O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI BIOLOGIYA YO’NALISHI
EVOLYUTSIYA NAZARIYASI FANIDAN TAYYORLAGAN
Mustaqil ishi
Topshirdi: 410-guruh talabasi Joniqulova Dilnoza
Tekshirdi: Axmedova Dilfuza
TOSHKENT-2023
Mavzu: O'simliklar fiziologiyasining rivojlanishiga Timiryazevning qo'shgan xissalari
Reja:
Kirish..............................................................................................................
Asosiy qism…………………………………………………………………
1.1. Fotosintez jarayoni va uning bosqichlari…………………………………
1.2. Fotosintezning kashf etilishi tarixi………………………………………..
2.1. Fotosintez sohasiga hissa qo’shgan olimlar haqida ma’lumot. K.A. Timiryazev – zamonaviy fotosintez ta’limotining asoschisi………………………...
2.2. Fotosintez jarayonining o’simlik hayotidagi ahamiyati va hosildorlikda tutgan o’rni……………………………………………………………………………………
III. Xulosa………………………………………………………………………………
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………
Kirish
“Bargda o’simlik hayot faoliyatining mohiyati mujassamlanib,
har qanday organik moddalar xoh hayvon, xoh odam
organizmida uchraydiganlari- hammasi barg ishlab
chiqargan moddalardan hosil bo’lgandir ”
Kliment Arkadiyevich Timiryazev,1901,”O’simliklar
fiziologiyasining yuz yillik natijalari” nutqidan
1.1. Fotosintez jarayoni va uning bosqichlari
Ma’lumki, tirik tabiatda uchraydigan biologik jarayonlar ichida fotosintez o‘zining ko‘lami va mohiyati bilan asosiy o‘rinni egallaydi. Muhit moddalaridan biologik moddalarni hosil qilish jarayonlarini birgalikda assimilatsiya nomi bilan birlashtirish mumkin. Assimilatsion jarayonlar natijasida tirik materiyaning asosiy komponentlari tuziladi va ulaming ko‘pchiligi uglerodli birikmalardir. Organik moddalarning
biologik sintezi assimilatsiyaning eng muhim jarayoni-uglerod assimilatsiyasi deb ataladi. Fotosintezda hosil bo’luvchi organik moddalar o‘z ishiga quyosh energiyasi hisobiga o‘simlik tomonidan yig‘ilgan energiyani va o‘zlashtirilgan moddalarni oladi. Fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan energiya biosferadagi tiriklik manbayining
asosi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda yashil o‘simliklar yerdagi
hayotning manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Fotosintez jarayoni tufayli planetamizdagi energiyaning eng ko‘p miqdori zaxiralanadi. Yashil o‘simliklar yil davomida fotosintez natijasida 100 mlrd. tonnadan ortiq organik massani hosil qiladi. Fotosintez jarayonida Yer sharimizga yetib kelayotgan quyosh energiyasining 45:1013 megakaloriya qismi fotosintezning turli
ko’rinishdagi mahsulotlari sifatida jamlanadi. Ushbu jarayonda yashil o‘simliklar tomonidan 130 mlrd. tonna CO2 va 130 mlrd. tonna suv qayta ishlanadi. Bundan tashqari fotosintezlovchi hujayralar ushbu jarayon tufayli o‘zlarining har xil moddalarga bo‘lgan talabini qondiradi. Dastlab, fotosintezlovchi hujayralarda uglevodlar sintezlanganligi tufayli ular o‘zlarining shu moddaga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. So‘ngra ushbu birikmalardan boshqa organik moddalar, masalan, oqsillar va yog’lar sintezlanadi.
Fotosintez jarayonida hosil bo‘luvchi birlamchi uglevod bu -fruktozafosfatdir. Keyinchalik fruktozafosfatdan boshqa biopolimerlar va monomerlar, masalan, kraxmal, selluloza, kletchatka, oligosaxaridlar, disaxaridlar va monosaxaridalar hosil bo’ladi. Ammo uglevodlarning o‘simlik to‘qimalari bo‘ylab asosiy tashiluvchi formasi saxarozadir. U plazmaning to’rsimon naychalari bo‘ylab tashilib o‘simlikning boshqa hujayralari tomonidan metabolik jarayonlarda ishlatilishi yoki zaxira holida to‘planishi mumkin.
Uglevodlarning zaxira formalari faqatgina kraxmal holatidagina bo’lib qolmasdan, balki disaxarid-saxaroza (shakarqamish, qand lavlagi) yoki monosaxarid-glukoza (uzum) ko‘rinishlarida ham bo’lishi mumkin.
Bizning planetamizda sodir bo‘ladigan biologik jarayonlar ichida fotosintez asosiy o‘rinni egallaydi. Yorug‘lik energiyasi ishtirokida anorganik moddalardan, ya’ni suv va karbonat angidriddan organik modda hosil bo‘lib, atmosferaga kislorod ajralib chiqadi.
Fotosintez jarayonida suvning fotolizi natijasida atmosfera havosiga ajralib chiqadigan O2 tiriklik olamining nafas olishi uchun zarur bo‘lgan yagona kislorod manbayidir. Hozirda atmosfera havosining 1/5 qismini tashkil qilgan kislorod ham avtotrof o‘simliklaming o’sishi va rivojlanishi evolutsiyasi mobaynida hosil bo’lgan bo’lishi mumkin. Chunki hozirda mavjud bo’lgan o‘simliklar dunyosi, atmosfera havosida deyarli kislorod bo’lmagan sharoitda paydo bo’lgan bo’lishi mumkin.
Organizmlar energiya va uglerodning qanday manbayidan foydalanishiga ko‘ra
avtotroflar va geterotroflarga bo‘linadi. Anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlashda anorganik uglerod manbayidan foydalanadigan organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi.Organik moddalarni sintezlashda yorug‘lik energiyasidan foydalanadigan avtotrof organizmlar fototroflar, kimyoviy reaksiyalar energiyasidan foydalanadigan organizmlar xemotroflardir.
Fototrof organizmlarga xlorofill pigmentiga ega organizmlar, yashil o‘simliklar, lishayniklar va ayrim bakteriyalar kiradi. Yashil o‘simliklar hujayrasidagi xloroplastlarda to‘plangan xlorofill pigmenti yordamida yorug‘lik energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi.Yorug‘lik energiyasi hisobiga organik birikmalar sintezlanishi fotosintez deyiladi .
Barcha tirik organizmlarning hayotiy faoliyati fotosintez jarayoni bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq. Fotosintez natijasida avtotrof organizm hujayralarida hosil bo‘lgan organik moddalar, birinchi navbatda shu organizm hujayralari hamda barcha geterotrof organizmlar uchun oziqa va energiya manbayidir.
Fotosintez jarayonini quyidagi umumiy formula orqali ifodalash mumkin:
6CO2 + 6H2O + quyosh energiyasi C6H12O6 + 6O2
1-rasm. Barglarda fotosintez jarayoni.
Xlorofill pigmenti o‘ziga xos kimyoviy tuzilishga va yorug‘lik kvantlarini ushlab qolish xususiyatiga ega. Fotosintez jarayoni hujayraning fotosintez qiluvchi tuzilmalarida ikki bosqichda o‘tadi: yorug‘lik va qorong‘ilik bosqichlari .
Yorug‘lik bosqichi xloroplastlarning tilakoidlarida kechadi.Bunda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida yorug‘lik energiyasi, suv, ADF, xlorofill ishtirok etadi.
Fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichida oxirgi mahsulotlar sifatida
O2, ATF, NADFH hosil bo‘ladi. Molekular kislorod atmosferaga chiqariladi, energiyaga boy ATF va NADFH qorong‘ilik bosqichi reaksiyalariga sarflanadi.
Fotosintezning qorong‘ilik bosqichi xloroplastlarning stroma qismida amalga oshadi, bunda boshlang‘ich mahsulotlar sifatida CO2, ATF, NADFH qatnashadi. NADF molekulasi tarkibidagi H atomlari va CO2 molekulalari ATF energiyasi hisobiga birikib, birlamchi uglevod - glukoza sintezlanadi.
Fotosintezning umumiy reaksiyasi 12H2O + 6CO2 = C6H12O6 + 6O2 + 6H2O
Suvning fotolizi 12H2O = 6O2 + 24H + 24 e
NADFH ning hosil bo‘lishi 24NADF + 24H + 24 e = 24 NADFH
Fotofosforlanish 18ADF + H3PO4= 18ATF
Yorug‘lik reaksiyalari 12H2O + 24NADF + 18ADF + 18H3PO4= =6O2 + 24NADFH + 18ATF
Qorong‘ilik reaksiyalari 6CO2 + 24NADFH + 18ATF =C6H12O6+ 24NADF + 18ADF +18H3PO4+ +6H2O
Fotosintezning umumiy reaksiyasi
|
12H2O + 6CO2 = C6H12O6 + 6O2 + 6H2O
|
Suvning fotolizi
|
12H2O = 6O2 + 24H + 24 e
|
NADFH ning hosil bo‘lishi
|
24NADF + 24H + 24 e = 24 NADFH
|
Fotofosforlanish
|
18ADF + H3PO4= 18ATF
|
Yorug‘lik reaksiyalari
|
12H2O + 24NADF + 18ADF + 18H3PO4= =6O2 + 24NADFH + 18ATF
|
Qorong‘ilik reaksiyalari
|
6CO2 + 24NADFH + 18ATF =
=C6H12O6+ 24NADF + 18ADF +18H3PO4+ +6H2O
|
1-jadval. Fotosintez jarayonining asosiy reaksiyalari.
Dostları ilə paylaş: |