№4 2022
136
BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA INNOVATSION METODLARDAN
FOYDALANISH
Duschanova Sanobar Ruzmomatovna
Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani 28-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Saparova Raximajon Xayitmatovna
Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani 28-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.725911
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda
dars jarayonini tashkil
etishda innovatsion metodlardan foydalanish va ularning ayrimlarini qo‘llash
borasidagi ba’zi fikrlar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: innovatsion, metod, “Kamalak jilosi”, “Beshinchisi (oltinchisi,
yettinchisi ...) ortiqcha”.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash
anchayin murakkab jarayon
sanaladi. Dastlab o‘quvchilarning xat savodi chiqarilsa,
keyin mos ravishda turli
fanlar o‘rgatila boshlanadi. Bularning hammasi osonlik bilan kechmay, o‘qituvchidan
katta ma’suliyat, iqtidor va ilm ta’lab etadi. Qolaversa o‘quvchilarni har bir darsga
qiziqtira olish ham muhimdir. Shunday ekan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
bugungi
kun talablaridan kelib chiqib, o‘quvchilarga saboq
berishda turli innovatsion
metodlarni bilishi va ularni o‘z o‘rnida tadbiq etishi muhim hodisa sanaladi. O‘z
o‘rnida qo‘llanmagan metodlar kutilgan natija bermay, o‘quvchilarning
darsni
o‘zlashtirishlariga aks tasir etishi ham mumkin.
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim jarayonida qo‘llashimiz mumkin bo‘lgan
yuzlab metodlar mavjud. Ulardan tashqari o‘qituvchining ijodkorligiga qarab
yangicha metodlar ham yaratish mumkin. Quyida anashunday o‘qituvchilar
orasida
keng ommalshgan innovatsion metodlarning ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tamiz va
ularni ijodiy boyitishga harakat qilamiz.
Innovatsiya – ma’lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishiab chiqarishdagi
texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki
yangi texnologik jarayonni qo‘lash muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma’lum
bo‘lgan oxirgi natijadir.
Innovatsiyaning maqsadi - sarflangan mablag‘ yoki
kuchdan eng yuqori natija
olishdan iborat. Boshqa turli-tuman o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan yangiliklardan
farqli o‘laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o'zgarishlar
mexanizmini tashkil etadi.
Ma’lumki, bugungi kunda dars jarayonida “Aqliy hujum”, “Krassvord”,
“Sinkveyn”, “Muzyorar”, “Keys stady”, “Insert”, “Venn diagrammasi” va “BBB”