Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning talim tarbiya jarayonidagi o’rni va ahamiyati



Yüklə 33,88 Kb.
səhifə1/12
tarix30.03.2023
ölçüsü33,88 Kb.
#91656
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KSTI


1.1)Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning talim tarbiya jarayonidagi o’rni va ahamiyati. Sinfdan tashqari ishlar — umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar oʻtkazish, viktorina va koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), toʻgarak ishlari (oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari, ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (oʻquvchilarning sinfdan tashqari oʻqishi, kolleksiya toʻplashi, texnika, musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va sh.k. bilan mustaqil shugʻullanishi)ni koʻrsatish mumkin. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar talabalabalar ehtiyojidan va ijodiy ishga bo’lgan tabiiy intilishidan kelib chiqadi, sinfda o’tkaziladigan dastur materialining kamini to’ldirishga emas, balki uni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Bunda, o’qituvchilarning mustaqil ish metodlariga tayanish ham kerak. Sinfdan tashqari ishlarga- fakultativ mashg’ulotlar, ijodiy kechalar, to’garaklar, mustaqil ilmiy izlanish, kurs ishi, diplom ishi, referat, olimpiyadada, ko’rik -tanlovlarda qatnashish; ilmiy konferensiyada qatnashish; pedagogik amaliyot, kitobxonlar uyushmasi, bayramlar, mustaqillik bayrami, konsitutsiya kuni, har –xil mavzudagi qiziqarli kechalar; talabalarning sevimli mashgulotlari ustida estafetalar shular jumlasidandir. Ta’lim metodlarini qo’llashni quydagicha ko’rsatish mumkun; talabalarda tashkilotchilik, boshqaruvchilik, mustaqil ilmiy izlanish, o’z fikrini himoya qila olish, bahs yuritish ko’nikmalarini shakillantirishda guruhlar tashkil etib ijodiy topshiriqlar berish, guruhlararo bahs yuritish, aqliy hujum metodi, ebristik metod, klaster metodi kabilardan foydalaniladi. Talabalarda ijrochilik, boshqaruvchilik ular bilimlarini sinab ko’rishda ma’ruza bilan chiqish, muammo qo’yish, muammoli ma’ruza qilish ham yaxshi natija beradi. Talabalarda malaka oshirish, kasbiy qobilyatlarini rivojlantirish uchun rollar ijro etish orqali erishish mumkun. Ularni yangi g’oya yechimini yaratish, ularni shaxsiy tajribaga yoki vaziyatga bog’lash, bahsli g’oyalarni ma’qullashga o’rgatish uchun esa guruhli bahslar, ma’lum bir hoiatlar tahlili, savol –javoblar, so’rovnomalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
2)Kimyodan fakultativ mashg’ulotlar. Fakultativ kurs, ixtiyoriy kurs — oliy oʻquv yurtlari talabalari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻquvchilari uchun nazariy bilimlarni kengaytirish hamda chuqurlashtirish maqsadida oʻtiladigan majburiy boʻlmagan mashgʻulot turi. Fakultativ kurslar fan, texnika va madaniyatning eng yangi muammolari, shuningdek, biror oʻquv fanini oʻrganish davomida talaba (oʻquvchi)larni qiziqtirib qolgan mavzu yoki boʻlim yuzasidan tashkil etiladi. Tavsiya etilayotgan Fakultativ kurslarning taxminiy roʻyxati, odatda, oʻquv rejalarida aks etadi. Oliy oʻquv yurtlarining ilmiy kengashlari hamda oʻrta maxsus oʻquv yurtlari pedagogik kengashlari talaba (oʻquvchi)lar qiziqishlari hamda mintaqaviy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda Fakultativ kurslarni tashkil etish huquqiga egadirlar. Fakultativ kurs praktikum, seminar, lab. mashgʻuloti singari shakllarda ham uyushtirilishi mumkin. Oʻrta maxsus taʼlim tizimida Fakultativ kurslarni oʻtish uchun oliy maktab va ilmiy tadqiqot muassasalari xodimlari, shuningdek, xalq xoʻjaligi va madaniyat tarmoklari mutaxassislari jalb etiladi.
3)Anorganik kimyo to’garagi ishi bilan tanishtirish. Anorganik kimyo (yun. an — inkor qoʻshimchasi va organik kimyo) — kimyoviy elementlar va ulardan hosil boʻlgan bi-rikmalar haqidagi fan (faqat uglerod birikmalarini organik kimyo, uglerod-536ning bir necha oddiy birikmalarinigi-na Anorganik kimyo oʻrganadi). Anorganik moddalar, xususan ogir metallar — oltin, kumush, mis, temir, qoʻrgʻoshin, simob va qalay, metallmaslardan uglerod va oltingugurt qadim zamonlardan maʼlum. Milodning boshlarida kimyo Misrda taraqqiy etib, xlorid, sulfat, nitrat kislotalar, er-kin holda margimush, surma, fosfor, shuningdek bir qancha ishqor va tuzlar hosil qilingan. Turkistonda ham kimyoning qadimdan mavjudligini arxeolo-gik qazishlar natijasida topilgan mod-diy-madaniy yodgorliklar tasdiklaydi. Turkistonda koʻpgina kimyogar olimlar yetishib chiqqan. Ulardan eng mashxurlari Abu Bakr ar-Roziy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Kotib al-Xorazmiy, Abdulhakim ibn Abdulmalik al-Kosiy, Abu Ali ibn Sino va boshqa (qarang Alkimyo). Anorganik moddalar haqidagi maʼlumotlarni alohida oʻrganish gʻoyasini fransuz kimyogari N. Lemeri ilgari surgan. U 1675-yilda kimyo fani oʻrganadigan mod-dalarni kelib chiqishiga koʻra mineral moddalarga, oʻsimliklar va xayvonlardan hosil boʻladigan moddalarga boʻlgan edi. 19-asr oxirida fizika va boshqa fan so-xalaridagi katta kashfiyotlar (1869-yilda D. I. Mendeleyev davriy qonunni kashf etishi va hokazo) Anorganik kimyo taraqkiyotida muhim rol oʻynadi. Bu davrda davriy sistemada oʻrin qoldirilgan elementlarning barchasi topilib, davriy sistema toʻldirildi va transuran elementlar kashf etildi. Anorganik kimyoda kimyoviy tekshirishning ik-kinchi usuli: analiz va sintez keng qoʻllaniladi. 18-asr oxirida kimyoning vazifasi moddalar tarkibini aniqlash, yaʼni ularni analiz qilish deb hisoblan-gan boʻlsa, 19-asrning boshida kimyogarlar yangi moddalarni sintez qilishga ham tobora koʻproq ahamiyat berdilar. 20-asrda anorganik sintez taraqqiyotiga eksperi-mental texnikaning erishgan yutuklari juda katta yordam berdi. 20-asr boshigacha Ak.ning asosiy vazifasi koʻproq bi-rikmalar hosil qilish deb hisoblangan boʻlsa, hozir bu fan, asosan, birikmalarning hosil boʻlishi va parchalanishi sha-roitini, ularning fizik va kimyoviy xos-salari va tuzilishini urganadi. Bu hol Anorganik kimyo sohasidagi tadkiqotlarning ilmiy va amaliy ahamiyatini gʻoyatda oshirib yubordi. 20-asrning 30-yillarida adabiyotda bayon etilgan anorganik birikmalar soni 50-60 ming edi. Elementlarning kislo-rod bilan hosil qilgan birikmalari — gi-dridlar; galogen bilan hosil qilgan birik-malari — galogenidlar; oltingugurt bilan hosil qilgan birikmalari — sulfidlar; azot bilan hosil qilgan birikmalari — nitridlar; uglerod bilan hosil qilgan birikmalari — karbidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar, kompleks birikmalar Anorganik kimyoda oʻrganiladi. Anorganik kimyoning hozirgi bosh va-zifasi yuqori harorat va bosim, mexanik va kimyoviy taʼsirlarga chidamli boʻlgan, boshqa koʻpgina talablarga javob bera-digan yangi sunʼiy anorganik moddalar tayyorlash va boshqadir. Bu borada koʻpgina tadqiqot ishlari oʻtkazildi

Yüklə 33,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin