Hujjat parametrlari



Yüklə 460,48 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü460,48 Kb.
#162299
Документ Microsoft Word (3)


4-dars. HUJJATLARNING ASOSIY PARAMETRLARI
Word matn protsessorida ish boshlaganda, avval hujjatning ko‘rinishini ko‘z oldimizga keltirishimiz kerak. Chunki, hujjatning ko‘rinishiga qarab qog‘oz o‘lchami, sahifa yo‘nalishi, satrlar orasidagi masofa avvaldan belgilab olinadi.
HUJJAT PARAMETRLARI
Biz hayotimizda turli-tuman hujjatlarga duch kelamiz. Inson tug‘ilishi bilan unga tug‘ilganlik haqida guvohnoma beriladi, salomatlik varaqasi ochiladi va hokazo. Uyda foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lov kvitansiyasi, biror mavzuda tayyorlangan referat yoki insho ham shular jumlasidandir. Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Ular birbiridan faqat mazmuni bilan emas, balki boshqa jihatlari bilan, jumladan, hujjatlarning o‘lchamida ham farq qiladi. Turli hujjatlar turli o‘lchamdagi qog‘ozga yozilganini ko‘p kuzatgansiz. Bundan tashqari, matn yozilganda sahifaning chap, o‘ng, yuqori va pastki qismidan turlicha masofa qoldiriladi. Turli hujjatlarda satrlar orasidagi masofa ham har xil bo‘lishi mumkin. Hujjatlarda bu kabi cheklanishlar juda ko‘p uchraydi.
Matn protsessorlarida tayyorlanayotgan hujjatning turiga qarab sahifa parametrlari va matn parametrlari (shrift, abzas) belgilab olinadi. Ular hujjatlarning parametrlari deb yuritiladi.
S AHIFA PARAMETRLARI
B iror hujjat tayyorlashda, avvalo u qanday o‘lchamdagi qog‘ozga bosilishi belgilab olinadi. Shunga ko‘ra, sahifa o‘lchamlari tanlanadi. Buning uchun Fayl menyusiga kiriladi. Fayl menyusi amallari ketma-ketligidan  Sahifa parametrlari ( ) amali tanlanadi. Ekranda Sahifa parametrlari muloqot oynasi paydo bo‘ladi. U uchta ilova (amallar majmuyi)dan iborat. Ulardan Hoshiya ( ) ilovasi ekranda aks etadi. Bu ilovada sahifaning yuqori, pastki, chap va o‘ng tomonlaridan qancha bo‘sh joy qoldirilishi ko‘rsatiladi. Ilovaning  Namuna ( ) qismida tanlangan parametrlarga mos sahifa nusxasi aks etib turadi. Biror parametr o‘zgartirilsa, ushbu sahifa nusxasi ham mos ravishda darhol o‘zgaradi. Shu ilovaning o‘zida sahifa yo‘nalishi ham belgilab olinadi. U kitob sahifasi ( ) yoki albom sahifasi ( ) ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Sahifa yo‘nalishi tanlangach, qog‘oz o‘lchamlari belgilanadi. Buning uchun Qog‘oz o‘lchamlari ( ) ilovasi tanlanadi. Bu ilova orqali sahifaning eni (kengligi) va bo‘yi (balandligi) kiritiladi yoki taklif etilgan o‘lchamlardan biri tanlanadi. Masalan, A4 formatida sahifa kengligi 21 sm, balandligi 29,7 sm, Letter formatida sahifa kengligi 21,59 sm, balandligi 27,94 sm va hokazo.
Sahifa o‘lchamlari va hoshiyalar o‘rnatilgach, Sahifa parametrlari muloqot oynasidagi «OK» tugmasi (sichqoncha yordamida) tanlanadi yoki Enter klavishi bosiladi.
SHRIFT PARAMETRLARI
Sahifa parametrlari tanlangach matn parametrlari (shrift turi, shrift o‘lchami, abzas chekinishi, satrlar orasidagi masofa) belgilab olinadi. Kerakli shriftni tanlash uchun Format menyusiga kirib, Shrift...
( ) bo‘limi tanlanadi. Ekranda Shrift muloqot oynasi hosil bo‘ladi (22-betdagi rasmga qarang).
Shrift oynasida berilgan shrift yozuv shaklidan biri tanlanadi. Masalan, Times New Roman. Tanlangan shrift yozuv shakli shriftlar ro‘yxatining yuqorisida joylashgan maxsus  darchada aks etadi. Shakl ( ) oynasida berilgan shriftning «oddiy», «og‘ma», «qalin», «qalin og‘ma» ko‘rinishlaridan birini tanlaymiz. Masalan, «oddiy» ( ).
«O‘lcham» ( ) oynasidan shrift o‘lchamini tanlaymiz. Masalan, 12. Shrift rangini tanlash uchun Matn rangi ( ) darchasining o’ng tomonidagi tugma (pastga qaragan strelka) bosiladi. Ekranda bir qancha rangli kvadratlar hosil boʻladi. Sichqoncah yordamidashu ranglardan biri tanlanadi. Masalan, qizil. Shrift turi, shakli, oʻlchami va rangi tanlab bo’lingach, Shrift muloqot oynasidagi OK tugmasi yoki Enter klavishi bosiladi.
Shrift parametrlarini FORMATLASHni uskunalar panelidan ham tanlash mumkin.

ABZAS PARAMETRLARI
Abzas parametrlarini (abzas chekinishi, satrlar orasidagi masofani) belgilash uchun Format menyusining Abzas ( ) bo‘limi tanlanadi.
Hosil bo‘lgan Abzas muloqot oynasining Chekinishlar va intervallar ( ) ilovasi tanlanadi (23-betdagi rasmga qarang ).
Ushbu ilovaning Chekinish bo‘limida Abzas chekinishi, Interval bo‘limida esa satrlar orasidagi masofa tanlanadi.

Buning uchun maxsus ajratilgan joyga kerakli qiymatlarni kiritish yoki taklif etilgan qiymatlardan birini tanlash lozim. Masalan, abzas chekinishi 1,27 santimetr va satrlar orasidagi masofa 1,5 interval. Mazkur ilovada ham Namuna darchasi bo‘lib, unda tanlangan qiymatlarga mos matn namunasi aks etib turadi. Kerakli qiymatlar kiritilgach OK tugmasi yoki Enter klavishi bosiladi.
Abzas chekinishini Gorizontal chizg‘ichdan ham o‘rnatish mumkin. Buning uchun gorizontal chizg‘ichdagi abzas chekinish ko‘rsatkichi sichqoncha yordamida o‘ng tomonga keraklicha suriladi.

Bu usul ancha qulay bo‘lgani uchun, odatda, shu usuldan foydalaniladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Rasmiy hujjatlarga misollar keltiring.
2. Hujjatlarning asosiy parametrlarini sanab o‘ting.
3. Matn parametrlari deganda nima tushuniladi?
4. Sahifa o‘lchamlari qanday o‘rnatiladi?
5. Sahifa yo‘nalishi deganda nima tushuniladi?
6. Hoshiya nima va u qanday o‘rnatiladi?
7. Abzas chekinishi deganda nimani tushunasiz?
8. Sizning kompyuteringizda qanday shrift yozuv shakllari bor?
Yüklə 460,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin