1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə6/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga narsalarning rangi, shakli va o`lhami kabi tushunchalarni o`rgatish.

2) O`quvchilarning ekologik madaniyatini oshirisjga harakat qilaish.

3) O‘quvchilarning narsalarning rangi, shakli va o`lchamiga qarab ajrata olish malakalarini mustahkamlash.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Darsning maqsadini aytish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi. Chiziq ichida yozish, nuqtalarni biriktirish, chiziqlarni to`g`ri chizishga o`rgatish, bilimlarini mustahkamlanadi..

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan yoritiladi .

Biz hayotda turli xil narsalardan foydalanamiz: o`yinchoqlar, musiqa asboblari, darsliklar, uy jihozlari, oshxona anjomlari. Qarangkiularning turi har xil bo`lani bilan bir-biriga o`xshash shakllar asosida ajratilishi mumkin. Masalan: osmondagi Oyva Quyosh, koptok , globuz, mevalar dumaloq shar shaklida.

Uylar, kitoblar, stollar, shkaflar ko`pincha tortburchak, kub shaklida

Biz tabiatni juda sevamiz. Chunki tabiat xilma-xildir. Uyimizni jihozlashda, kiyim tanlaganimzida biz albatta rang-baranglikka e`tibor beramiz. Demak, biz tabiatda turli xil ranglar bilan tanishamiz: oq, qora, yashil, sariq, qizil, ko`k, binafsha, jigarrang, kul rang. Hatto kamalak ham o`zida barcha ranglarni aks ettirib, ko`zimizni quvontiradi.

Tabiatdagi barcha narsalar o`zining o`lchamiga ega. Biz Quyosh, Oy, Yulduzlarni haqiqaiy o`lchamini tasavvur qila olmamiz,ular juda ham ulkandr. Hayotda har bir foydalanilayotgan narsalarning inson ehtiyojiga qarab o`lchamlari yaratilgan. Koptoklar o`yin turiga qarab turli xil o`lchamda bo`ladi. Kublar ham shular jumlasidandir.

Masalan, hozirda urf bo`layotgan telefonlarni olaylik. Biz ularni qo`limiz bilan bemalol ushlashimiz va uni cho`ntagimizga yoki sumkamizga solib qo`yishimiz uchun kichik o`lchamli va ixcham yaratilgan.

Agar biz uni kitoday o`lchamidan oydalansak, u bizga noqulaylik tug`diradi,.

Tabiatdagi barcha narsalarning o`lchamlari , shakli va ranglari solishtiriladi.

O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

!IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 4-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar kichik hikoya tuzadilar. Hikoyadagi har bir bolaga ism qoyiladi va harakatlariga qarab ularning nima qilayotganligini aytib bearadilar. Shuningdek o`quvchilarga atrof-muhitni ozoda saqlanishi, har bir o`ingohlarda arg`imchoq va shunga o`xshash narsalarga ziyon yetkazmaslik lozimligi ta`kidlanadi.

Shuningdek o`quvchilar bilan matematika daftarida berilgan topshiriqlar bilan ham ishlar oilb boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.

Dars yakunlandi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

3-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin