1-dars Sana: Mavzu: Men va atrofimizdagi olam Darsning maqsadi



Yüklə 81,42 Kb.
səhifə17/91
tarix02.01.2022
ölçüsü81,42 Kb.
#38415
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91
1-dars Sana Mavzu Men va atrofimizdagi olam Darsning maqsadi

III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi. O`quvchilarga “Shaxsiy gigiyena” deganda nimani tushunasiz degan savol o`rtaga tashlanadi.O`quvchilar o`z fikrlarini aytib o`tishadi. Son`g o`qituvchi tomonidan mavzu yoritiladi.

Gigiyena – bu ozodalik, tozalik ma`nosini anglatadi. Shaxsiy gigiyena esa har bir inson o`z tanasi uchun qayg`urish hisoblanadi. Inson yashar ekan barcha tana a`zolarini o`zi parvarishlashi, hech bir kjasallikka chalinmasligi uchun o`zini-o`zi toza, ozoda saqlashi lozim.

Shaxsiy gigiyena vositalari har bir insonning uyida mavjud. Bular: sovun, tish pastasi, tish chotkasi, taroq, sochiq, qaychi, va turli xil cho`milish uchun gellar. Biz har doim haftada ikki-uch marotaba cho`milib turishimiz, sochlarimizni yuvib turishimiz, haftada bir bor tirnoqlarimizni olishimiz, har kuni qo`limizni sovunlab yuvib, yuvinishimiz va tishlarimizni kuniga ikki mahaldan ovqatdan so`ng yuvib turishimiz zarur. Bu tanamizning kirlanib ketmasligi uchun zarurdir. Shuningdek har doim toza va ozoda sochiqlarga artinishimiz, yuz sochig`imiz va cho`milganda artinadigan sochiqlarimiz alohida-alohida bo`lishi zarur.So`chlarimizniu har doim tartibli, taralgan holda bo`lishini ta`minlamag`imiz zarur.

Shuningdek shaxsiy gigiyenaga to`g`ri ovqatlanishimiz ham kiradi. Inson biror bir yuqumli kasallikka chalinmasligi uchun har bir narsani iste`mol qilishan avval qo`llarini yuvishi kerak, so`ng yeyiladigan narsani ushlamog`i lozim. Chunki bizga ko`rinmas kasallik mikroblari eshik tutqichida, ruchkada, qalamda, daftarlarda, transportdagi har bir joda bo`ladi. Biz shu narsalarni ushklaymiz va ushlash jarayonida bilmagan holda mikroblarni qo`limizga yuqtiramiz. Shuning uchun ovqatdan oldin qo`llar so`vunlab yuvilishi shart.

Shuningdek iste`mol qilishuchun solingan likopcha, qoshiq, piyolalarimiz ham toza, ozoda bo`lishi lozim.Toza yuvilmagan idishlarnuing ichida mikrob va viruslar “koshona” qurib oladilar.

Shifokorlar tomonidan qilinadigan har bir emlashlar bizlarni turli xil virusli kasalliklardan himoya qilinadi. Virusli kasalliklarga ich ketish, gepatit, gripp, sil, turli xil tishmali yaralar kiradilar. Albatta biz shaxsiy gigiyenaga rioya qilib, o`zimizni bunday noxush holatlardan himoya qilishimiz zarurdir.


Yüklə 81,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin