Kurs ishining tarkibi va hajmi


Loyihalash uchun zarur boshlang‘ich ma’lumotlar. Asosiy loyiha xujjatlari



Yüklə 277,03 Kb.
səhifə5/17
tarix24.12.2023
ölçüsü277,03 Kb.
#191272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
6-variant

2.3 Loyihalash uchun zarur boshlang‘ich ma’lumotlar. Asosiy loyiha xujjatlari
Telekommunikatsiya tarmoqlarining uzatish liniyalarini loyihalash va qurish haqida qaror regionlararo kompaniyalarni va operatorlarning aloqa tarmoqlarini, ularning magistral, zonaviy va mahalliy birlamchi tarmoqlarini va texnologik aloqa tarmoqlarini rivojlantirish sxemalari asosida, shuningdek iqtisodiy maqsadga muvofiqlilik, xo’jalik, ijtimoiy va xavfsizlik zaruriyatlari asosida qabul qilinadi. Loyihalash uchun boshlang’ich ma‘lumotlar quyidagilar hisoblanadi: - aloqani tashkil etish sxemasi; - turli ishlab chiqaruvchilarning apparatura va kabellaritexnik xarakteristikalariga qo’yiladigan talablar, ishonchlilik va narx navoni qo’shib; - uzatish liniyalarining talab etiladigan o’tkazish qobiliyati, shuningdek rivojlanish istiqbolini e‘tiborga olgan holda;
- aloqa operatorining ta‘sir doirasida talab etiladigan ishonchlilik ko’rsatkichlari va b.q. Loyihalash bosqichida aniqlash kerak bo’lgan, tarmoqning asosiy xarakteristikalari quyidagilar hisoblanadi: ishonchlilik, asosiy va rezerv o’tkazish qobiliyatlari kattaliklarining nisbati, boshqariluvchanlik, moslashuvchanlik va masshtabga muvofiqlik. Bundan tashqari tarmoq iqtisodiy xarakteristikalarga ham ega, masalan, kapital xarajatlar va uning raqobatlilik qobiliyatini aniqlovchi, xarajatlarni oqlash vaqti. Birlamchi telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish raqamli uzatish tizimlaridan, raqamli kommutatsiya tizimlaridan va tolali optik aloqa liniyalaridan keng foydalanish asosida amalga oshiriladi. Birlamchi tarmoqning uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilish bo’yicha ishlar faqatgina loyiha va smeta mavjud bo’lgandagina olib boriladi. Loyiha va smetalar qoida va tarkib, moslashish tartibi haqidagi boshqaruvchi materiallarga mos holda ishlab chiqiladi va bino, inshoot, korxonalarni qurish va rekonstruksiya qilishga loyiha – smeta xujjatlari tasdiqlanadi. Birlamchi telekommunikatsiya tarmoqlarining faoliyatdagi uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilishni loyihalashni asosan «Aloqa loyiha» Davlat Unitar korxonasiamalga oshiradi. Bundan tashqari loyihalash bo’yicha ishlar aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan ham olib boriladi. Ularning tarkibiga aloqa inshootlarining faoliyat maydoni doirasida ularni qurish loyihalarini aniqlovchi va qurilish maydonlarini tanlashda ishtirok etuvchi va aloqa inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga texnik sharoitlar (TSH) ni tuzuvchi loyiha bo’limlari (yoki ularga o’xshash xizmatlar) kiradi. Loyihalash jarayonida ishchi muloqotga: aloqa inshootlarini qurishni rejalashtiruvchi buyurtmachi, (vazirlik, muassasa, aloqa operatori va b.q.) va loyiha ishini amalga oshiruvchi bosh loyihachi - loyiha tashkiloti kiradi, bunda maxsus loyiha tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin. Loyiha tashkilotlari buyurtmachi bilan birgalikda texnik - iqtisodiy asoslashlar (TIA) ni ishlab chiqaradi. Bu loyiha xujjatida zaruriyatning texnik - iqtisodiy va sotsial asoslari va uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilish tartibi beriladi. Bunda qurilish yoki rekonstruksiya qilish narxini, kapital qo’yilmalarning samaradorligini aniqlash va ularni optimallashtirish maqsadida kelgusi 362 qurilish joylarida topografik, injener - geologik, gidrologik va boshqa izlanishlar bajariladi. Loyiha qarorlari loyiha hujjatlari ko’rinishida rasmiylashtiriladi, ularning tarkibi va tuzilmasi loyihalashtirilayotgan aloqa inshootlarining yangiligi va murakkabligi, namunaviy yoki qayta qo’llaniladigan loyihalarning va b.q. ning mavjudligi bilan aniqlanadi. Namunaviy yoki nisbatan murakkab bo’lmagan aloqa inshootlarini qurish bir bosqichda amalga oshadi (bir bosqichli loyihalash), uning uchun ishchi loyihaga loyihalashga topshiriq (LT) asosiy loyiha xujjati hisoblanadi. Loyihalashga topshiriq bosh loyihachi bilan birgalikda buyurtmachi tomonidan tuziladi, zaruriyat bo’yicha esa texnik - iqtisodiy asoslash (TIA) ishlab chiqarilgan bosqichda qabul qilingan qarorlar negizida maxsus tashkilotlar tomonidan ham tuziladi. Loyihalashga topshiriqda quyidagilar ko’rsatiladi: - loyihalashtirilayotgan liniya nomi va uni loyihalash uchun asos va aloqaning yangi tarmoq tugunlarini qurish yoki mavjudlarini ishlatish; - aloqa kanallari ajratilishi kerak bo’lgan, oxirgi tugun va oraliq punktlar belgilangan uzatish liniyasining yo’nalishi; - turli ierarxiyalarning raqamli oqimlari yoki asosiy raqamli kanallari (ARK) ning tovush chastotali kanallari (TCHK) ning umumiy soniga keltirilgan, uzatiladigan axborotlarning turi va hajmi (telefon, telegraf va faksimil aloqa, ma‘lumotlarni uzatish, Internet, elektron pochta, televidenie va ovoz eshittirishlari, mobil radioaloqa roumingi va b.q.); - raqamli uzatish tizimlarini, kabel turini tanlash va ularni etkazib beruvchi manbalar bo’yicha dastlabki tavsiyalar; - tarmoq topologiyasi bo’yicha tavsiyalar, uning elementi loyihalashtirilayotgan uzatish liniyasi bo’ladi; - rekonstruksiyani tugatish yoki loyiha quvvatini o’rganish davrida vaqtli aylanma aloqani va birlamchi tarmoqning bog’lovchi liniyalarini tashkil etish bo’yicha talablar; - texnik va yordamchi binolarni qurish, manbalarni va elektr ta‘minoti, issiqlik ta‘minoti tarmoqlarini va ularga muhandislik kommunikatsiya xizmatlarini loyihalash kerakligi asoslari;
- uzatish liniyasining ishonchlilik ko’rsatkilariga talablar va ularni turli ta‘sirlardan, shuningdek ruxsatsiz ulanishlardan himoyalash bo’yicha tadbirlarga talablar; - uzatish liniyasining telekommunikatsiya tarmog’idagi boshqa inshootlari va ularning tarkiblari bilan o’zaro aloqasi; - favqulodda holatlarga tadbirlar; - uzatish liniyasidan foydalanishni tashkil etish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha talablar; - seysmiklik, ekinli gruntlar guruhi, suvli va boshqa to’siqlar va va b.q. haqida dastlabki ma‘lumotlar; - kapital qo’yilmalarning o’lchamini belgilovchi qurilishning mehnat sig’imi, material sig’imi va kapital qo’yilmalar samaradorligining solishtirma ko’rsatkichlari; - texnik- iqtisodiy ko’rsatkichlari va moliyalashtirish manbalari; - uzatish liniyalarini qurish va rekonstruksiya qilishning boshlanish va tugatish muddatlari. - loyiha variantlarini amalga oshirish samaradorligini texnik iqtisodiy baholash; - telekommunikatsiya tarmoqlarining ekspluatatsiyasi va boshqarishning zamonaviy texnologiyalari; - taktli tarmoq sinxronizatsiyasi va b.q. Yangi telekommunikatsiya texnologiyalarini ishlatishda, namunaviy va bunga o’xshash loyihalar mavjud bo’lmaganda, aloqaning murakkab inshootlarini loyihalash ikki bosqichda olib boriladi (ikki bosqichli loyihalash). Bunda ishchi loyiha xujjati loyihaning muhim xujjati hisoblanadi. Loyiha bir qator zarur bo’limlardan iborat: - umumiy tushintirish yozuvi; - ishlab chiqarish texnologiyasi; - qurilish qarorlari;
- qurilishni tashkil etish; - aholi turar joylarining qurilishi; - ishchi xujjatlarni tutish va b.q. «Umumiy tushintirish yozuvi» loyihalashga boshlang’ich ma‘lumotlarni, texnik-iqtisodiy hisoblarning bajarilish natijalarini va ularni eng yaxshi an‘anaviy va xorijiylarining ko’rsatkichlari bilan taqqosiy farqini ko’rsatadi. Bu bo’limda materiallar, yoqilg’i-energetik va mehnat resurslariga ehtiyoj va ularni ta‘minlash yo’llari haqida ma‘lumotlar; obyektning tarkibi, qurilish tarkibi, ishga tushirish komplekslari va asosiy ishlarning xajmi, muxandislik tarmoqlari bo’yicha qarorlar, ekologiya va atrof muhit himoyasi va favqulodda holatlar haqidagi ma‘lumotlar bayon etiladi. Loyiha qarorlarining boshqa tashkilotlar bilan muvofiqlik masalalari va talab, norma, qoida, yo’riqnoma va standartlarning kelgusi qurilishning barcha jabhalarida rioya etilishi, albatta yoritilgan bo’lishi kerak. Bu xujjatga quyidagi asosiy chizma va sxemalar ilova qilinadi: mavjud va loyihalashtirilayotgan tashqi kommunikatsiyalar va muxandislik tarmoqlari ko’rsatilgan holat plani; mavjud, loyihalashtiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan inshootlar, shuningdek chetlashtirish, olib tashlash lozim bo’lgan inshootlar va b.q. aks ettirilgan asosiy plan sxemasi, plani va trassaning bo’ylama profili. «Ishlab chiqarish texnologiyasi» bo’limi ishlab chiqarish – hisob dasturiga, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash va ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha qarorlarga ega. Loyihaning bu qismi, uzatish liniyalarining uskunalarini texnik ekspluatatsiyasini tashkil etishda axborot texnologiyalarining keng ko’llanilishi bo’yicha prinsipial, asosiy qarorlarni aks ettiradi. Bo’lim texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashning asosiy, prinsipial sxemalari va energiya bilan ta‘minlash va aloqani tashkil etishning tuzilish sxemalari bilan uzatib beriladi. «Qurilish qarorlari» bo’limi asosiy qurilish qarorlarining qisqacha ta‘rifi va asoslariga, ularning zamonaviy qurilish texnologiyalariga mosligiga, shuningdek elektr, portlash, yong’in xavfsizligi, inshootlarni turli xildagi korroziyalardan himoyalash bo’yicha, suv bilan ta‘minlash, kanalizatsiya, issiqlik, xavoni ventilyasiyasi – shamollatish bo’yicha tadbirlar ro’yxatiga, shuningdek favqulodda holatlar bo’yicha qarorlarga ega.

Yüklə 277,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin