1-dars Fan: Matematika Sinf: Sana



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə75/435
tarix02.01.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#38169
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   435
1-sinf Matematika konspekt to`liq

Metod

Vaqt

1-bosqich. Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Savol-javob

2 minut

2-bosqich. Ehtiyojlarni (refleksiya) aniqlash

o'rganilgan materiallarni takrorlash, soda matematik amallarni bajarish.

Suhbat

3 minut

3-bosqich. Yangi mavzu bayoni

Mavzuga oid matematik amallarni bajarish

Dam olish daqiqasini o'tkazish



Suhbat, tushuntirish, muammoli izlanish

20 minut

4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash

Interfaol usullardan foydalanish.Multmediyadan foydalangan holda darsni mustahkamlash

O'yin

15 minut

5-bosqich. Baholash

Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.




3 minut

6-bosqich. Uygavazifa

Darslikdagi uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.

Tushunti­rish

2 minut

Darsning maqsadi.:

1)O`quvchilarga 5 soni haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, 5 soni ichida sodda masalalar tuzishni o`rgatish..

2) O`quvchilarga tabiatga munosabatining mohiyatini , tabiatni muhofaza qilishinsonlarning burchi ekanligi haqida tushuncha berish.

3) O‘quvchilarda matematik nutq, xotira, tafakkurni rivojlantirish, o`quvchilar faollaigini oshirish..

Dars turi: Aralash

Dars metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish.

Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilarning darsga tayyorgarligini ta`minlash

O`quvchilarning diqqatini darsga jalb etish.

II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa parta oralab tekshirib chiqiladi. O`quvchilarning qo`l motorikasining shakllanishi o`rganiladi.Partada o`tirish qoidalari, ruchkalarni to`g`ri ushlash qoidalari takrorlanadi.To`g`ri va chiroyli yozgan o`quvchilarning daftarlari namuna qilib ko`rsatiladi.O`rganilgan mavzular yuzasidan qisqa takrorlash o`tkaziladi.

1, 2,3,4,5 soni bilan bog`liq rasmlar ko`rsatiladi va mavzular mustahkamlanadi.Turli xil rasmlar ko`rsatiladi va didaktik o`yinlar o`ynatiladi.

5 haqida yod olgan she`rlari so`raladi, 5 soni doskada yozib ko`rsatiladi.

1,2,3,4,5 soni predmetlar asosida taqqoslanadi. O`quvchilarga 1 dan 10 gacha sonlarni to`g`ri va teskari sanatiladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

So`ng yangi mavzu o`qituvchi tomonidan e`lon qilinadi. 5 soni ichida sodda masallar tuzish tushuntiriladi.

1-masaladagi rasm asosida ishlar olib boriladi. O`quvchilarga , tipratikanlar haqida ma`lumotlar beriladi. Ularning terisi tikan bilan qoplanganligi va bu uni o`zini –o`zi himoya qilish uchun zarurligi tushuntiriladi. Son`g rasmlar asosida sodda masallar tuzish o`rgatiladi.

- Bollar rasmda nimalarni ko`rayapsiz? (tipratikanlar va olmalar)

- Tipratikanlar nima qilishyapti? (Ular yerga tushgan olmalarni olib ketishyapti)

- Tipratikanlar nechta? (5 ta) Olmalarchi? ( 5 ta) Ular taqqoslanadi va berilgan misol yordamida masala tuziladi.

3 ta tipratikan olmalarni olishdi. So`ng yana 2 tasi olishdi. Jami nechta olma yerga tushgan?

3+2=5 yoki 2+3=5 Javob: Jami 5 ta olma yerga tushgan.

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

IV. Mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi.Darslikning 27-sahifasida berilgan 2-masala yordamida o`quvchilarga masal tuzishni yana bir bor o`rgatamiz.

Lola gulzordan avval 4 ta atirgul uzdi, So`ng yana 1 ta atirgul uzdi. Lola jami nechta atirgulk uzgan? 4+1=5 Javob: Lola jami 5 ta atirgul uzgan.

So`ng gulbarglarda berilgan misollar og`zaki ishlanadi. 1+1=2 4+1=5 3+1=4 2+1=3

So`ng 3-misol doskada yozdiriladi va daftarlarga yozish tushuntiriladi.

2+1=3 3+2=5 5-2=3

3+1=4 2+2=4 4-2=2

4+1=5 1+2=3 3-2=1

4-misol o`quvchilar bilan birgalikda bajariladi. Predmetlar asosida sonlar taqqoslanadi.

5>1 4< 5 3<4 5>2 5=5 3<4 1>5 3=3

“Matematika daftari” bilan ham ishlanadi. Dastlab o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar doskada tushuntiriladi. So`ng o`quvhilar tomonidan bajartiriladi. O`quvchilarga amaliy yordam ham berib boriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash:

Uyga vazifa matematika daftaridagi topshiriqlarni bajarib kelish topshiriladi.Dars yakunlandi.
“Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ________ Sana ___________

26-dars



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   435




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin