Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning talim tarbiya jarayonidagi o’rni va ahamiyati


)Kimyoviy olimpiadalar haqida malumot berung



Yüklə 33,88 Kb.
səhifə5/12
tarix30.03.2023
ölçüsü33,88 Kb.
#91656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KSTI

5.1)Kimyoviy olimpiadalar haqida malumot berung Mamlakatimizda yosh kimyo xavaskorlarining bir-biri bilan musobaqa qilishining o‘ziga xos formasi bo‘lgan kimyoviy olimpiadaga katta ahamiyat beriladi. Maktablarda sinfdan tashqi mashg‘ulotlarning alohida bir ommaviy shakli-kimyoviy olimpiadalar har yili o‘tkazib kelinadi. Olimpiada kimyo sohasida bir-biri bilan musobaqalashishni hohlagan hamma o‘quvchilarni birlashtiradi va ularga ta’lim-tarbiyaviy jihatdan katta ta’sir ko‘rsatadi: a) o‘quvchilarda kimyoga chuqur havas uyg‘otadi va bu havasni o‘stiradi; b) o‘quvchilarning yangi bajoyib mashg‘ulotla rtarzida, mahalliy suyuq va qattiq mineral yoqilg‘ini, shuningdek, ishlab chiqarish va mudofaa jihatidan katta ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa kimyoviy xom-ashyoni mukammal tekshiradilar, o‘z tabiiy mineral bo‘yoqlar, yuqori sifatli giller va boshqa qazilmalar qidirib topadilar, ulardan amalda foydalanish texnologiyasini ishlab chiqadilar.Olimpiadalar maktab, shahar tuman, viloyat va respublika miqyosida o‘tkaziladi. Maktab kimyoviy olimpiadasi, odatda, o‘quv yilining uchinchi choragida o‘tkaziladi.Olimpiada tashkil etishga o‘quvchilarning o‘zlari jalb qilinadi.Mahsus komissiya tuziladi, bu komissiyaga har sinfdan bitta vakil kiritiladi. Komissiya a’zosi o‘z sinfidagi o‘quvchilarni olimpiadada ishtirok etishga jalb qiladi va olimpiada qatnashchilariga beriladigan masalalarni tarqatadi, sirtqi davrada echilgan masalalarni yig‘ib oladi va hokazo. Olimpiada ikki davrada o‘tkaziladi: birinchisi sirtqi davra, ikkinchisi ichki davra bo‘ladi. Birinchi (sirtqi) davra qatnashchisi beshta masala echilishi kerak. Bu masalalarning mavzulari ko‘rinadigan joyga yopishtirib qo‘yiladi va har sinfga bir nechta nusxadan tarqatiladi. Masalalar shu sinfdagina emas, balki shundan oldingi sinflarda ham o‘tilgan o‘quv materiallariga oid eng muhim savollarning qariyb hammasini o‘z ichiga oladi. Masalalar o‘quvchilar bilimining har xil tomonlarini: a) o‘quvchilarning moddalar xossasini va moddalar hosil qilish usullarni bilish-bilmasliklarini; b) nazriy bilimlarini amaliy masalalarni hal qilishda tatbiq eta olish-olmasliklarini; v) vatanimiz kimyogar-olimlarining hayotini va ijodiyotini harakterlovchi eng muxim dalillarni bilish-bilmasliklarini; g) miqdoriy hisoblar qila olish-olmasliklarini ochib beradi

Yüklə 33,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin