O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI EKOLOGIYA VA TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI 60530700 - Tuproqshunoslik ta`lim yo‘nalishi TUPROQSHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN KURS ISHI Mavzu: Agrokimyo fanining rivojlanishida dunyo olimlarining qo'shgan hissalari
Topshirdi: ________________ .
Qabul qildi: ________________
Termiz – 2023
MUNDARIJA
KIRISH
3
1.BOB AGROKIMYONING RIVOJLANISH TARIXI
5
Agrokimyoning fan sifatida shakllanishi va boshqa fanlar bilan aloqadorligi
5
Agrokimyo haqidagi dastlabki nazariyalar
10
II BOB. AGROKIMYO FANINING RIVOJLANISHIDA DUNYO OLIMLARINING QO'SHGAN XISSAS
III. BOB O'ZBEKISTONLIK OLIMLARNING AGROKIMYO RIVOJLANISHIDA QO'SHGAN XISSALARI
25
3.1.
Turkistonda agrokimyo elementlarining rivojlanish tarixi
25
3.2.
O'zbekistonda Agrokimyoning rivojlanish bosqichlari
28
XULOSA
34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI
36
Kirish Kurs ishining dolzarbligi. Kimyo fani inson hayoti va ishlab chiqarishning ko‘p sohalariga xizmat qiladi. Kimyo fani taraqqiy etgan sari, uning xizmat doirasi kengayib borm oqda. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida qishloq xo‘jaligini ham kimyosiz tasavvur qilish mumkin emas. Masalan, katta maydonlarda makro, mikroo‘g‘itlarsiz hosilning miqdorini va sifatini oshirish mumkin emasligi aniq.
1996-yilning 7-avgustida 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasining «Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida agrokimyo xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi qarori ham dehqonchilikni kimyolashtirishni kuchaytirishda muhim qadam bo‘ldi. Qurayotgan jamiyatimiz maqsadi va vazifasidan kelib chiqib, o‘g‘itlarni qo‘llashda asosiy e’tibor ularni samarali qo‘llashga qaratilishi kerak. Chunki iqtisodiy nuqtayi nazardan foyda bermaydigan o‘g‘itlarni qo‘llash moddiy zarar keltiradi, xolos. Agrokimyo fanining muhim yo‘nalishlaridan yana biri — o‘g‘itlar qo‘llash ekologiyasidir. 0‘g‘itlar noto‘g‘ri qo‘llansa atrof-m uhitni ifloslantiradi va ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. 0‘g‘it qo‘llaganda ekologiya muvozanatini buzmaslik asoslarini ham talabalar yaxshi bilishlari lozim.
Bir so‘z bilan aytganda, dehqonchilikda ham kimyo fanining ko‘plab mahsulotlari-moddalari ishlatiladi. Kimyoning dehqonchilikda qo'llanilishini agronomik kimyo deb atasa bo'ladi va m antiq nuqtayi nazaridan bu fanga qishloq xo‘jaligining kimyo fani aralashgan barcha yo'nalishlari kiradi, deb hisoblaymiz. Har bir yo‘nalish agrokimyo fani tarkibida mustaqil yirik bo‘limni tashkil qiladi. Bular — «o‘g‘itlar va ularni qoilash», «o‘simliklarni kimyoviy yo‘l bilan himoya qilish», «o‘simliklarning o‘sishini, taraqqiyotini kimyoviy yo`li bilan boshqarish», «kimyoviy melioratsiyalash» va hokazolardir. Xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri o'simlik mahsulotlarini yetishtirish hisoblanadi. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda muhim ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Respublikaning «oltin» boyligi hisoblangan sug'oriladigan va lalmikor yerlardan foydalanishning yangi shakllari vujudga keldi, dehqonchilikka oid zamonaviy texnologiyalar har xil tuproq va iqlim sharoitlarida sinab ko‘rilmoqda va qo'llanilmoqda. Ko‘pdan ko‘p xorijiy davlatiar investitsiyalari ishlab chiqarishning asosiy va yordamchi tarmoqlariga yo'naltirilmoqda.
0‘g‘itlar tuproq unumdorligini ko‘tarishda, hosilni oshirishda juda kuchli omil hisoblanadi. Chunki o‘g‘itlar yordamida, eng awalo, tuproq gumus, azot va boshqa kul elementlar bilan boyiydi. Buning natijasida qishloq xo'jalik ekinlari hosili ko‘payib, sifati yaxshilanib boradi.