1-dars Fan: Matematika Sinf: SanaDars jarayoni va texnologiyasi
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga narsalarning olchamlari: uzun-qisqa, keng-tor, baland-past kabi tushunchalarni o`rgatish. 2) O`quvchilarning matematika darsiga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, bilim olishga intilishlarini shakllantirish.. 3) O‘quvchilarning narsalarning olchamlari: uzun-qisqa, keng-tor, baland-past kabi tushunchalarni taqqoslashga oid malakalarini mustahkamlash. Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Darsning maqsadini aytish. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi. Chiziq ichida yozish, nuqtalarni biriktirish, chiziqlarni to`g`ri chizishga o`rgatish, bilimlarini mustahkamlanadi.. III.Yangi mavzu bayoni: So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan yoritiladi Avvalgi darsda o`rganilgan mavzularga asosan yangi mavzu tushuntiriladi. Har bir narsaning o`z o`lchami borligi, ehtiyoj asosida uning o`lchamlari yaratilishi ta`kidlanadi. Biz har doim yo`llardan yuramiz, ko`proq yursak uzun yo`l ekan deymiz, birior bir joyga tezda yetib borsak- qisqa yo`ldan yurganimizni ta`kidlaymiz. Demak, matematikada uzun –qisqa tushunchasi ham bo`ladi. Daraxtlar ham uzun-qisqa bo`lishi mumkin. Msalan: Terak-uzun bo`ladi, sadaning bo`yi qisqa bo`ladi. Shuningdek keng-tor tushunchasini ham ochishga harakat qilamiz.Shkaflar ichi keng bo`lishi va unga ko`p narsalar sig`ishi mumkin. Yoki aksincha uy anjomlarini sig`dira olmay, shkaflarning ichini tor deyishimiz mumkin. Hozirda yurtimizda bunyodkorlik ishlari jadal ketmoqda. Shahrimiz ko`chalarida baland-baland binolar eski past uylarning o`rnini egallamozda. Demak, balanfd va past tuyshunchalari ham ishlatilar ekan. Multimedia ilovasi asosida ushbu tushunchalar o`quvchilarga tushuntiriladi. O`quvchilar bilan dam olish daqiqasi o`tkaziladi. !IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 5-sahifasida ko`rsatilgan rasmlar asosida o`quvchilar kichik hikoya tuzadilar.. Shuningdek o`quvchilarga atrof-muhitni ozoda saqlanishi, maktab mulkiga ziyon yetkazmaslik lozimligi ta`kidlanadi. Shuningdek o`quvchilar bilan matematika daftarida berilgan topshiriqlar bilan ham ishlar oilb boriladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi. Dars yakunlandi.
4-dars
Yüklə 0,85 Mb. Dostları ilə paylaş: |