Kirish Oqava suvni ximiyaviy tozalash. Oqava suv tarkibi. Oqava suvni qayta ishlash jarayoni



Yüklə 96 Kb.
səhifə1/8
tarix22.09.2023
ölçüsü96 Kb.
#146959
  1   2   3   4   5   6   7   8
Oqava suvlarni tozalash


Oqava suvlarni tozalash
Reja:
Kirish
1. Oqava suvni ximiyaviy tozalash.
2. Oqava suv tarkibi.
3. Oqava suvni qayta ishlash jarayoni.
4. Oqava suvni qayta ishlash sxemasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Respublikamizda chegaralangan yer usti va osti suv zahiralaridan ishlab chiqarishda foydalanishni eng maqbul texnologiyalarini qо‘llash va hosil bо‘lgan oqava suvlarni sifatli tozalab, undan ishlab chiqarishda qayta foydalanish asosiy vazifalardan bо‘lib qolmoqda. Bugungi kunda Respublikamizda mavjud suv resurslarini 90 % qishloq xо‘jaligi maqsadlari, 4,4 % kommunal xо‘jalik tarmoqlarida, 2,2 % sanoat, 1,8 % baliqchilik xо‘jaliklari va 1,6 % qishloqlar suv ta’minoti uchun foydalaniladi. О‘zbekistonda jami suv iste’moli hajmining 13-14 % mamlakatda mavjud suv resurslari hisobiga ta’minlanadi.
Sanoat korxonalari hududi va aholi yashash joylaridan kanalizatsiya tarmog‘lari orqali oqib chiqadigan, oqava suvlarni quyidagi belgilariga asoslanib 3 guruhga tasniflash mumkin:[20,32,45].
1.1.1 Hosil bо‘lish joylariga muvofiq;
1.1.2 Oqava suvlar tarkibidagi moddalarning turlariga qarab;
1.1.3 Dispers fazalarning holatlari bо‘yicha ifloslanish.
Hosil bо‘lish joylariga kо‘ra, quyidagi oqava suvlar kiradi:
Maishiy oqava suvlar - aholi yashaydigan uylar, aholiga xizmat kо‘rsatish joylari (oshxonalar, sartaroshxonalar, hammomlar) va ishchi xodimlar uchun garderob va yuvinish xonalari bо‘lgan, korxona boshqaruv mamuriy maishiy binolarda hosil bо‘lgan ifloslangan suvlar.
Atmosfera oqava suvlari – korxonaning kо‘kalamzorlashtirish maydonlaridagi daraxtlar, gullar, ekinlarni sug‘orishdan, qorning erishi va yomg‘ir suvlarini qо‘shilishidan hosil bо‘lib, kanalizatsiya tarmog‘lariga oqib tushadigan oqava suvlar. Bunday oqava suvlar tarkibi ifloslanish darajasi va xossalariga qarab har xil bо‘ladi.
Ishlab chiqarish oqava suvlari – suv ishtirokida amalga oshadigan texnologik jarayonlarda hosil bо‘ladi. Boshqa oqava suvlardan farqi, doimiy tarkibga ega emas, xom-ashyo turlariga ishlov berishga qarab, ifloslanish darajasi har xil bо‘ladi. Sanoat korxona oqava suvlari tarkibni ifloslantiruvchi aralashma moddalar miqdorlariga: 1-500 mg/l; 500- 5000 mg/l; 5000-30000 mg/l; > 30000 mg/l; qarab ajratiladi va maqbul tozalash usullari tanlanadi.
Oqava suv tarkibidagi ifloslantiruvchilarni xossalariga binoan quyidagicha bо‘ladi: tajovuzkor emas (rN =6,5–8); kuchsiz tajovuzkor (kuchsiz ishqorli rN =8–9 yoki kuchsiz kislotali rN=6-6,5); kuchli tajavuzkor (kuchli ishqorli rN >9 yoki kuchli kislotali rN<6).
Ifloslantiruvchilarni suv obyektlariga tasiri quyidagicha bо‘ladi: -
-tarkibidagi moddalarni suv havzalarining sanitar holatiga tasiri (о‘z-о‘zini tozalash jarayon tezligiga);
-tarkibidagi moddalarni suvning organoleptik xossalarini о‘zgartirishi (tami, hidi, tiniqligi va boshqalar);
tarkibidagi moddalarni suv havzalarining jonivorlar olamiga, о‘simliklar dunyosi, hayvonlarga va suvdan foydalanadigan insonlarga tasiri.
Ishlab chiqarish oqava suvlari shartli toza ifloslanmagan (sovitish jarayonlari uchun ishlatilgan ) va ifloslangan bо‘ladi.

Oqava suvlar tarkibidagi moddalarning turlariga qarab quyidagilarga bо‘linadi:


Mineral moddalar bilan ifloslangan oqava suvlar tarkibida: erigan mineral tuzlar, kislota, ishqorlar, qum, loy va ruda zarrachalari bо‘ladi.
Organiq ifloslanishlarga - о‘simliklar olamidan olinadigan tarkibida kо‘proq uglerod elementi bо‘lgan (poliz mahsulotlari, meva-sabzavotlar, о‘simlik yog‘lari, qog‘oz va boshqa qoldiqlar) va hayvonat olamida hosil bо‘lgan (fizologik ajratmalar, tirik tо‘qima qoldiqlari va boshqalar) tarkibida kо‘proq azot elementi bor birikmalar bо‘lgan oqava suvlar kiradi. Maishiy oqava suv tarkibida 58% atrofida organiq birikmalar va 42% atrofida mineral moddalar bо‘ladi. Organiq moddalar bilan ifloslangan oqava suvlarda mikroorganizmlarni rivojlanishi uchun qulay sharoitlar bо‘lib, ularni miqdorini kо‘payishi oqava suvlarga xos bо‘lgan uchinchi tur ifloslanishiga olib keladi.

Yüklə 96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin