1. Bino va inshootlar haqida tushuncha Bino turlari va ularga qo‘yilgan asosiy talablar



Yüklə 350,38 Kb.
səhifə1/11
tarix17.10.2023
ölçüsü350,38 Kb.
#156595
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bino va inshoatlarga salbiy ta\'sir ko\'rsatadigan faktorlarni guruhlarga bo\'lish




Mavzu: Bino va inshoatlarga salbiy ta'sir ko'rsatadigan faktorlarni guruhlarga bo'lish
Reja:
1.Bino va inshootlar haqida tushuncha
2.Bino turlari va ularga qo‘yilgan asosiy talablar
3.Bino va inshoatlarga salbiy ta'sir ko'rsatadigan faktorlarni guruhlarga bo'lish

Qurilish amaliyotida ikki tushuncha, ya’ni bino hamda inshoot tushunchasi mavjud.Jamiyatning moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun kishilar tomonidan bunyod etilgan hamma qurilmalar inshoot deyiladi. Kishilarning biror ish faoliyatiga mo‘ljallangan va moslashtirilgan, ichki fazoga bo‘shlikka ega bo‘lgan yer usti inshootlari bino deb ataladi.


Binolar vazifasiga ko‘ra fuqaro (turar-joy va jamoatchilik), sanoat va qishloq xo‘jaligi binolari guruhlariga ajratiladi.
Biror sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mehnat jarayonini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va ichiga ishlab chiqarish qurollari joylashtirilgan binolar sanoat binolari deb ataladi (ustaxonalar, garajlar, elektrostansiyalar, omborlar, sex binolari). qishloq xo‘jaligi ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladigan binolar qishloq xo‘jaligi binolari deb ataladi (molxona, parrandaxona, teplitsalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari saqlanadigan omborlar).
Binolarga kuyiladigan asosiy talablar
Har qanday bino quyidagi asosiy talabga javob berishi kerak:
- vazifasiga muvofiqligi, ya’ni bino qaysi jarayonga (maqsadga) mo‘ljallangan bo‘lsa, u shu jarayon talabiga to‘liq javob berishi kerak (yashash uchun qulay, dam olishga moslashtirilgan, mehnat qilishga qulay va x.)
- texnik tomondan muvofiqligi, ya’ni bino kishilarni tashqi ta’sirdan (past yoki yuqori temperatura, yog‘ingarchilik, shamol va b.) to‘la asrashi, mustahkam va ustivor bo‘lishi, ekspulatatsiya sifatlarini uzoq yil davomida saqlashi lozim;
- bino ko‘rinishi me’morchilik va badiiylik talablariga mos holda tanlanishi, uning tashqi (ekstrer) va ichki (interer) ko‘rinishi chiroyli, shinam, atrof-muhit bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak;
- iqtisodiy jihatdan qulayligi, ya’ni bino va inshoot qurilishida mehnat sarfini kamaytirish, qurilish materiallari hamda vaqtni tejash ko‘zda tutiladi.
Binolar vazifasiga muvofiqligiga ko‘ra ikki guruhga: asosiy va yordamchi vazifalarga mo‘ljallangan binolarga bo‘linadi.
Tashqi kuchlarga bino elementlari (qismlari) ning xususiy og‘irligi (doimiy yuklar), uskunalar, kishilar, qor og‘irligi, shamolning ta’sir kuchi (muvaqqat yuklar), yer qimirilashi va uskunalarning tasodifiy buzilishi (avariyasi) natijasidagi ta’sirlar va boshqalar kiradi.
Bino mustahkamligi deganda uni tashqi kuchlar ta’siridan uzoq vaqt buzilmasdan, hamda ortiqcha deformatsiyaga uchramasdan o‘z vazifasini bajarib turishi tushuniladi.
Binoni tashqi ta’siridan o‘z muvozanatini saqlab turishi binoning ustivorligi (turg‘unlik) deb ataladi.qurilish normalari va qoidalariga (SNIP) ko‘ra binolar uzoq vaqt o‘z vazifasinni ado etishi (dolgovechnost) bo‘yicha IV darajaga bo‘linadi:
I - xizmat davri 100 yildan ortiq; II - xizmat davri 50 yildan 100 yilgacha; III-xizmat davri 20 yildan 50 yilgacha va IV-xizmat davri 5 yildan 20 yilgacha mo‘ljallangan binolar.
Bino va konstruksiyalarning olovbardoshligi jihatdan besh darajaga bo‘lish mumkin. Eng katta olovbardoshlik I-darajali binolarga, eng kichik olovbardoshlik esa V darajali binolarga tegishli bo‘ladi.Olovbardoshligi I, II va III toifaga mansub binolar tosh material yoki pishik g‘ishtdan qurilgan, IV-darajali binolar esa sirti suvalgan yog‘ochli, V darajalisi suvalmagan yog‘ochli binolar hisoblanadi.

Yüklə 350,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin