Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning talim tarbiya jarayonidagi o’rni va ahamiyati


)O’zbekishtonda kimyo fanining taraqiiy etishi



Yüklə 33,88 Kb.
səhifə3/12
tarix30.03.2023
ölçüsü33,88 Kb.
#91656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KSTI

5)O’zbekishtonda kimyo fanining taraqiiy etishi. O’zbеkiston kimyo sanoati ancha yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, hozirgi zamonga mos kimyo mahsulotlarini ishlab chiqariladi, plastmassalar, sun'iy tola va sintеtik kauchuk, lak-bo`yoqlar, kislota va ishqorlar, dori-darmonlar, shuningdеk ko’plab kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradi. Hozirgi vaqtda kimyo sanoati mahsulotlariga bo’lgan talab kundan kunga ortmoqda, shuning uchun Rеspublikada bu sanoat tarmog’ini rivojantirishga juda katta e'tibor bеrilmoqda. Bu sanoatni rivojlantirish uchun O’zbеkistonda ham Osiyo mamlakatlari singari katta manbalarga egadir, ayniqsa gaz, nеft, gaz kondеnsatlari, elеktr quvvati, ko’mir, sanoati va qishloq xo’jaligi chiqindilari, minеral xom ashyolar hamda mеhnat rеsurslari juda ko’pdir. Mineral oʻgʻitlarni sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish, kimyo sanoati korxonalarining qarzdorliklarini restrukturizatsiya qilish yuzasidan koʻrilgan choralar ularni moliyaviy sogʻlomlashtirishga va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirishga imkon berdi.  Shu bilan birga, kimyo tarmogʻini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport hajmini kengaytirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.  Xususan, investitsiyaviy jozibadorlikning pastligi va tarmoqni rivojlantirish uchun oʻz mablagʻlarining yetarli emasligi xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash boʻyicha ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish imkonini bermayapti, buning oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotda mineral oʻgʻitlar ulushining yuqoriligi saqlanib qolmoqda. 

2.1)Kimyodan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarini innavatsion.
Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari. Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarini shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim. Respublika ta’lim muassasalarida interfaol ta’limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo’llanilmoqda: 1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O’quv keyslari”), “Blits-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va b. 2. Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” va h.k. 3. Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Kontseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b. Interfaol metodlar. “Keys-stadi” metodi «Keys-stadi» - inglizcha so’z bo’lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «study» – o’rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o’rganish, tahlil qilish asosida o’qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni o’rganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u o’quv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yo’li sifatida qo’llanilsa, metod xarakteriga ega bo’ladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni o’zida aks ettiradi. Keys topshiriqlarining amaliy-didaktik xarakterga ega bo’lishi uchun ularni ishlab chiqishda quyidagilarga e’tiborni qaratish talab etiladi: 1. Tahliliy ko’nikmalar (ma’lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni turkumlashtirish, ma’lumotlarni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish, taqdim etish; buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak). 2. Amaliy ko’nikmalar (muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real vaziyatni tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyillarni qo’llay bilish). 3. Ijodiy ko’nikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni yechish muhim emas, balki ijodiy yondashuv asosida muammoning bir necha yechimlarini topish va ularni tahlil qilish talab etiladi).

Yüklə 33,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin