Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə9/10
tarix21.12.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#188563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bino va inshootlarni qurilishida yerning fizik xususiyatlarini hisobga olgan

Yagona modul sistemasi.
Binoning hajmiy-planlashtirish parametrlarini, konstruksiya va qurilish buyumlari o’lchamlarini bir xillash (unifikatsiya) yagona modul sistemasi (YEMS) asosida amalga oshiriladi. Qurilishda asosiy modul (m) deb 100mm li o’lcham qabul qilingan. Bino va yig’ma konstruksiyalarning o’lchamlari karrali 100mm bilan belgilanadi. Modullar yiriklashtirilgan va maydalangan bo’lishi mumkin. Yirik konstruksiya va detallarning o’lchamlari hamda binoning hajmiy planlashtirish yechimlari yiriklashtirilgan modulda (60m, 30m, 15m... 2m), nisbatan kichik detallar o’lchamlari esa maydalangan karrali modulda (12m, 15m, 110m, 1100m) beriladi.
Yagona modul sistemasi yig’ma konstruksiyalar orasidagi tirqish va choklarni hisobga olgan holda, modul o’lchamlarining uch xilini, ya’ni nominal, konstruktiv va haqiqiy o’lchamlarni ko’zda tutadi.
Konstruksiyalarning nominal o’lchamlari LH – binoning koordinata o’qlari oralig’idagi (tirqish va choklarning tegishli qismi bilan birgalikda) masofa.
Konstruktiv o’lcham LK - esa yig’ma elementlarning loyihada ko’rsatilgan o’lchami hisoblanib, nominal o’lchamlardan tirqish va choklarning normallashtirilgan kattaligiga farq qiladi. Haqiqiy o’lcham LF - tayyor konstruksiyaning amaldagi o’lchami yoki qurilgan binoning reja o’qlari orasidagi haqiqiy masofaga teng kattalik.9




Binolarning konstruktiv turlari:
a) – karkassiz bino; b) – karkasli bino; v) – nimkarkas;
1 – lentasimon poydevor;
2 – ko‘tarib turuvchi tashqi devor;
3 – qavatlararo ora yopma;
4 – ora yopma paneli;
5 – ko‘tarib turuvchi ichki devor;
6 - karkas ustunlari;
7 – ustunli poydevor;
8 – o’zini-o‘zi ko‘tarib turuvchi tashqi devor.
Loyihalash jarayoni va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar
Loyiha tashkilotlari loyiha tuzishni topshiradigan – buyurtmachi tashkilotdan topshiriq olib, bino loyihalarini tayyorlaydi. Loyiha ikki bosqichda bajariladi: 1) topshiriq loyihasi; 2) ish chizmasi. Ayrim hollarda texnik loyiha ham chiziladi. Topshiriq loyihasiga (bunda eskiz ko’rinishda chiziladi) quyidagi materiallar kiradi.
- sxema tarzida ko’rsatilgan bino qavatlari;
- binoning sxema tarzida ko’rsatilgan kesimi;
- binoning old tomondan ko’rinishi (fasadi);
- uchastka bosh rejasi (genplani);
- tushuntirish xati.
Topshiriq loyihasi buyurtmachi topshirig’iga ko’ra tuziladi va unda yuqorida aytilganlardan tashqari quyidagi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar ham keltiriladi: turar joy maydoni (Pj); ish maydoni (Pr); yordamchi maydon (Pa); binoning foydali maydoni (Pp=Pj+Pv); bino qurilish maydoni (Pz); qurilish hajmi (0).
Asosiy ko’rsatkichlarga quyidagilar ham kiradi:

a)

K1 = Pj Pp




% (turar joy binolarida)

b)

K2 = O = Pj

O Pr




Bu yerda K1 – bir xonali kvartiralar uchun 0,54-0,56; ikki xonali uchun 0,58 – 0,6; uch xonali uchun esa 0,62 – 0,64 ga teng bo’lishi kerak.
K2 – bino hajmidan foydalanish ko’rsatkichi.10
Xulosa
Bino yoki uning aloxida kismlarining uzunligi normaga kura cheklangan
buladi. Chunki normada ortikcha uzunlikdagi binoning ayrim bulaklari
tebranish turli fazalariga tushib kolsa seysmik taxsir kuchayib ketadi.
SHu sababli uzun binolar antiseysmik choklar yordamida kichik kismlarga (oteeklarga) ajratiladi. Tejamkorlik nuktai nazaridan antiseysmik choklar temperatura va chukma choklar biyaan kushib yuboriladi, ya’ni temperatura choki bir vaktning uzida xam antiseysmik, xam chukma chok vazifasini utaydi. CHukma choklardan farkli ularok antiseysmik choklarni binoning butun balanddigi buylab aisratish shart emas: poydevorlarni uzmay yaxlit koldirish mumkin. Binoning konstruktiv echimiga karab, antiseysmik choklarni kush devor yoki kush ustun (kolonna) kurinipgada olinadi.
Antiseysmik choklarning kengligi (eni) binoning balandligi va bikrligiga boglik. Balandish 5 m gacha bulgan binolarda chokning eni 3 sm dan kam bulmasligi kerak. Baland binoda chokning eni xar 5 m da 2 sm dan kengaytirib boriladi. Bundan tapщari chokning bino maksimal siljishlarinikg ikkilangan kiymatidan kichikrok bulishi kerak.
Antiseysmik choklar ajratilgan kismlarning bemalol siljishiga (tebranishiga) imkon bermogi lozim. Aks xolda kushni kismlar uzaro urilib,
katgik shikastlanipsh mumkin. Antiseysmik choklar orasidagi masofa xamda binolarning balandligi kurilshp normalarida belgilangan.
Bir otsek chegarasida binoning balandligini birday olish maksadga muvofikdir. Ayrim kismning balandligini katgarok olish, shu kiem massasining ortishiga va uz navbatida seysmik kuch mivdorining ortishiga olib keladi; Bu esa usha kiem elementlarshshng kundalang kesim ulchamlarini kattalashtirishni talab etadi.


Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin