Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning talim tarbiya jarayonidagi o’rni va ahamiyati



Yüklə 33,88 Kb.
səhifə2/12
tarix30.03.2023
ölçüsü33,88 Kb.
#91656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KSTI

4)Olimpiada o’tkazish metodikasi. Ko’pgina maktablarda sinfdan tashqi mashg’ulotlarning alohida bir ommaviy shakli – kimyoviy olimpiadalar har yili muvaffaqiyat bilan o’tkazib turiladi. Olimpiada kimyo sohasida bir – biri bilan musobaqa bog’lashni hohlagan hamma o’quvchilarni birlashtiradi va ularga ta’lim – tarbiyaviy jihatdan katta ta’sir ko’rsatadi: a) o’quvchilarda kimyoga chuqur havas uyg’otadi va bu havasni o’stiradi; b) o’quvchilarning yangi ajoyib nazariy va amaliy material bilan tanishuviga sabab bo’ladi; v) o’quvchilarda eng muhim amaliy malakalar hosil qiladi; g) o’quvchilarni kimyoviy fikrlar yuritadigan qilishga yordam beradi; d) o’quvchilarni hozirgi zamon kimyosining eng aktual muommolarini tushunish darajasiga ko’taradi; e) o’kuvchilarda fikrni bir yerga qo’yib isbot bilan ishlash va boshlangan ishni oxiriga yetkaza bilish xususiyatlarini hosil qiladi. Kimyoviy olimpiada o’quvchilarining qanchalik tayyorgarligi borligini aniq - ravshan ochib beradi, o’rta maktabda kimyo o’qitishni yanada yaxshilashga yordam qiladi. Mamlakatimizda yosh kimyogar havaskorlarning bir – biri bilan musobaqa qilishning o’ziga xos shakli bo’lgan kimyoviy olimpiadaga maktab, tuman, shahar, viloyat va butun respublika miqyosida o’tkaziladi.Maktab kimyoviy olimpiadasi, odatda o’quv yilining ikkinchi choragida o’tkaziladi. Olimpiada har qaysi sinfda alohida o’tkaziladi. Bu davrda qatnashchilar ham beshta masala uchta nazariy va ikkita amaliymasala yechishlari kerak; nazariy masalalar birinchi davradagi tipda bo’adi; amaliy masalalar esa ikkita asosiy tipda beoiladi; a) modda hosil qiling va moddaning hosil bo’lganligi shu moddaga xos reaktsiyalar yordami bilan isbotlang; b) biror moddani boshqa moddalar orasidan shu moddaga xos reaktsiyalar yordami bilan toping. Nazariy masalalar ham amaliy masalalar ham maxsus jadvalda ko’rsatilgan kunlarda yechiladi; Eng oxirida maktabda kecha o’tkazilib, bu kechada olmpiadaning yakuni e’lon qilinadi va masalalarning yechilishi tahlil qilinadi, shu kechada olimpiada g’oliblari, odatda, mukofotlanadi. Maktab olimpiadasi g’oliblariga shahar (tuman), viloyat va butun Respublika olimpiadalariga qatnashish xuquuqi beriladi. Maktab ishida ommaviy tadbirlardan olimpiada mustaxkam o’rin oladi. Bu tadbir maktab, rayon, shahar, viloyat, respublika va xalqaro turlarda o’tkaziladi. Kimyo olimpiadalarining asosiy vazifasi o’quvchilarning kimyoga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish, imkoni boricha unga ko’proq o’quvchilarni jalb qilish, ular orasidan iqtidorli bolalarni ajratib olib tarbiyalashdir. Olimpiadalarda o’quvchilar taffakurlay olishi, ijodiy masalalar va noanoanaviy masalalarni yecha olish qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniga ega bo’ladilar. Olimpiada masalalarining mazmuni jurnallarda eolon qilib boriladi va undan har qanday o’qituvchi foydalana oladi.

Yüklə 33,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin