali tushuntirladi. Avval 2 sonini hosil qilamiz. Ko`lmakchada 1 ta o`rdak suzib yurgan edi. Uning yoniga yana 1 ta o`rdak kelib qo`shildi. O`rdaklar nechta bo`ldi? O`quvchilar 2 ta deb javob beradilar.Buni misol qilib yoziladi 1+1=2 So`ng 3 soni hosil qilinadi.. Ko`lmakchada 1 ta o`rdak suzib yurgan edi. Uning yoniga yana 2 ta o`rdak kelib qo`shildi. O`rdaklar nechta bo`ldi? O`quvchilar 3 ta deb javob beradilar.Buni misol qilib yoziladi 1+2=3 So`ng 2-misol orqali ayiruvga oid misollar yozib ko`rsatiladi. Daraxt shoxida 2 ta qush bo`r edi. 1 ta qush uchib keldi va darxtga qo`ndi. Qushlar nechta bo`ldi? 3 ta 2+1=3 Daraxt shovida 3 ta qush o`tirgan edi. 1 ta qush uchib ketdi. Darsxt shoxida nechta qush qoldi? 2 ta deb javob beradular. Buni doskada yozib tushuntiriladi. 3-1=2 Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 18-sahifasida berilgan 3-misol ishlanadi. 2+1=3 1+2=3. 4-misol predmetlar orqali taqqoslanadi. 2 > 3 3 > 2 3=3 2 > 1 5-misol ham bajariladi. Koptoklar qanday o`yinchoq ekanligi, qaysi sport turida koptoklardan foydalanishimiz so`raladi? 2-1=1 3-2=1 6-misol rasmlar asosida misol bajariladi , natijalari taqqoslanadi. 2+1 =3 1+2=3 3=3 Ko`lmakchada 1 ta o`rdak suzib yurgan edi. Uning yoniga yana 1 ta o`rdak kelib qo`shildi. O`rdaklar nechta bo`ldi? O`quvchilar 3 ta deb javob beradilar.Buni misol qilib yoziladi 1+1=2 “Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________ 17-dars Fan: Matematika Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |