Geografiyani oʻqitish fanining shakllanishi va rivojlanishiga qoʻshgan hissalari reja



Yüklə 32,63 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü32,63 Kb.
#149757
Mavzu chet el olimlarining geografiyani o qitish fanining shakl




GEOGRAFIYANI OʻQITISH FANINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHIGA QOʻSHGAN HISSALARI


REJA:
1. Chet el olimlarining geografiyani oʻqitish fanining shakllanishi va rivojlanishiga qoʻshgan hissalari.
2. A.Y.Gerd va V.F.Zuyevning geografiyani oʻqitish fanini rivojiga qoʻshgan hissasi

Geografiyani oʻqitish metodikasining qisqacha tarixi. Ushbu yoʻnalishning birinchi metodisti Vasiliy Fyodorovich Zuyev (1754 - 1794) hisoblanadi. U xalq bilim yurtlarida tabiatshunoslik darslarini olib bordi, oʻqituvchilar seminariyasida leksiyalar oʻqidi. 1786- yili V.F.Zuyev “Tabiiyot tarixining koʻrgazmalari” nomli darslikni nashr ettirdi, unda tabiiyotni oʻrganish izchilligi, qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), oʻsimliklar dunyosi (botanika), hayvonlar dunyosi (zoologiya) koʻrsatilgan. Bu darslik oʻquv predmeti sifatida tabiiyot faniga asos soldi.


V.F.Zuyev maktab oʻquvchilarining tabiiy obyektlarni oʻrganishlarini yoqlab chiqdi, chunki u minerallarni, oʻsimlik va hayvonlarni bevosita sezgilar orqali qabul qilib olinishini yuqori baholar edi. Bundan tashqari, oʻquvchi oʻz oʻlkasining tabiatini albatta oʻrganishi kerakligini koʻrsatdi, bu kitob oʻqitishning hozirgi oʻlkashunoslik tamoyiliga mos keladi. Biroq bu ilgʻor gʻoyalarning fanda hayotdan ajralgan, yuzaki metodlar hukmron boʻlgan sharoitda, oʻquvchilardan faqat darslik matnini mexanik ravishda yod olish talab qilingan bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin emas edi.
K.D.Ushinskiy bolalarni tabiat bilan tanishtirishni oʻz joyi, oʻz oʻlkasini oʻrganishdan boshlashni taklif etdi, bunda kitobni oʻqish yoki oʻqituvchi axborotidan olingan taassurotlarni bola kuzatishlar yordamida tekshira olsin. Ushinskiyning ta'kidlashicha, oʻz joyi tabiatini oʻrganishning bosh metodlaridan biri kuzatishdir, chunki kuzatish kuzatuvchanlikni vujudga keltirishga yordam beradi.
“Bolalar dunyosi” kitobida muallif bolalarning nutqini rivojlantirish, ularni oddiy mantiqiy ishlarga oʻrgatish uchun tabiatni qanday kuzatish zarurligini koʻrsatib berdi. Mustaqil qabul qilinganlargina oʻquvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishini tasdiqlab, pedagogik jarayondagi kuzatish metodining rolini koʻrsatib berdi.
Kuzatishlar, tajribalar va ekskursiyalar bilan bogʻlab tabiiyot oʻqitish tizimini birinchi boʻlib Aleksandr Yakovlevich Gerd (1841-1888) taklif qildi. U koʻrgazmali oʻqitish bola idrokining bor holatiga muvofiq boʻlishi kerakligini ta'kidladi. Gerd bunyodga keltiigan tizimda tabiiyotni oʻrganish jonsiz tabiatdan boshlanadi, u boshlangʻich sinflarda jonsiz tabiat kursini oʻqitish metodikasini ishlab chiqdi. “Tabiiyot qisqa kursi” nomli darslik, shuningdek, “Yer, havo, suv” nomli oʻquv qoʻllanma va ularni oʻqitishga oid “Boshlangʻich maktabda predmetli darslar” nomli metodik qoʻllanma (1883) yozdi. Bu kitob uzoq vaqtlargacha jonsiz tabiat kursi boʻyicha asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. Boshlangʻich maktabda tabiiyotni alohida predmet sifatida ajratish zarurligini ishonchli ravishda isbot qildi. Uning fikricha, faqat shu sharoitdagina darslarda shu predmetga xos metodlardan foydalanish va shu asosda bolalarga bilim berish, tabiat toʻgʻrisida yaxlit tasavvur hamda tabiat hodisalarining farqiga bora olish uquvini hosil qilish imkoniyati tugʻiladi. Bu predmetni joriy qilinishi bilim xarakteri, material hajmi hamda oʻrganish izchilligini tuzishni, shuningdek, oʻquv soatlari ajratilishini va kursning umumiy tizimida darslar vorisligini ta’minlashni talab qiladi.
Bu masalaga Vasiliy Prokofyevich Vaxterov birmuncha boshqacharoq qaradi. U “Oʻqitishning predmetli metodi” nomli kitobida tabiiyotni ogʻzaki oʻqitishga qarshi chiqib, tabiatm kuzatishlar, tajribalar, tabiat jismlarini namoyon qilishga tayanib oʻrganishni, ya’ni predmetli oʻqitishning muhimligini isbotladi. Biroq boshlangʻich sinflarda tabiiyotni maxsus oʻquv predmeti sifatida ajratishni yoqlamagan holda “predmetli oʻqitishga alohida oʻquv predmeti sifatida qarash mumkin emas”, deb ta’kidladi. 1917-yilda V.A. Gerdning “Boshlangʻich maktab kursida alohida predmet sifatida tabiiyot” nomli kitobi nashr etilgan edi, unda muallif tabiiyotni boshlangʻich maktabda maxsus predmet sifatida oʻqitish zararligini isbotlab bergan.
M.N.Skatkin tabiiyot metodikasi boʻyicha XX asrning 50-yillarida nashr etgan ilmiy ishlarida kichik yoshdagi oʻquvchilarning tabiatshunoslikka oid bilimlarni oʻzlashtirishlariga ta'sir koʻrsatuvchi boshqa metodlar bilan bir qatorda kuzatish metodiga alohida urgʻu berdi, uning yordamida tabiat toʻgʻrisida aniq tasavvur va tushunchalar shakllanishini ta'kidladi. U oʻquvchilarning oʻqituvchi rahbarligidagi kuzatishlaridan keyin jonli tabiat burchagida yoki bevosita tabiatda mustaqil kuzatishlar olib borishlarini taklif qildi. Uning fikricha, mustaqil kuzatishlar oʻtkazish oldidan oʻqituvchi kuzatishning maqsadi, mazmuni va metodikasini tushuntirib berishi kerak. M.N.Skatkin oʻz tadqiqotlarida tabiatshunoslik boʻyicha sinfdan tashqari ishlar tashkil qilish metodikasi hamda tabiatni oʻrganishga oid mashgʻulotlarda bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalariga katta e'tibor berdi. Tabiatda, oʻquv-tajriba maydonida va sinfda kuzatish hamda tajribalar oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisida P.A.Zavitayevning “Boshlangʻich maktabda tabiiyot boʻyicha kuzatish va tajribalar” nomli kitobida ham shunday fikr yuritiladi. Unda oʻrganilayotgan har qanday hodisa haqidagi tasavvurlarni kitoblardan material oʻqish bilan toʻldirish hamda mustahkamlashni talab qiluvchi kuzatish va tajribalarning aniq metodikasi bayon qilinadi.
Ekskursiyalar, predmetli darslar va kuzatishlar oʻtkazish metodikasini yorituvchi boshqa nashrlar ham vujudga keldi. Jumladan, A.K.Verzinaning ishi nashr qilindi, unda 1-4-sinflarda ob-havoni kuzatish tizimi taklif qilingan, kuzatish natijalaridan ona tili va rus tili, arifmetika, geografiya va tabiiyot darslarida, maktab oʻquv-tajriba maydonidagi amaliy mashgʻulotlar jarayonida foydalanish uslublari keltirilgan.
Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy oʻzining “Yuragimni bolalarga beraman” nomli kitobida bolalarga tabiatni bilishni tabiatning oʻzida oʻrgatishni, ularda hissiyot va hayolotni rivojlantirishni taklif qildi. U oʻqituvchi bolalarning ruhiy dunyosini bilishi, ularning aqliy rivojlanishi, bilim olishga qiziqishlariga har jihatdan yordam berishi kerak, deb hisobladi. Suxomlinskiy tafakkurni rivojlantiruvchi birinchi darsni tabiat quchogʻida oʻtkazilishini tavsiya qildi. U bolalarni maktabda olti yoshdan boshlab oʻqitish tarafdori edi. Uning bolalarni oʻqitishga tayyorlashda oila bilan maktabning aloqasiga moslab ishlab chiqqan tizimi hozirgi zamon pedagogikasining ham yutugʻidir.
1969-yilda tabiatshunoslik 2- va 3-sinflarda mustaqil predmet sifatida oʻqitila boshlandi va faqat 1-sinfda tabiatshunoslik materialidan oʻqish va nutqni rivojlantirish darslarida foydalanildi. Umumta’lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari munosabati bilan tabiatshunoslikni oʻqitish masalalari yangicha hal qilindi. 1986- yildan e'tiboran bolalar 6 yoshdan boshlab oʻqitila boshlandi, maktabda oʻqitish muddati esa 11 yilgacha uzaytirildi. Bu isloh 1-2-sinflarda “Atrof olam bilan tanishtirish” nomli yangi oʻquv predmetini oʻqitish imkoniyatini berdi, u 3-4-sinflarda “Tabiatshunoslik” fani sifatida oʻtila boshlandi.

O’zbekiston maktablarida geografiya ta’limini darsliklar va dasturlari mazmunini, o’qitish metodlari, o’quv moddiy bazasi, kadrlar tayyorlash va boshqa xususiyatlariga ko’ra) 4 ta bosqichga ajratish mumkin.


1918-1934 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr o’zbek sovet maktablarida geografiya o’qitishni yo’lga qo’yish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda yangi tipdagi maktablar bilan eski tipdagi sovet maktabi geografiyasiga asos solinadi. Yangi dasturlar asosida 1922-1923 yillarda “o’qitishning kompleks dasturlari” ishlab chiqildi. Bu turli variantlarda bo’lib, bir necha marta o’zgardi va 10 yil mobaynida qo’llanildi. Geografik materiallar kompleks mavzular orasida singib ketdi. Geografiyani o’rganish juda past saviyada olib borildi. Kompleks dasturlarining uzoq hukmronligi maktab geografiyasi uchun og’ir davr bo’ldi. 1925-1926 yillarda maktablarning yuqori sinfida geografiya dasturlaridan umuman chiqarib tashlandi. Geografiya tibbiyot, fizika, ijtimoiy fanlar tarkibida o’rganiladi. Kartani o’rganishnihoyatda zaif bo’ldi. Yuqoridagi fanlar geografiyani o’qitish vazifalarini mutlaqo bajara olmadilar. Kompleks metod asosida predmetsiz o’qitish yo’li edi.
1918-1934 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr o’zbek sovet maktablarida geografiya o’qitishni yo’lga qo’yish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda yangi tipdagi maktablar bilan eski tipdagi sovet maktabi geografiyasiga asos solinadi. Yangi dasturlar asosida 1922-1923 yillarda “o’qitishning kompleks dasturlari” ishlab chiqildi. Bu turli variantlarda bo’lib, bir necha marta o’zgardi va 10 yil mobaynida qo’llanildi. Geografik materiallar kompleks mavzular orasida singib ketdi. Geografiyani o’rganish juda past saviyada olib borildi. Kompleks dasturlarining uzoq hukmronligi maktab geografiyasi uchun og’ir davr bo’ldi. 1925-1926 yillarda maktablarning yuqori sinfida geografiya dasturlaridan umuman chiqarib tashlandi. Geografiya tibbiyot, fizika, ijtimoiy fanlar tarkibida o’rganiladi. Kartani o’rganishnihoyatda zaif bo’ldi. Yuqoridagi fanlar geografiyani o’qitish vazifalarini mutlaqo bajara olmadilar. Kompleks metod asosida predmetsiz o’qitish yo’li edi.
1918-1934 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr o’zbek sovet maktablarida geografiya o’qitishni yo’lga qo’yish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda yangi tipdagi maktablar bilan eski tipdagi sovet maktabi geografiyasiga asos solinadi. Yangi dasturlar asosida 1922-1923 yillarda “o’qitishning kompleks dasturlari” ishlab chiqildi. Bu turli variantlarda bo’lib, bir necha marta o’zgardi va 10 yil mobaynida qo’llanildi. Geografik materiallar kompleks mavzular orasida singib ketdi. Geografiyani o’rganish juda past saviyada olib borildi. Kompleks dasturlarining uzoq hukmronligi maktab geografiyasi uchun og’ir davr bo’ldi. 1925-1926 yillarda maktablarning yuqori sinfida geografiya dasturlaridan umuman chiqarib tashlandi. Geografiya tibbiyot, fizika, ijtimoiy fanlar tarkibida o’rganiladi. Kartani o’rganishnihoyatda zaif bo’ldi. Yuqoridagi fanlar geografiyani o’qitish vazifalarini mutlaqo bajara olmadilar. Kompleks metod asosida predmetsiz o’qitish yo’li edi.
ü Oktabr to’ntarishidan keyin Sovet maktabini isloh qilishdan boshlandi. Darslar maxsus qarorlar asosida 9 yillik yagona mehnat maktablari tashkil etildi. Bu maktab 2 bosqichdan iborat. 1-bosqich 1-5 sinflar, 2-bosqich 6-9 sinflardan iborat. Bunday maktabda geografiya ta’limi maqsad va mazmun jihatdan o’zgardi.
ü 1918-1922 yillarda geografiyadan na’munaviy dasturlar paydo bo’ldi. Bunda ayrim landshaftlarning xususiyatlarini o’rganishga ko’proq e’tibor berildi. O’sha davrlar “landshaft dasturlari” bilan mashhurdir. Masalan, “ovchilar landshafti”, “ko’chmanchilar landshafti” va x.k.
ü Landshaft dasturlari o’zini oqlamadi. 1921 yilda geograf D.N.Anuchin rahbarligida umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan geografiya dasturi loyihasi ishlab chiqildi. Ungacha ayrim hududlar, xatto, ayrim maktablar xuddi landshaftlar dasturiga o’xshash bo’lgan dasturlarni o’zlari tuzar edilar.Anuchin dasturi Oktabr to’ntarishiga qadar bo’lgan geografiya ta’limini eng yaxshi tomonlarini qisman bo’lsa ham o’ziga aks ettirgan bo’lib, unda geografiyani o’qitish sinflar boyicha taqsimlangan edi.
Anuchin dasturiga muvofiq 3- sinfda o’z qishlog’i, shahari, guberniyasi o’rganilar edi. Bu turni mamlakatshunoslik deb ataydi. O’quvchilar geografik nomlar, tushunchalar geografiyasiga oid rasmlar bilan tanishtirilar edi.4-sinfda mamlakatlar turli mintaqalarning tabiati, insonlar hayotini aks ettiruvchi rasmlar namoyish qilindi.
5-sinfda mamlakatshunoslikka oid bo’lgan ma’lumotlar va “qit’alar geografiyasi” o’rganilar edi. 6-8 sinflarda Rossiya geografiyasi, 8-sinfda iqtisodiy geografiya, 9-sinfda astronomiya va astrologiya o’rganilar edi. Mazkur dastur o’quvchilarning geografiyaga oid bilimlarini oshirishga katta rol oynaydi. Unda geografiyaga ajratilgan soatlar miqdori ancha ko’p edi. 1924 yildan 1930 yillarda maktab geografiya ta’limi uchun og’ir yillar bo’ldi. 1924 yildan boshlab maktab geografiyasi yangicha dasturlar asosida ishlashga o’tdi. Ammo bu darsliklar boyicha, geografiya boyicha alohida predmetlar yo’q edi. Unda geografiyadan uzuq-yuluq bilim berilar edi. 1-4 sinflarda alohida geografiya kurslari o’rnini kompleks mavzular egalladi. Bu mavzular mazmuniga qisqacha geografik savolda mahalliy tabiat va xo’jalik bilimlari berilar edi. 4-sinfda Rossiya geografiyasi va boshqa fanlar geografiyasi o’rgatilar edi. Masalan: 1-sinfda yil fasllari, 2-sinfda mahalliy tabiat va xo’jalik bilimlari edi. 4-sinfda Rossiya geografiyasi va boshqa fanlar geografiyasi o’rgatilar edi.
2-bosqich sinflarda geografiya, biologiya, tarix, jamiyatshunoslik fanlari tarkibiga singib ketgan edi. Tabbiy geografiya va mamlakatshunoslik haqida bilimlar nochor ahvolga tushib qolgan edi. Xullas, kompleks dasturlarning qabul qilinishi geografiyani mustaqil fan sifatida barham topishiga olib keldi. Faqat 1927-yilda avval 1-bosqich maktablarida , keyinroq 2- bosqich sinflarida geografiya fan sifatida qayta tiklandi. O’zbekistonda 1920-1930 yillar oralig’ida geografiya darsliklari rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilindi. G.N.Ivanovning “boshlang’ich jo’g’rofiya” darsligi geografiya darsliklarining to’ng’ichi edi. Bu darslik 1927 yilda N.L.Korejenevskiy yordamida P.Arxengelskiy tomonidan o’zgartirib nashr qilindi. G.N.Ivanov, G.G.Ivanovlarning Baxtiyorov va Makarov bilan hamkorlikda birmuncha o’zgartirib nashr qilingan “Jo’g’rofiya ham o’lkani o’rganish” darsligi ham o’zbek tilidagi dastlabki daarsliklardan edi. Bu davrda Balashovning “O’zbekiston hamda unga qo’shni jumhuriyatlar va viloyatlar”, P.Anxangelskiyning “Jo’g’rofiya” (o’lkani o’rganish darsligi), A.Obidovning “O’zbekiston sotsialistik sho’rolar jumhuriyati jo’g’rofiyasi” darsliklari geografiya ta’limida katta ahamiyatga ega bo’ldi. A.Obidovning “O’zbekiston jo’g’rofiyasi” darsligi O’zbekiston geografiyasi ta’limida o’z Respublikasini o’rganishda 1-haqiqiy asar o’zbek tilida dastlabki geografiya metodikasi paydo bo’ldi. Uning muallifi N.Monov edi. Geografiya metodikasi suhbatlar metodida yozilgan bo’lib, u holat kamchiliklarga ega bo’ldi. Unda kartalar bilan ishlash metodlari yoritilmagan edi.
O’zbekiston maktablarida geografiya o’qitish samaradorligini oshirishda 1925 yildan boshlab chop etilayotgan “Maorif va o’qituvchi” jurnalining jurnalining roli katta bo’ldi. Jumladan ushbu jurnallarning 1925 yil 5-6 sonlarida “Jo’g’rofiyaning foydasi”, “Lug’at va atamalar”, “Samarqand”, “Maktabda o’lkani o’rganishning ahamiyati” , “Muz davrining oxirlarida Yevropada qanday irqlar yashadilar”. “Sahroi Kabir” va boshqa o’nlab geografiyaga oid maqolalar e’lon qilinadi. Bu jurnal geografiya o’qituvchilariga ilmiy va metodik jihatdan yaqindan yordam berdi. 1931 yil 4 iyuldan “Madaniy inqilob” (keyinchalik “O’qituvchilar gazetasi”, hozirda “Ma’rifat”) gazetasi chiqa boshladi. Bu gazeta geografiya o’qituvchilarining haqiqiy yordamchisi bo’ladi. Unda yuzlab ilmiy, uslubiy maqolalar e’lon qilindi.
Geografiya ta’limida kadrlar yetishtirish masalasi sekin asta yo’lga qoyildi.1927-yilda Samarqand oily pedagogika instituti ochildi . 1937-yillar oxirlariga kelib oily malumotli geografiya o’qituvchilari yetishib chiqa boshladi. Bular N. Ibodov, G. Nazarov, I.Mirzaboyev, A.Axrorov va boshqalar edi. 1930-yillarning o’rtalarida Toshkent, Buxoro, Samarqand keyinchalik Nukus, Urganch, Qo’qon, Andijon shaharlarida pedagogika institutlari ochildi. Maktab geografiyasining taqdirini hal etishda maktab geografiyasi va ilmiy geografiyasining taqdirini hal etishda maktab geografiyasi va ilmiy geografiyasining taqdiriga katta BKPning 1931-yil 5- sentabr va 1932-yil 25-avgust qarori tasir etdi.Geografiyani boshqa fanlar tarkibida o’rganishga qatiy xotima berdi. Geografiyani boshqa predmetlar orasida teng huquqli bo’lishiga imkon yaratdi. Geografiyaning alohida fan ekanligini isbotlab berdi. 
Pedagogika institutlarida geografiya o’qituvchilarining maxsus tayyorlash masalasini ham hal etadi.Geografiya dasturini, kartani, tabiiy geografiya asoslarini bilish kapitalistik mamlakatlarini o’rganish zarurligi masalalari qarorda alahida o’qitiladi. O’zbekistonda maktab geografiyasi taqdirini hal qilishda BKP ning 1934-yil 15-may qarori alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Qarorda boshlang’ich va o’rta maktablarda geografiya o’qitilishining sifatsizligi, kartalarning maqsadga muvofiq emasligi, mavzularning quruqligi, darsliklarning raqamlar bilan to’laligi. Ayniqsa maktabni bitirib chiqayotgan o’quvchilarning geografiyadan bilimlarining sayozligi va sifatsizligi tanqid ostiga olindi. Qaror geografiyani qanday o’qitish to’g’risida har bir sinfda geografiya fanlarini o’qitishda ayrim ko’rsatmalar berdi
Bu qarorga muvofiq geografiya talimi 3 bo’g’inga bo’lib o’qitika boshlandi.
Geografiyadan haftalik soatlar bir muncha ko’paydi. Bu qaror o’quvchilar yoshini e’tiborga olgan holda ko’rgazmali va qiziqarli bayon qilishni talab qiladi. 1934-1935 o’quv yilidan boshlab yangicha dasturlarga o’tildi.
Bu dasturlarga asosan yangi darsliklar , ilmiy ommabop adabiyotlar, atlas kartalar o’qituvchilar uchun o’quv metodik qo’llanmalarni yaratishga kirishildi. 1934 yilgi qaroridan keyin “Geografiya v shkole” jurnalining chiqa boshlashi nafaqat Rossiyada , balki O’zbekistonda ham geografiya ta’limini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ilg’or o’qituvchilar, oily va o’quv yurtlari o’qituvchilari geografiyadan qo’llanmalar yaratishga jalb qilindi.
1960 yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo’llanma va darsliklar nashr etila boshlandi. O’sha davrlarda O’zbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda A.Obidov, O.Saidrasulov, H.Hasanov, N.Daminov va boshqalarning xizmatlari katta bo’ldi. Umumta’lim maktablari va oily o’quv yurtlari uchun geografik adabiyotlar, darsliklar va metodik qo’llanmalarni tarjima qilish keng tus oldi.Umumta’lim maktablarni takomillashtirish va rivojlantirishda maktabni isloh qilishga tayyorgarlik ishlari ko’rib chiqildi. Isloh geografiya ta’limi mazmuniga ham ta’sir qilmasdan qolmadi. Maktab geografiya kurslari tarkibida ham ba’zi o’zgarishlar paydo bo’ldi. Ta’limning 11 yillik tizimiga o’tish bilan geografiyani o’qitishda ham mehnat ta’limi kasb hunar yo’nalishiga e’tibor kuchaytirildi.
Sobiq SSSR tugatilishi arafasida maktabni qayta isloh qilish uchun kurashlar va harakatlar bo’ldi .Lekin ular o’zini oqlamadi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi geografiya ta’limida tub o’zgarishlarga olib keldi.Darslarda o’quvchilarning mustaqil va amaliy ishlariga e’tibor kuchaydi. 1935-yilda O’rta Osiyo universitetida geografiya-geologiya fakulteti tashkil etildi. 1935-1940-yillar mobaynida O’zbekistonda pedagogika institutlarining aksariyatida geografiya mutaxassisligi ochildi.1943-yilgacha Respublikada 10ga yaqin o’qituvchilar instituti ochildi.Ularda geografiya o’qituvchilari ehtiyojlarini hisobga olib, ularga metodik yordamlarini kuchaytirish maqsadida o’qituvchilar malaakasini oshirish institutlari, ular bazasida esa geografiya kabinetlari va kafedralari tashkil etiladi.Geografiya ta’limi har tomonlama rivojlanishida buyuk iqtisodiy-geograf N.N.Baranskiyning xizmatlari katta.U mualliflik qilgan iqtisodiy geografiya darsligi 20yil mobaynida muntazam rivojlanishda nashr etilib ko’rildi. N.N.BaranskiyO’qituvchi-ta’lim jarayonida markaziy figura” deb qayta-qayta ta’kidlangan. U geografiya ta’limida yetakchi o’rinni karta va ko’rsatmalilik egallashi zarur.deb “Karta geografiyaning ikkinchi tilidir”,”Karta-geografiyaning alfasi va olichasi”,”Birgina karta bir necha varaq matnning o’rniga o’tadi” degan o’lmas fikrlar va g’oyalarni o’rtaga tashlaydi. N.N.Baranskiy sobiq ittifoq miqyosida geografiyao’qituvchilari tayyorlash ishiga ulkan hissa qo’shgan buyukshaxsdir.
II jahon urushi ham geografiya ta’limiga o’z ta’sirini ko’rsatmasdan qolmadi.Ko’pgina geografiya o’qituvchilari frontga jo’nab ketdilar.Oliy o’quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash izdan chiqdi.o’quv qo’llanmalar umuman yetishmay qoldi.Urushdan keyingi yillarda maorif sohasida talaygina yutuqlar qo’lga kiritildi.Dastlab 4yillik, keyin 7va8 yillik to’liq o’rta ta’limga bosqichma-bosqich o’tilishi,ta’lim mazmunini tubdan qayta qurishga yordam berdi. Bu davrda geografiya o’qituvchilari diqqati ko’proq o’quv jarayonini amaliyot bilan bog’lashga qaratildi. Geografiya ta’limini hayot bilan bog’lash borasida tabiiy sharoitning xalq xo’jaligidagi ahamiyatiga e’tibor berildi. Oz o’lkasi geografiyasini o’rganish va o’z joyining kartasini chizish,ob-havoni kuzatish,o’z joyidagi barcha tabiiy kompleks komponentlarini o’rganish geografiyani turmush bilan bog’lashga qaratildi.Maktabni hayot bilan bog’lash haqidagi qaror asosida o’quvchilarning mustaqil ishlariga katta e’tibor berildi.O’zbekiston geografiyasini o’rganishga bir muncha e’tibor kuchaydi.1953-1954-o’quv yillaridan boshlab amaliy mashg’ulotlarni uyushtirish majburiy tarzda, maktab geografiya dasturlariga kiritildi.O’quvchilar dunyoqarashini shakllantirishga, mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashga e’tibor kuchaydi.1958-yil 24-dekabrda Oliy Sovetning maktab haqidagi qonuni geografiyaning takomillashuvida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu qonun boshqa fanlar qatori geografiya ta’limini ishlab chiqarish mehnati bilan yaqinlashtirishga e’tiborini kuchaytirdi.Geografiya ta’limida o’z o’lkasini chuqurroq o’rganishga bo’lgan talab oshdi.Ozbekistonda geografiya ta’limini takomillashtirishda bir qancha ilmiy maskanlar va oily o’quv yurtlari qatori Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutlaridagi geografiya labaratoriyasining xizmatlari katta bo’ldi. Bu institut geografiya labaratoriyasida P.Musayevrahbarligidagi metodist geograf olimlar maktabda geografiya o’qitishni takomillashtirish boyicha qator izlanishlar olib bordi.
Adabiyotlar:
1. Sharipova D., Xodjayeva D. Shirinov M. Tabiatshunoslik va uni oʻqitish metodikasi. – T., 2018.
2. Nuritdinova M. Tabiatshunoslik oʻqitish metodikasi. –T.: “Oʻqituvchi”, 2005.
3. Sayfullayev Gʻ.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. –Buxoro: “Durdona”, 2022. -350 bet.
4. Sayfullayev Gʻ.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. –Buxoro: “Durdona”, 2022. -254 bet..
5. Olloqova Oʻ.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. Buxoro: “Durdona”, 2021. -162 bet.
Yüklə 32,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin