1. Yengil sanoat, tarmoqlari tarkibi Og`ir sanoat, tarmoqlari tarkibi
Sanoat tarmoqlari va ularning rivojlanishi Reja: Kirish Asosiy qism: 1. Yengil sanoat, tarmoqlari tarkibi 2. Og`ir sanoat, tarmoqlari tarkibi 3. Oziq-ovqat sanoati, tarmoqlar tarkibi, geografiyasi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Sanoat, deb xom ashyo, material, yoqilgʻi, energiya va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki aholiga xizmat ko`rsatuvchi korxonalar majmuiga aytiladi. Sanoat xalq xo`jaligini muhim sohasidir.
Sanoat, industriya - xalq xoʻjaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadigan yetakchi tarmogʻi; Sanoatning oʻzi uchun hamda xalq xoʻjaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilgʻi qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yogʻoch tayyorlash, Sanoatda yoki qishloq xoʻjaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial oʻsishni taʼminlaydi. Sanoat yiriklashtirilgan 8 tarmoqqa boʻlinadi:
1)Yoqilgʻi sanoati; -yoqilg`i energetika;
-elektr energetika;
-ko`mir sanoati;
2) Metallurgiya; -qora metallurgiya;
-rangli metallurgiya;
3) Kimyo va neft kimyosi sanoati; -kimyo sanoati;
-neft-kimyo sanoat;
4 ) Mashinasozlik va metallga ishlov berish; -mashinasozlik;
-dastgohsozlik;
-qurilish va qishloq xo`jaligi mashinasozligi;
-metal konstruksiya va buyumlar sanoati;
-mashina va uskunalarni ta`mirlash;
-yengil va oziq-ovqat moshinasozligi va maishiy priborlar;