Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


Inshoat va binolarga ta’sir etadigan yuklar



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə6/10
tarix21.12.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#188563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bino va inshootlarni qurilishida yerning fizik xususiyatlarini hisobga olgan

Inshoat va binolarga ta’sir etadigan yuklar: Inshoat va binolarga ta’sir etadigan yuklar kelib chiqish sababiga ko`ra asosan ikki guruxga bo`linadi:
1. Tabiiy yuklar.
2. Suniy yuklar.
Tabiiy yuklar o`zgaruvchan atrof muxitga bog`lik bo`lib, 3-ga bo`linadi:
1. Meteorologik;
2 . Gravitatsion;
3. Zilzilaviy.
Yuklar ta’siriga karab kuyidagicha bulishi mumkin:
-Doimiy va vaqtincha;
-Doimiy-tabiiy (binoning asosiy qismlarining vazni);
-Yerning bosimi;
Vaqtincha yuklar uzoq muddatli, qisqa muddatli va o`ziga xos yuklarga
bo`linadi.
-Uzoq muddatli yuklar: binoning ichidagi texnik jixozlar.
- Qisqa muddatli yuklamalar: odamlar vazni, saqlanadigan yuk, xarakatdagi
transport, qor va muz bilan qoplanish, shamol kuchi va x.k.
- Uziga xos yuklar: yer strukturasining buznlishiga bog`lik.
Qor yuki qor kuchi ko`p xollarda inshootlarni avariya xolatiga olib
keladi. Qoryuklari gidromet xizmati yordamida tog`li rayon, notekis joylarda avvaldan aniqlanadi. Respublikamizda qor, yomg`ir nomalum sharoitlarga bog`lik bo`lib, ularning binolarga ta’siri meoyoriy ko`rsatgichlarda keltirilgan. Ularning ta’sirlari asosan bino va inshootlar konstruktsiyalarini loyixalash va xisoblashda aloxida yuk sifatida inobatga olinadi.
Shamol ta`siri: Dovul shamollari ko`pchilik muxandis kurilmalarini vayron bo`lishiga sabab bo`ladi. Bino va inshoatlarning shakli - ularning balandligiga qarab aerodinamik samarasi har-xil bo`ladi. Bino tomi ikki nishabli bo`lsa, shamol keladigan tomoni ko`tarilishi mumkin.

4. Binolarni loyihalashda atrof muxitni muxofazasini ta`minlash talablari:
Bino va inshootlarni loyixalash ular quriladigan xududga bevosita
bog`liq, shuning uchun o`sha xudud bir qancha ko`rsatkichlar bo`yicha ilmiy asoslangan xolda taxlil qilib chiqilishi zarur. Eslatib o`tish joizki, bu taxlilning asosida loyixalash vazifasidan va maksadidan qatiy nazar birinchi navbatda inson omili yetadi, respublikamizda bir qancha axoli
turarjoylari va xato shaxarlar bunyodga keldiki, ularning paydo bo`lishida
birlamchi omil - yer osti va yer usti tabiiy zaxiralaridan xom ashyo ishlab
chikarish uchun foydalanish imkoniyatini kengligi bo`ldi.
Quriladigan bino yoki inshootlarda yashash, mexnat kilish, o`kish va x-k . lar uchun eng qulay muxit yaratilishi lozim.
Buning uchun atrof muxit xolati quydagi asosiy omillar bo`yicha
baxolanadi:
- xududning iqlimi va mikro iqlimini baxolash,
- xavo ifloslanganlik darajasini baxolash;
- suv xavzalarining sanitar - gigienik xolatini baxolash;
- xududning relefi va geologik muxitining buzilganlik darajasini baxolash;
- yerning ustki unumdor qatlami (tuproq) ning sanitar - gigienik
xolatini baxolash;
- atrof muxitga fizik omillarning ta’siri darajasini baxolash;
- ko`kalamzorlashtirilgan xududlarni baxolash.
Ko`rinib turibdiki, atrof muxit xolatini baxolashga yondoshish, masalaga
kompleks yondoshishni talab qiladi. Turar joylarni loyixdlashda sanoat zonasi (inson sog`lig`iga salbiy ta’sir ko`rsatuvchi, xavoni, suvni, tuprokni zaxarlovchi moddalar chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalari) bilan turar joy o`rtasida ximoya zonasi bo`lishi zarur.
Sanoat korxonalarini loyixalashtiruvchi sanitar meoyorlar ekologiyani buzuvchi manba sifatida sanoat korxonalarini 5 ta sinfga ajratadi.Turarjoy bilan sanoat zo`nasi o`rtasidagi ximoya zo`nasi sinflarga mos ravishda, belgilanadi:
I sinf - 1000 m; II sinf - 500 m; III sinf - 300 m; IV sinf - 100 m;
V sinf - 50 m. zarur.
Turar joylari loyixalashda quyosh nurining qulay tushishi,
shamolning yo`nalishi, xar xil shovqinlardan ximoyalash, chang-to`zonlardan
ximoyalash kabi omillarni maqul xal qilish masalalari birinchi o`rinda turadi.

Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin