Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning talim tarbiya jarayonidagi o’rni va ahamiyati


)Sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari



Yüklə 33,88 Kb.
səhifə6/12
tarix30.03.2023
ölçüsü33,88 Kb.
#91656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KSTI

2)Sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari. Kimyodan sinfdan tashqari ishlar dars bilan bir qatorda maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkillashning eng muhim formulalaridan biridir. Kimyodan sinfdan tashqari ish, darsdan tashqari paytda amalga oshiriladigai ta’lim-tarbiya jarayonidir. Sinfdan tashqari ishning maqsadi o’quvchilarning kimyodan olgan bilimlari, egallagan ko’nikma va malakalarini chuqurlashtirish va kengaytirish, dunyoqarashini kengaytirish, ularni kimyoga bo’lgan qiziqishlarini, mustaqilligini, ijodiy aktivligini rivojlantirish hisoblanadi. Sinfdan tashqari ishning muhim maqsadi g’oyaviy, mexnat, axloqiy va estetik jihatdan o’quvchilarni tarbiyalashdir. Sinfdan tashqari ish o’quvchilar jamoasini shakllantirishga, shu bilan birga kimyoga qiziqishini, layoqatini tarbiyalashga yordam beradi va yagona ta’lim-tarbiya jarayonining muhim elementi xisoblanadi. Kimyodan sinfdan tashqari ishlarda predmetlararo aloqalarni amalga oshirish vazifasi qo’yiladi, bu esa kasbga yo’llash ishlarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tanlayotgan kasbda kimyoning rolini tushunishga yordam beradi. Sinfdan tashqari ish o’quvchilarning dam olishlarini tashkillashga yordam beradi.
3)Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning guruhli shakllari. Kimyodan sinfdan tashqari ishning turlari. Yakka Adabiyot bilan ishlash, ma’ruza va referatlar yozish, kichik ua x.z. Guruhli. Kimyo to’garagi kimyodan devoriy ro’znoma, taqdimot tayyorlash, kimyo xonasini jixozlash bo’yicha ishlar va x.z. Ommaviy. Kimyo kechasi, kimyo olimpiada-lari, og’zaki jurnal, xaftalik, oylik, viktori-na, anjumanlar ekskursiyalar, jamoatchilik ko’rigi, kimyo va x.z. Shuni ta`kidlash kerakki, sinfdan tashqari ishlarni bunday klassifikatsiya qilish shartli xisoblanadi. Masalan, kimyo kechasi yoki to’garak ishini o’tkazish har bir ishtirokchidan katta mexnat talab qiladi. Bir vaqtning o’zida ommaviy tadbirni o’tkazish har bir ishtiroqchining ish tavsifi va yo’nalishiga taosir qiladi. Bu sinfdan tashqari ishning shakl va xillari o’rtasida o’zaro integratsiya bo’lishini ko’rsatadi.

Yüklə 33,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin