Mavzu: Baliqlar Baliqlarning asosiy belgilari. Akvarium baliqlari. Ajoyib dengiz baliqlari



Yüklə 6,94 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü6,94 Kb.
#206833
9-mustaqil ta\'lim


Mavzu: Baliqlar
Baliqlarning asosiy belgilari.
Akvarium baliqlari.
Ajoyib dengiz baliqlari.
Dengiz umurtqasizlari
Qanday belgilariga kо‘ra baliqlarning suvda yashashini bilib
olish mumkin?
Baliqlar suvda yashashga moslashgan umurtqali jonivorlar hisoblanadi. Boshqa jonivorlar kabi, ularga ham nafas olishlari uchun kislorod kerak. Ular kislorodni jabralari yordamida suvdan ajratib oladilar.
Baliqlar sovuqqon jonivorlar bo‘lib, ularning tana harorati atrof-muhitning haroratiga qarab о‘zgaradi.
Yirtqichlardan himoyalanishlari uchun baliqlarning tanalari tangalar bilan qoplangan. Bundan tashqari, bu tangalar baliqlarning suvda tez va silliq suzishiga yordam beradi. Baliqlarda yon chiziq deb ataladigan ajoyib a’zo bo‘lib, bu chiziqlar suvda yashaydigan boshqa jonivorlarning ularga yaqinlashayotganini kо‘rishlaridan oldin, ularni sezishga imkon beradi.
Baliqlarda bir juft burun teshigi bor. Agar baliqlar jabralari orqali nafas olsa, unda bu teshiklar ularga nima uchun kerak?

Baliqlar hayotini har kuni kuzatishning eng oson yo‘li – bu akvarium baliqlarini boqish
Guppi – bu mitti baliqcha bo‘lib,
uning uzunligi 6 santimetrni tashkil qiladi. Kichkina bo‘lishiga qaramay, guppi balig‘i ajoyib ranglarga ega.
Erkak guppi kulrang urg‘ochisidan katta rang-barang dumi va yorqin suzgichlari bilan ajralib turadi
Аkvarium som baliqchalari oddiy tinchliksevar baliqchalar hisoblanadi. Ular pana joylarda: sunʼiy g‘orlarda, suv о‘tlari yoki shunchaki akvarium tubidagi toshlar orasiga berkinishni yaxshi kо‘radilar.
Odatda, bu baliqlar akvarium devorlarida paydo bо‘ladigan mayda suv о‘tlari bilan oziqlanadilar. Аynan shu xususiyatlari uchun ham ularni tozalovchilar deb ataydilar
Skalariya.
Odatda, skalariyani tashqi ko‘rinishiga qarab, farishta-baliq deb ham ataydilar. Bunday shakl ularning о‘simliklar va ildizlar orasiga bekinishiga yordam beradi. Qizig‘i shundaki, bu baliqlarning o‘lchamlari akvariumning о‘lchamlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Аkvariumning o‘lchami qanchalik katta bо‘lsa, baliq ham shunchalik kattalashib, о‘sishi mumkin.
Akvariumda yashovchi yana qanday jonivorlarni bilasiz?
Аkula – mashhur dengiz yirtqichlaridan biri. Uning bir necha qator о‘tkir arrasimon tishlari bо‘lib, ular doimiy ravishda о‘sishda davom etadi. Аkulaning tangalari juda qattiq va mustahkam bо‘lib, uning har bir alohida tangasi tanada chuqur joylashgan kichkina tishga о‘xshaydi. Qadimda akulaning terisidan qalqon, qirg‘ich va jilvir qog‘oz sifatida foydalanilgan.

Dengiz oti – bu ajoyib dengiz balig‘i. U o‘zining egiluvchan dumi bilan о‘simliklarning poyasiga yopishib, yashirinib oladi. Tikanlari va o‘simtalari, shuningdek, ola-bula rangi uni о‘rab turgan fon bilan birikib ketishiga va yirtqichlar uchun sezilarsiz bо‘lishiga yordam beradi
Skatlar – bu uzun dumli va nafis shaklga ega bо‘lgan gо‘zal baliqlar. Dumining oxirida bitta yoki bir nechta zaharli tikanlari bor. Skatlarning zahri odam uchun xavfli emas. Skatlar undan о‘ljasini falaj qilish yoki yirtqichlardan himoyalanish uchun foydalanadilar.
Dengiz oti tez suzadimi yoki sekinmi? Nima uchun?
Javobingizni tushuntiring
Аktiniyalar dengiz gullariga о‘xshaydi, ammo aslida, ular jonivorlardir. Odatda, aktiniyalar mayda baliqchalar va molluskalar bilan oziqlanadi.
Kо‘plab aktiniyalar maxsus kuydiruvchi iplar chiqarib, dushmanlaridan himoyalanadilar. Аktiniyaga qo‘l tekkizilsa, terining kuyishiga olib keladi.
Sakkizoyoqlar quruqlik va suvdagi eng aqlli umurtqasiz jonivorlardan biri hisoblanadi. Ularning tanasi kichik va yumshoq bo‘lib, changallashga moslashgan 8 ta uzun oyoqlari bor. Ular bu oyoqlarning orqa ikkitasidan oyoq sifatida, qolgan oltitasidan esa qо‘l sifatida foydalanadilar. Sakkizoyoqlar shunchalik aqlliki, hatto ular atrofdagi narsalardan ish quroli sifatida foydalana oladilar. Masalan, ular dushmandan himoyalanayotganida changallarida kuydirishga qodir aktiniylarni ushlab turadilar
Meduzalar deyarli butunlay suvdan iborat bo‘lib, jelesimon soyabonga o‘xshaydi. Ular о‘zlarining qubbalariga suvni tortib olib, keyin uni kuch bilan tashqariga otish orqali harakatlanadilar. Meduzalarning kо‘pchiligida kuydiradigan zaharli changallar bor.

UYGA TOPSHIRIQ
O‘ylab ko‘ring. Bahaybat akula, cho‘rtanbaliq va dengiz otini qayerda uchratish mumkin? Аkvariumdami, daryodami yoki dengizdami?
Agar uyingizda, do‘stlaringizda yoki sinfingizda akvarium bo‘lsa, undagi baliqlardan birini kuzating. Uning tashqi ko‘rinishini va nima bilan oziqlanishini tasvirlab bering
Yüklə 6,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin