O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI “KASBIY TA’LIM” kafedrasi 5640100-“Hayot faoliyati xavfsizligi” ta’lim yo’nalishi IV-bosqich HF-20-14 guruh talabasi Mamatxanova Muazzam Nosirjon qizi “Bino va inshootlari xavfsizligi” fanidan
Mavzu: “Qurilish jarayonida texnika xavfsizligini muhandislik echimlari”.
Qabul qildi: _____________ Katta o’qituvchi _ Sh.Bannoyev NAMANGAN-2018
Mavzu: Bino va inshootlarni qurilishida yerning fizik xususiyatlarini hisobga olgan holda konstruksiyalarni ishlab chiqarish
Reja: Kirish ……………………………………………………………………………...3
Yer silkinadigan rayonalrdagiqurilishlar……………………………………4
Kirish Ko‘p qavatli binolar, ofislar va xususiy uy-joylarni qurishda ularnining zilzilabardoshligi (antiseysmik) qirralarini masalalariga e’tibor berish har doim dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan.
Zilzila-bu tabiatning eng dahshatli vayronalarini yuzaga keltiruvchi hodisalardan biridir. Bu insoniyat hayotiga tahdid soluvchi texnogen tusdagi hodisa hisoblanadi.
Er yuzida bir yilda 20 dan ortiq kuchli zilzilalar ro‘y berib, oqibatda 10 mingdan ortiq kishi halok bo‘ladi.
SHu munosabat bilan ko‘p qavatli binolar, ofislar va xususiy uy-joylarni qurishda ularnining zilzilabardoshligini ta’minlash juda muhimdir.
Binoning zilzilabardoshligi. Qanday bino zilzilabardosh hisoblanadi? Bino tipiga xos antiseysmik chora-tadbirlarni e’tiborga olgan holda loyihalanib qurilgan binolar zilzilabardosh hisoblanadi.
Qanday bino zilzilabardosh hisoblanmaydi? Antiseysmik chora-tadbirlarsiz e’tiborga olinmay qurilgan, ayniqcha devorlar mustahkamligi past bshlgan maxalliy materiallardan qurilgan binolar uchun zilzila juda xavfli hisoblanadi.
Tabiiy ofatlar paytida uyni tez tark etish uchun ehtiyot choralarini ko‘rish xonalarda va koridordan istalgan paytda ko‘chaga chiqishni ta’minlash lozim. Uylarni qurishda antiseysmik talablarga qat’iy rioya qilish.
Binolardan normal foydalanishning asosiy qoidalari.
-binolarni doim normal texnik holda saqlash (bino peydevoriga yaqin joydan oqava suv, ariq va yomg‘ir suvlarining o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik).
-o‘zboshimchalik bilan binoning konstruktiv echimiga uning zilzilabardoshligini kamaytiruvchi o‘zgartirishlar kiritmaslik.
Qurilish kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarga ko‘p qavatli binolar, ofislar va xususiy uy-joylarni qurishda ularnining zilzilabardoshligi to‘g‘risida ma’lumotlar berishni yanada kuchaytirish lozim.1