Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning talim tarbiya jarayonidagi o’rni va ahamiyati


)Sinfdan tashqari ishlarning asosiy qoikdalri



Yüklə 33,88 Kb.
səhifə9/12
tarix30.03.2023
ölçüsü33,88 Kb.
#91656
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
KSTI

4)Sinfdan tashqari ishlarning asosiy qoikdalri. Sinfdan tashqi mashg‘ulotlar o‘quvchilarning umumiy saviyasiga va tayyorgarligiga qarab o‘tkaziladi. O‘quvchilar xilma-xil narsalarga qiziqadi, ammo kuzatishlarning ko‘rsatishicha, o‘quvchilarning nimalarga qiziqishiga qarab, ularni uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh o’quvchilarni moddalarning o’zgarishi, qiziqarli kimyo tajribalari, moddalarni tozalash va moddalar ajratib olish, kristallar hosil qilish va kristallarni o’stirish, oddiy moddalardan va kimyoviy birikmalardan to’plamlar tuzish, shuningdek, buyuk kimyogarlarning hayoti va faoliyatiga oid eng yorqin dalillar ko’proq qiziqtiradi. Ikkinchi guruh o’quvchilarni moddalarning ancha murakkab o’zgarishlari, moddalarning sanoatda olinish usullari, kimyo sanoati masalalari, gazlar bilan qilinadigan tajribalar kimyoviy usullari jumladan, eng muhim hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarish usullarini ko’rsatish uchun kerak bo’ladigan asboblar va ishlaydigan materiallar yasash, kundalik hayot kimyosi, agrokimyo va kimyoviy masalalarni, ayniqsa eksperimental masalalarni mustaqil suratda yechish qiziqtiradi.
5)To’garak o’tkizishning eng muhim omillari. To’garak mashg’ulotlarida yechiladigan analitik masalalar taxminan quyidagi tiplarda bo’lishi mumkin: a) berilgan moddalarning, masalan, azot, ammoniy tuzlari, superfosfat, metan, formaldegid va boshqalarning eng harakterli xossalarini eksperiment yo’li bilan ko’rsatish; b) moddalarni bilib olish: masalan, bir qancha gazlar orasidan kislorodni, azotni, karbonat angdiridni, vodorod sulfidni, ammiakni topish: osh tuzi erimasini xlorid kislota eritmasidan, osh tuzi eritmasini ammoniy xlorid eritmasidan, ichimlik sodani natriy eritmasidan farq qilish; qaysi probirkadagi xlorid kislota, qaysi probirkadagi sulfat kislota va qaysi probirkadagi nitrat kislota ekanligini aniqlash va hokazo. v) moddaning, masalan, texnika sulfat kislotasining qanchalik tozaligini tekshirib ko’rish va unda qo’shimchalar bor-yo’qligini aniqlash. karbonatdan, karbonat kislota tuzi eritmasini uyuvchi natriy eritmasidan fark qilish va tellur xam qo‘shiladi; g) moddaning sifat tarkibini (kanday elementlardan iboratligini) aniqlash, masalan, vodorod sulfidining oltingugurt bilan vodorod birikmasi ekanligini, mis ko’porosi tarkibiga mis, sulfat kislota koldii va kristallizatsiya suvi kirshini tajriba yuli bilan isbotlash. To‘garakda amaliy kimyoga, ya’ni moddalar hosil qilishga oid mashg‘ulotlar juda xilma-xil sohalarda o‘tkazilishi mumkin. Amaliy kimyoga oid tajribalar tanlashda, asosan, eng ko‘p tarqalgan moddalardan, har xil chiqindilardan va shu kabilardan foydalanishga doir tajribalarga e’tibor berish lozim, chunki, bu tajribalar qimmat turadigan reaktivlar talab qilmaydi. Kimyo to‘garagi ishida, masalan, tozalanmagan mis qiyqimlaridan toza mis, mis kuporosi, mis (II)-xlorid, mis (II)-digidroksi karbonat, mis (II)-oksid; temir-tersakdan temir (III)-oksid, qaytarilgan temir, temir kuporosi; osh tuzidan novshadil, o‘yuvchi natriy; kuldan potash, kaliyxlorid, kaliynitrat; marmardanesakuydirilgan ohak, ohaklisuv, kalsiyxlorid, gips va boshqalar olish katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
7.1)Akademik litseylarda qo’llaniladigan sinfdan tashqari ishlar. Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim: fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish; darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash; o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish; o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni o’rnatish; ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish; shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish; o’quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi; pedagogik vositalardan samarali foydalanish; zarur bilim, ko’nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish; mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish; har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va taxmin qilish. Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi. Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshharuvni amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta’minlash kabilar kiradi. Darsga nisbatan qo’yilavdigan tarbiyaviy talablar o’quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o’quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo’lishdan iborat.
2)Olimpiadalar uchun masalalar tuzish. O’quvchi yoshlar o’rtasida fan olimpiadasini o’tkazishning asosiy maqsad va vazifalari: a) o’quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish; b) o‘quvchilarda o‘zlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishlarini oshirish; c) kelajakda o‘quvchilarni o`zlari qiziqgan kasbini to‘g’ri tanlashida ko‘maklashish. Fan olimpiadasining vazifalari: a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlаrni аniqlаsh vа yuqori mаlаkаli kаdrlаr tаyyorlаshning uzluksiz tizimini tаshkil etish chorа-tаdbirlаri to‘g‘risidа” PQ-4306 qаrori hamda ushbu Nizom talablari asosida ta’lim muassasalaridagi o’quv-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bo’lishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash hamda tarbiyalashga qaratilgan ijodiy izlanishlari va mehnatini ro‘yobga chiqarish; b) qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash, rag’batlantirish va kamolotga yetkazish jarayonida oliy ta’lim muassasasi va maktablarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish; c) fan olimpiadasining g’oliblari orasidan kimyo fani bo`yicha xalqaro olimpiadalarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qiladigan o‘quvchilarni aniqlash va ularga kerakli tavsiyalar berish.

Yüklə 33,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin