ANDOZAVIY SANOAT MEXANIZMLARINING
ISH REJIMLARI, UMUMSANOAT ANDOZAVIY
MEXANIZMLARINING AVTOMATLASHTIRILGAN
ELEKTR YURITMALARINING MOTORINI
ASOSIY ISH REJIMLARI.
Reja:
1. Andozaviy sanoat mexanizmlari motorlarining asosiy ish rejimlari;
2. Andozaviy sanoat mexanizmlarining motorini ish rejimlari va
qizishining o’zaro bog’liqligi.
Tayanch so’z va iboralar: motorning qizishi, turg’un harorati, mexanizmning
ishlash vaqti, mexanizmning ishlamaydigan vaqti, sikl.
ASM motor quvvatini qizish bo’yicha tanlash uch xil ish rejimi uchun amalga
oshiriladi.
1.Uzoq davom etadigan ish rejimi.
Bu rejimda ish davri juda uzoq bo’lib, motor harorati o’zining turg’un qiymatigacha o’shib boradi. Bunday rejimda ventilyator va nasoslar motorlari ishlaydi. Ularning ish davri soatlab, kunlab davom etadi. Ushbu rejimning soddalashtirilgan ish grafigi quyidagicha bo’ladi.
3.1-rasm. Uzoq davom etadigan ish rejimining grafigi.
2. Qisqa muddatli ish rejimi.
Bu rejimda motorning harorati turg’un haroratigacha etmaydi va to’xtab
ishlamaydigan davri uzoq bo’lib, motor harorati atrof muhit haroratigacha
tushadi. Bunday rejim shlyuzlar, ochilib-yopiladigan ko’priklarda
uchraydi. Bu moslamalarda ish davri ishlamaydigan davrdan ancha kam
bo’ladi. Ushbu rejimning soddalashtirilgan ish grafigi quyidagicha bo’ladi.
3.2-rasm. Qisqa muddatli ish rejimining grafigi.
3.Qisqa muddatli-qaytariluvchi (siklik) ish rejimi.
Bu rejimda motorning harorati turg’un haroratiga etmaydi va to’xtab
ishlamaydigan davri qisqa bo’lib, motorharorati atrof muhit haroratigacha
tushmaydi. Bunday rejimda kranlar, liftlar, metall kesuvchi stanoklar
ishlaydi. Bu rejimning soddalashtirilgan ish grafigi quyidagicha bo’lad.
3.3-rasm.Qisqa muddatli-qaytariluvchi (siklik) ish rejimining grafigi.
Bunda mexanizmning ishlash vaqti, mexanizmningishlamaydigan
vaqti, sikl vaqti. Sikl vaqti mexanizmning ishlash va ishlamaydigan
vaqtlarining yeg’indisiga teng: = +
Siklik rejimni ta'riflash uchun nisbiy ishchi davomiylik koeffisiyentidan
foydalaniladi ε = = .
Bir sikl 10 minutdan oshmasligi kerak. Ishlab chiqarishda siklik rejimni
ta'riflash uchun ishchi davomiylikdan (ID) foydalaniladi.
ID %= = ε 100.
Dostları ilə paylaş: |