№4 2022 137
texnologiyalaridan o‘quv jarayonini tashkil qilishda foydalanilmoqda. Mazkur
maqolada dars jarayonining samarasi va sifatini ta’minlashga xizmat qiluvchi yana
bir nechta innovatsion metodlarni tavsiya qilamiz.
“Kamalak jilosi” metodini boshlang‘ich sinflar uchun qo‘llash maqsadga
muvofiqdir. Mazkur metoddan ona tili, matematika va o‘qish darslarida ham
foydalanish mumkin. Masalan: ona tili darslarida so‘zlarni turkumlarga ajratishda
qo‘g‘irchoq, mashina, kuldi, yig‘ladi, sariq, katta, kichik, to‘qqiz kabi so‘zlarni
turkumlarga ajratish va ot so‘z turkumiga doir so‘zlarni ko‘k rangli chiziqqa
joylashtirish, sifat so‘z turkumidagi so‘zlarni havo rang chiziqqa joylashtirish vazifasi
beriladi. Matematika darsida sonlarni xona birliklariga ajratish davomida ushbu
metodni qo‘llash mumkin. Ya’ni, kamalakning birinchi rangini bir xonali son deb
oladigan bo‘lsak, ikkinchi qatordagi rangi ikki xonali songa misol bo‘la oladi.
“Kamalak jilosi” metodi orqali bolalarda quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalar va
sifatlar shakllanadi: - o‘quvchi ranglar orqali so‘zlarning qaysi turkum doirasiga
kirishini eslab qoladi; - o‘quvchida tabiat hodisalari haqidagi tasavvurlar paydo
bo‘ladi, ularda atrofmuhit va tabiatga muhabbat, uni asrab-avaylash ko‘nikmalari
shakllanadi; - o‘quvchilarning dunyoqarashi va tasavvur doirasi kengayadi, diqqatni
jamlash, fikrlash, zehnlilik va topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi.
«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi:O‘quvchilar
mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida
ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi
tushunchalar tizimini shakllantirish;
hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ...) va
taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;
o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni
tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;
o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni
mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga
ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini
talab etish lozim).
Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob)
yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni
ifodalay olishni talab etadi.
Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan
asosiy tushunchalar tizimini yaratadi;
o‘quvchilar mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarn
aniqlaydilar va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;