Ma’ruza 6
6-mavzu. KO‘P ORALIQLI STATIK ANIK BALKALARNI KUZGALMAS
YUKLARGA XISOBLASH
Reja:
1. Ko‘p oraliqli statik aniq balkalar to‘g‘risida tushuncha.
2. Ko‘p oraliqli statik aniq balkalar uchun qavatlarora sxemalarini qurish.
3. Ko‘p oraliqli statik aniq balkalarni qo‘zg‘almas yuklar ta’siriga hisoblash.
Tayanch iboralar:
ko‘p oraliqli statik aniq balkalar, ko‘p oraliqli statik aniq
balkalarning afzallliklari va kamchiliklari, ko‘p oraliqli statik aniq balkalar
uchun qavatlarora sxemalarini qurish, ko‘p oraliqli statik aniq balkalarni
qo‘zg‘almas yuklar ta’siriga hisoblash.
1. Ko‘p oraliqli statik aniq balkalar to‘g‘risida tushuncha.
Bir necha oddiy balkalarni o‘zaro sharnirlar yordamida biriktirishdan
hosil qilingan geometrik o‘zgarmas statik aniq sistemalarga ko‘p oraliqli statik
aniq balkalar deyiladi.
Ko‘p oraliqli statik aniq balkalarni hisoblash nazariyasi 1871 yilda rossiyalik
muhandis G.Semikolenov tomonidan tavsiya qilingan. Ko‘p oraliqli sharnirli balka
statik aniq sistema deb hisoblanadi, chunki muvozanat tenglamalaridan tashqari unda
qancha oraliq sharnirlar bo‘lsa, shuncha qo‘shimcha tenglamalar tuzish mumkin. SHu
sababli ko‘p oraliqli statik aniq balkalarga ko‘p oraliqli sharnirli balkalar yoki ko‘p
oraliqli balkalar xam deyiladi.
Qurilishda ko‘p oraliqli balkalar yaxlit balkalarga o‘xshab
ko‘priksozlikda, inshootlarni yopishda ishlatiladi. YAxlit balkalar statik
aniqmas bo‘lib, unda bir oraliqli balkaga nisbatan eguvchi moment
miqdori ancha kam bo‘ladi. Ammo, ko‘p oraliqli sharnirli balkalar yaxlit
balkalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
Dostları ilə paylaş: |