PLAGINLAR VA ULARDAN FOYDALANISH
Yuqorida qayd etib o’tilgan obyektlar faqat konstruktorlik tizimida
qo’llani- ladigan obyektlar bo’lib, ulardan
tashqari plaginlar asosida
foydalaniladigan ob- yektlar ham mavjud. Masalan, Dastur oynasidagi “Object”
menyusining “Plugins” bandiga murojaat qilib, “Calendar”, “Data Grid”,
“Media Player”, “Shape”, “Sli- der”, “ThumbList” va “WinButton” kabi
obyektlardan ham foydalanish mumkin (5-rasm):
5-rasm. “Object” menyusidan plaginlarni tanlash Mazkur
plaginlar “AutoPlay Media Studio 7.1.1000.0” dasturi bilan birga
o’rnatiladigan standart plaginlar bo’lib, zarur bo’lsa
boshqa plaginlarni
“Plugins” ichki menyusidagi “More Plagins…” bandiga murojaat qilib, On-
line
rejimda
19
Internetdan yuklab olish ham mumkin. Standart plaginlarning ko’rinishi 6-
rasmda ko’rsatilgan [5]:
6-rasm. Plaginlar va ularning sahifadagi ko’rinishi
Bunday plaginlar standart obyektlardan tashqari sahifada
yetishmayotgan obyektlar o’rnini to’ldirib turadi.
Plaginlardan foydalanishning boshqa ajoyib xususiyatlari ham mavjud.
Masalan, AutoPlay galeriyasidagi standart buyruq tugmalarini klavishli
boshqarish imkoniyati yo’q. Xususan, WinButton nomli plaginni qo’llash va
unga mos ssenariy yozish asosida WinButton
obyektiga SetFocus ni
o’rnatishimiz va sahifani klavishli boshqarishimiz mumkin.
Plaginlar nafaqat obyektlar sifatida,
balki Project, ya’ni loyihaning o’zi
uchun qo’shimcha ravishda Action (ya’ni harakat) hodisalari sifatida ham
taqdim etiladi.
Bu plaginlardan foydalanish, ya’ni ularni joriy loyihaga
biriktirish uchun
AutoPlay dastur oynasining “Project” menyusidagi “Plugins…” bandiga
murojaat qilamiz (7-rasm):
20