Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə4/10
tarix21.12.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#188563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bino va inshootlarni qurilishida yerning fizik xususiyatlarini hisobga olgan

3. Asos tuproqlari chokishi mumkin bo’lgan joylarda qurilishlar
Binoning xususiy og’irligi va unga ta’sir etuvchi tashqi kuchlarning birgalikda ta’sirida turgan asos tuprog’i namlanishi natijasida tuproq qo’shimcha deformatsiyaga uchraydi. Bunday xususiyatli tuproqlar cho’kishi mumkin bo’lgan tuproqlar qatoriga kiritiladi. Cho’kishi mumkin bo’lgan tuproqlarning asosiylaridan biri lyossimon tuproqdir. Bu tuproq yetarlicha mustaxkamlikka ega bo’lib, suvga bo’ktirilganda o’z xususiyatlarini yo’qotadi va binolarni qurishda ma’lum bir tadbirlar ko’rilmasa asosda notekis cho’kishlar sodir bo’lib, binoda yoriqlar paydo bo’ladi, ayrim xollarda esa uni buzilishigacha olib keladi.
Tuproqlarni cho’kish deformatsiyasi miqdoriga ko’ra ikki turga bo’lish mumkin. 1 tur bo’ktirilganda o’z xususiy og’irligi ta’sirida 50 mm dan kam deformatsiyalanadi, 2 tur – bunday xolda tuproqning cho’kishi 50 mm dan katta bo’ladi.
Bino qurilishi olib boriladigan yani uchastkalarda 20x20 m maydonga suv
to’ldirilib, tuproqning cho’kish deformatsiyasi aniqlanadi. Ilgari qurilish olib borilgan uchastkalardagi tuproq turlari esa qurilgan binoning cho’kishini baxolash yo’li bilan yoki laboratoriya usulida aniqlaniladi.
Tuproqlari cho’kuvchan bo’lgan joylarda binolarni loyihalash va qurishda
quyidagi asosiy tadbirlar bajariladi:
- mexanik usullar yordamida qoziqlar o’rnatish, oldindan asos tuprog’ini suvga bo’ktirib zichlashtirish orqali tuproqning cho’kish xususiyatlari yo’qotiladi;
- cho’kishi mumkin bo’lgan tuproq qatlami olib tashlanib, tagigacha qoziq
poydevorlar o’rnatiladi, yoki siliktlangan yo bo’lmasa termik usulda mustaxkamligi oshirilgan ustinsimon va lentasimon tuproq poydevor o’rnatiladi;
Bino qurilishi mumkin bo’lgan joydagi asosga atmosfera va ta’minot
suvlarini tushishining (sovuq va issiq suv ta’minoti, kanalizatsiya trubalarining oldini olish, bino perimetri bo’yicha suv o’tkazmaydigan, eni kamida 1,0 m bo’lgan otmostka qilish (otmostka kotlovan chuqurligi burchagidan kamida 0,3 m sirtga chiqariladi), kotlovan chuqurlgini suv o’tkazmydigan materiallar bilan to’ldirish (qum, shlak, qurilish axlati va boshqalar bilan to’ldirishga ruxsat berilmaydi). Bulardan tashqari, bino qurilish jarayonida yoki uni ishlatish chog’ida asos tuprog’i ho’llanib qolguday bo’lsa, u holda quyidagi qo’shimcha konstruktiv tadbirlarni amalga oshirish kerak bo’ladi.4
Shunday konstruktiv sxema tanlanishi kerakki, bunda butun bino yetarlicha
bikirlikka va turg’unlikka ega bo’lsin. Buning uchun konstruksiyalar tutashtirilgan joylar bikirligini oshirish yoki aksincha, tutashtirilgan elementlarni bino ekspluatatsiya ishonchliligini buzmasdan o’zaro siljishini ta’minlovchi sharnirli bog’lanishlar bilan tutashtiriladi;
- yetarlicha deformatsiya choklari o’rnatilgan va planda oddiy bo’lgan
bino formasini tanlash. Masalan, 1 tip tuproq sharoitiga ega bo’lgan joylarda ko’p qavatli yirik panelli binolarning cho’kish (deformatsiya) choklari oralig’i 42 m dan, 2 tipda esa 30 m dan ko’p bo’lmasligi kerak;
- gorizontal konstruksiyalarning (to’sin, plita, xari, ferma) vertikal konstruksiyalarga (devor, ustun, stolba) ilingan joyi uzunligini ko’paytirish;
- har bir binoning tashqi va ichki ko’taruvchi devorlarda ora yopma plitasi
tekisligida uzluksiz armaturalangan belbog’lar o’rnatish;
- bino konstruksiyalari tuproq cho’kkandan so’ng o’zining oldingi loyihada ko’rsatilgan xolatini tezlikda tiklab olishga moslashgan bo’lishi kerak.

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin