Binolar konusturuksiyasiga atrof muhitning ta`siri: Binolar quyidagi kursatkichlarga binoan bir biridan farq qiladilar:
1 . Vazifasiga muvofiqligi - ya’ni bino qaysi jarayon (maqsad)ga
mo`ljallangan bo`lsa, u shu jarayon talabiga to`lik javob berishi kerak (yashash
uchun, mexnat qilish uchun qulay, dam olishga moslashgan va x.k),
2. Texnik tomondan muvofiqligi - ya’ni bino kishilarni tashqi ta`sirlar
(past yoki yukori xarorat, yog`ingarchilik, shamol va x k.) dan to`la asrashi,
mustaxkam va ustivor bo`lishi, ekspluatatsiya sifatlarini uzoq vaqtgacha saqlashi
lozim;
3. Bino ko`rinishi - meomorchilik va badiiylik talablariga mos holda
tanlanishi, uning tashqi (eksterrer) va ichki (interrer) ko`rinishi chiroyli,
shinam, atrof - muxit bilan uyg`unlashgan bo`lishi kerak.5 4. Iqtisodiy jixatdan kulayligi - ya’ni bino va inshoat ko`rinishida mexnat
sarfini kamaytirish, qurilish ashyolarini va vaqtini tejash ko`zda tutiladi.
Binolarga ta`sir qiladigon tashqi ta`sirlar: Yuqorida tariflangan bino konstruktsiyalariga bir necha xil tashqi va ichki kuchlar tasir etadi, ularning tariflari quyidagilardan iborat:
1. Tashqi kuchlar - bino elementlarining xususiy og`irligi,
shamolning ta`sir kuchi (muvaqqat yuklar), zilzila, uskunalarning tasodifiy
buzilishi natijasidagi ta`sirlar va boshqalar.
2. Atrof muxit ta`siri - tashqi xarorat (konstruksiya chiziqli
o`lchamlarining o`zgarishiga olib keladi). Atmosfera va tuproq namligi ta`sir
(qurilish ashyolarining xususiyatlari o`zgarishiga olib keladi). Xavo oqimi
yo`nalishining ta`siri (xona ichidagi mikro iqlimning o`zgarishiga olib
keladi). Quyosh nuri energiyasining ta`siri (qurilish ashyosi fizik - texnik
xususiyatlarining uzgarishiga olib keladi). Xavo tarkibidagi agressiv kimyoviy
birikmalarning ta`sir (konstruktsiyaning yemirilishiga va buzilishiga olib
keladi). Biologik ta`sir (mikro organizmlar va qurt-qumursqalar
konstruksiyani yemiradi). Bino ichidagi yoki tashqarisidagi shovqin ta`siridan xonadagi normal akustik rejimning buzilishi.6