1-dars Sana: Mavzu: Men va atrofimizdagi olam Darsning maqsadi



Yüklə 81,42 Kb.
səhifə14/91
tarix02.01.2022
ölçüsü81,42 Kb.
#38415
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91
1-dars Sana Mavzu Men va atrofimizdagi olam Darsning maqsadi

III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi o`quvchilarga yangi mavzuni e`lon qiladi. O`quvchilarga “O`quvchining kun tartibi” deganda nimani tushunasiz degan savol o`rtaga tashlanadi.O`quvchilar o`z fikrlarini aytib o`tishadi. Son`g o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning kun tartibi aytib o`tiladi.

Kun tartibiga rioya qilish o`quvchilarning to`g`ri va sog`lom o`sishiga xizmat qilishi, uy vazifalarini bajarishda qiyinchiliklarga duch kelmasligini, shuningdek o`z vaqtida dam olishini ta`minlaydi. Har doim o`z vaqtida qilingan ish samarali bo`lishi uqtiriladi.

Ertalab 6.30 da uyg`onishimiz va o`z o`rin-joyimizni tartibga keltirishimiz kerak

So`ng 10-15 daqiqa badantarbiya bilan shug`ullanamiz.

Soat 7.00 gacha yuvinib- taranamiz va 10-15 daqiqa kiyimlarimizni almashtirib, maktab formasini kiyamiz.

Soat 7.20 gacha nonushta qilamiz, va 30 daqiqada maktabga yo`l olamiz.

Soat 8.00 dan 11.15 gacha darsda o`tiramiz, o`qituvchining har bir berilgan topshirig`ini qunt bilan eshitamiz.

Soat 12.00 da tushlik qilamiz va uyga berilgan vazifalarni puxta qilib bajaramiz. 14.30 dan 16.30 gacha uy ishlarida ota-onamizga yordam beramiz. Song` biroz vaqt o`zimiz yoqtirgan o`yinlarni o`ynaymiz.

Sozt 19.30 da oila davrasida kechki ovqat tanovvul qilamiz.

Soat 21.00 da yuvinib, uxlashga yotamiz.

Miriqib, uyquga to`yib uxlasak bizning miya faoliyatimiz yaxshi ishlaydi. Shuning uchun o`z vaqtida uxlash va orom olish zarur.




Yüklə 81,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin