3.1 Ma’lumotlarni tasvirlash(ifodalash) bosqichlari...........................................
3.2 Ma’lumotlar tuzilmasini klassifikatsiya qilish …………………………….
3.3 Ma’lumotlarni toifalari…………………………………………………….
4. Hisobiy qism
4.1 Ethernet va FastEthernet asosidagi kompyuter tarmog'i va uning samaradorligini hisoblash tartibi..........................................................................
Kirish Bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyat va davlat boshqaruvi faoliyatining barcha sohalariga keng joriy etish hamda ulardan samarali foydalanish, fuqarolarning axborot olishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ro'yobga chiqarish, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, ―elektron hukumat‖ tizimini jadal tatbiq etish, telekommunikatsiya infratuzilmasi, ma'lumotlarni uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish borasida mamlakatimiz barcha hududida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2015 yil 4 fevraldagi ―O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to'g‘risida‖gi farmoni ushbu yo'nalishdagi sa'y-harakatlarni yangi bosqichga ko'tarishga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Binobarin, mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini har tomonlama ravnaq toptirish, uning huquqiy-tashkiliy hamda moddiy-tehnik bazasini izchil takomillashtirishga alohida e'tibor qaratib kelinayapti. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari zamonamiz uchun dolzarbligiga monand sur'atda boshqa sohalarga nisbatan jadal rivojlanayotganini alohida ta'kidlash joiz. Ushbu xizmatlar hajmi so'nggi besh yilda 3,3 barobar, o'tgan yili esa 24,5 foiz o'sgani buning amaliy tasdig‘idir.
Bularning barchasi axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida ko'rilayotgan izchil chora-tadbirlar samarasi, desak, aslo mubolag‘a bo'lmaydi. Istiqbolda internetning milliy segmenti yanada shakllantirilishini hamda unga keng polosali ulanishni kengaytirish, telefon aloqasi, televidenie va radioeshittirishning raqamli tizimlariga to'liq o'tishni ta'minlash, aholining, xususan, yosh avlodning axborotga bo'lgan hamda intellektual talab va ehtiyojlarini qondirish maqsadida tarmoq resurslarini rivojlantirish uchun zarur texnik hamda qulay shart-sharoitlarni yaratish ayni muddaodir.