Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 2,07 Mb.
səhifə2/10
tarix21.12.2023
ölçüsü2,07 Mb.
#188563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bino va inshootlarni qurilishida yerning fizik xususiyatlarini hisobga olgan

Yer silkinadigan rayonalrdagi qurilishlar

Alohida geofizik sharoitli joylardagi qurilish deganda binolarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish chog’ida ularning buzilishiga hamda sanitariya- gigiyena holatlarining yomonlashishiga olib keluvchi qo’shimcha ta’sirlarni hisobga oluvchi qurilishlar tushuniladi. Bunday qo’shimcha ta’sirlarning asosiylaridan biri yer silkinish natijasida hosil bo’luvchi zilzila ta’siri hisoblanadi.
Zilzila deb vulqon otilishi yoki yerning chuqur qatlamlarida tog’ jinslarining bir-biriga nisbatan surilishi natijasida kelib chiqadigan tektonik jarayonlar natijasida yer sirti qatlamining elastik silkinishiga aytiladi. Zilzila kuchi ballarda o’lchanadi. Ko’pchilik davlatlarda zilzila kuchi uchun 12 balli shkala qabul qilingan. (GOST
6249-52). Zilzila kuchi 6 ballgacha bo’lganda bino va inshootlarga zarar yetmaydi. Bunday xollarda bino konstruksiyalari yoki devor sirtlarida aloxida yoriqlar xosil
bo’ladi va asosan binoning pardoz qismi zarar ko’rishi mumkin.
Zilzila kuchi 8 ball bo’lganda, u kuchli hisoblanib, bunda suvoqlar to’kilishi,
o’rab turuvchi konstruksiyalarda xavfli bo’lmagan yoriqlar hosil bo’lishi mumkin. Kuchi 7 ball va undan ortiq bo’lgan zilzilalar xavfli hisoblanadi. Bunda binolarga ko’proq ziyon yetishi, binolar buzilishi yoki ularning ayrim qismlari qulab tushishi mumkin.
Yer silkinishi natijasida yer qatlamidagi jinslar buzilishi va ularda katta
qoldiq deformatsiyalar bo’lishi ko’zga tashlanadi. Siljish jarayoni boshlangan yer qobig’idagi cheklangan maydon zilzila “gipotsentri” (yoki fokusi) deb ataladi. Fokusning yer sirtidagi proyeksiyasi “episentr” deb ataladi. Episentrdan yer sirtidagi har qanday nuqtagacha bo’lgan masofa episentral masofa deb ataladi. Episentral zonalardagi vertikal tashkil etuvchilar gorizontal tashkil etuvchilardan ortiq bo’ladi va u episentrdan uzoqlashgan sari kamayib boradi. Bunda gorizontal tashkil etuvchi asosiy bo’lib qoladi, bu esa bino va inshootlar uchun xavfli hisoblanadi.2
Yer silkinishi mumkin bo’lgan rayonlarda quriladigan bino va inshootlarga zilzilaga bardoshlik bo’yicha alohida talablar qo’yiladi. Loyihalashda zilzila darajasi
norma yoki zilzila kartasi yordamida aniqlanadi va KMK II-7-81 “Zilzilali rayonlarda qurilish” yordamida binoning zilzilabardoshlik qiymati aniqlanadi.


Yüklə 2,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin