Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə8/10
tarix21.12.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#188563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bino va inshootlarni qurilishida yerning fizik xususiyatlarini hisobga olgan

5. Qurilishni industrllashtirish, qurilish konstruksiyalarini bir xillashtirish va tiplarga ajratish hamda standartlash.
Qurilishni rivojlantirishning asosiy yo’llaridan biri qurilishni industrlashtirish hisoblanadi. Bu degan so’z qurilish korxonalarini tubdan o’zgartirish, maksimal tayyor yirik konstruksiyalar va ularning elementlari hamda bloklarini mexanizatsiya yordamida uzluksiz jarayonda yig’ish va montaj qilish demakdir. Ixtisoslashgan zavodlarda tayyorlangan bunday konstruksiyalar yig’ma konstruksiyalar deb ataladi. Bu konstruksiyalarni tayyorlash va montaj ishlarini mexanizatsiyalash qurilishda, mehnat sarfini kamaytirishga, qurilish muddatlarini qisqartirishga, sifatini oshirishga, narxini pasaytirishga hamda materiallarni tejashga olib keladi. Qurilishni industrlashtirishning asosiy belgilaridan biri qurilish-montaj ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ularda ishlatiladigan konstruksiyalarni esa yirik temir beton buyumlari zavodlarida, uy- joy qurilish kombinatlarida maksimal yig’ma holda ko’plab ishlab chiqarilishidir. Yig’ma konstruksiyalarni har xil materiallardan ishlab chiqarish mumkin. Hozir zavodlarda yig’ma konstruksiyalar ko’pincha temir-betondan ishlab chiqariladi.
Qurilish praktikasida katta o’lchamli po’lat konstruksiyalar bilan birgalikda yengil metall qotishma va plastmassadan ishlangan yig’ma konstruksiyalar tobora ko’proq ishlatilmoqda. Yig’ma elementlarni ishlab chiqarish vaqtida buyumlarning turlarini kamaytirish texnik va iqtisodiy jihatdan juda muhim xisoblanadi. Bunga erishish uchun ularni bir xillash, tiplarga ajratish va standartlash talab qilinadi. Bir xillash (unifikatsiya) deganda turli xil yig’ma konstruksiyalardagi detallarning o’lchamlarini bir xillashtirish tushuniladi: bunda ularni tayyorlash texnologiyasi ancha soddalashadi, montaj ishlari tezlashadi. Qurilish konstruksiyalarini bir xillash binoning hajmiy planlashtirish parametrlari: qavatlarning balandligi, prolyotlar o’lchamlarining turli-tumanligini kamaytirishga hamda konstruksiyaga ta’sir etadigan hisobiy yuklar (nagruzka)ni unifikatsiyalashga asoslangan. Bir xil shakldagi konstruksiyalarni har xil maqsadlarga mo’ljallangan binolarda ishlatilishi mumkin, ya’ni bunday holda konstruksiyalar bir-birlarining o’rnida ishlatilib, ularning universalligi ta’minlanadi. O’rnini almashtirish deganda biror elementni bino parametrlarini o’zgartirmasdan boshqa o’lchamga ega bo’lagan detall bilan almashtirish tushuniladi, masalan, kengligi 3000mm bo’lgan tom yopma plitalari o’rniga eni 1500mm plitalardan ikkitasini ishlatish va h.k. bitta konstruksiya elementini tipi va katta-kichikligi bo’yicha har xil ko’rinishdagi binolarda ishlatish mumkinligi elementning universalligi deyiladi. Tiplarga ajratish qurilishda ko’p marta foydalanishga yaraydigan ayrim konstruksiyalarning iqtisodiy jihatdan eng samarali yechimini topish va tanlashdan iborat. Tiplarga ajratish qurilish konstruksiyalarining tip-o’lchamlarini, hamda binolarning tiplari sonini kamaytirish imkoniyatini vujudga keltirish bilan birga qurilish ishlarini osonlashtiradi va arzonlashtiradi. Loyiha tashkilotlari tomonidan taklif etilgan va qurilish amaliyotida tekshirib ko’rilgan tipovoy detallar va konstruksiyalar standartlashtiriladi (namuna). Standartlash qurilish konsturksiyalari va buyumlarini bir xillash hamda tiplarga ajratishning eng so’nggi bosqichidir. Standartlashtirilgan qurilish elementlari detallar va konstruksiyalar uchun ma’lum bir shaklga, o’lchamlarga, sifatlarga ega bo’lib, ularni tayyorlashda muayyan texnik talab va shartlarga qat’iy rioya qilinadi.8
Binolar loyihasini yaratishda standartlashtirilgan va kataloglarga kiritilgan, buyum va detallar qo’llanadi. Ko’plab quriladigan byuinolarda ishlatiladigan yig’ma buyumlarning tiplari sonini kamaytirish maqsadida detallarning yagona sortmenti ishlab chiqarilgan. Qurilish detallarining yagona sortamentni joriy etish buyumlarni ko’plab ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilashga, ularning sifatini oshirishga va tannarxini pasaytirishga yordam beradi.

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin