Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi


III. BOB O'ZBEKISTONLIK OLIMLARNING AGROKIMYO RIVOJLANISHIDA QO'SHGAN XISSALARI



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə7/9
tarix10.06.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#128129
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Agrokimyo fanining rivojlanishida dunyo olimlarining qo\'shgan hissalari kurs ishi

III. BOB O'ZBEKISTONLIK OLIMLARNING AGROKIMYO RIVOJLANISHIDA QO'SHGAN XISSALARI
3.1. Turkistonda agrokimyo elementlarining rivojlanish tarixi
Ma’lumki, 0‘rta Osiyo qadimiy dehqonchilik markazlaridan bittasi hisoblanadi. Miloddan awalgi VI—V ming yilliklarda awaldan dehqonchilik bilan shug'ullanish hozirgi Eron hududidan janubiy Turkmanistonga ko‘chib o‘tdi va bu erda «Jaytun» deb nomlangan dehqonchilik madaniyatini yuzaga keltirdi. Qadim davrdagi dehqonchilik yerlarni bostirib sug‘orish asosida (to‘g‘rirog‘i, bahorda, daryolar toshgan paytda, suv bosgan joylarga ekin ekish asosida) amalga oshirilar edi. Eneolit (miloddan avvalgi IV—III) davriga kelib, Zarafshon vodiysida ham dehqonchilik bilan shug‘ullana boshladilar («Sopolli» dehqonchilik madaniyati). Uzunligi uch kilometrga yetadigan kichik shoxariqlar qazilib, unumdor yerlarga suv chiqarilishi dehqonchilik tarixidagi muhim qadamdir.
Miloddan avvalgi II minginchi yillarda hozirgi Buxoro hududlarida «Zamonbobo» va «Tozabegip» dehqonchilik madaniyatlari va shundan keyinroq «Chust» dehqonchilik madaniyati shakllandi. Bu davrga kelib bostirib sug‘orish o‘rniga kanallardan foydalanish, birmuncha murakkabroq ish qurollariga o‘tish bilan bir qatorda tuproq unumdorligini oshirish maqsadida mahalliy o‘g‘itlardan foydalanishning ham ilk alomatlari ko‘rina boshladi. Ayniqsa, «sopolli» dehqonchilik madaniyati davrida tuproqlarni qo‘sh xo‘kiz qo'shilgan omochlar yordamida ishlanishi va podalarda yirik shoxli qoramollar sonining ortib borishi (ayrim m a’lumotlarga qaraganda, jami mollar sonining 28—29 foizini tashkil qilgan) buning yaqqol dalilidir.
Qoramollar sonining ortishi esa, tabiiyki, ularning axlatlarini mahalliy o ‘g‘it sifatida ishlatilishiga sabab bo‘lgan. G.N. Lisitsina tom onidan amalga oshirilgan maxsus tadqiqod usullari ko‘p miqdorda go'nglarning ishlatilishi neoantropogen tuproqlar tarkibidagi chirindi miqdorini 0,34—0,52 foizdan qadimiy sug'oriladigan tuproqlarda 0,80—1,02 foizga yetishiga olib kelganligini ko‘rsatgan. Umuman olganda, 0 ‘rta Osiyoda sug‘oriladigan dehqonchilik madaniyati va chorvachilik bundan 7—8 hatto 10 ming yillar awal paydo bo‘lganligi zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da ham eslatiladi.
Buyuk ensiklopediyachi olim Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad Beruniy (978-1048) mashhur «Kitob ul jamoxir fi ma’rifatil javoxir» asari ona jins va tuproq mineral qismlning xossalarini o'rganish bo‘yicha saqlanib qolgan dastlabki muhim qollanm a hisoblanadi. X—XI asrlarda aytilgan ushbu ilmiy fikrlar dunyo miqyosida birinchi bo‘lib, tuproqlar nurash jarayonida hosil boiadigan ona jinsining mahsuli ekanligi, ularning mineral qismi esa tabiat va o‘simliklar hayotida katta o‘rin tutishi alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Taxminan XIV—XV asrlarda yozilgan «Ziroatnoma» (Fan-i kashtu ziroa) asarida ajdodlarimizning ming yillik dehqonchilikka oid tajribalari umumlashtirilgan. Kitobdagi ayrim m a’lumotlarning guvohlik berishicha, ular ekinlardan yuqori va mo'l hosil yetishtirishda o‘g‘itlarning muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilganlar. Mazkur asarda turli chorva mollarining go'nglari tuproqlarga turlicha ta’sir ko‘rsatishi, qo‘y va echkilarning go‘nglari ot go‘ngiga nisbatan bir yarim baravar kuchliroq ekanligi e’tirof etilgan. Ayniqsa, cho‘chqa axlati o‘g‘it sifatida unchalik ahamiyatga ega emasligi, uni qollaganda turli-tuman illatlar kelib chiqishi alohida qayd etilgan.
Shuningdek, hozirgi kunda biz «kompost» deb ataydigan «nuriyi maxlut» ni tayyorlash usullari ularga o ‘sha qadim zamonlardayoq m a’lum boMgan ekan. Nuriyi-maxlutni tayyorlash uchun go'ng, ariq va zovur tuproqlari, chirigan qamish, xashak va barglar, eski devor hamda tom tuproqlari, axlatlar, kul, iste’mol uchun yaramaydigan meva-chevalar, charm va polos qoldiqlari hamda suyak talqonlaridan ustalik bilan foydalanganlar. Nuriyi-maxlut tarkibidagi oziqa elementlarni havo va yog‘insochinlar ta’sirida sezilarli darajada kamayishi (hozirgi ibora bilan aytilganda, denitrifikatsiyalanishi ham) ularning e’tiboridan chetda qolmagan. Bundan ancha ilgari yetishtirish borasida «Dasturi kishvarzon» («Dehqonlarga yo‘riqnoma») va «Kidyurnoma» («Bog‘dorchilik haqida kitob») kabi qimmatbaho asarlar yozilgan bo‘lib, ular shu davrlarda tez-tez bo'lib turadigan urushlar paytida yo‘qolib ketgan. Ajdodlarimiz shuningdek, ekinlar va tuproq (to'g‘rirog‘i tuproqning xususiyatlari) o'rtasidagi munosabatga azal-azaldan qiziqib kelganlar va o'rganganlar. Natijada Quva va Dashnobodning tuproqlari anor, Namangan tuproqlari olma, Kattaqo‘rg‘on tuproqlari uzum yetishtirish uchun eng qulay ekanligi aniqlangan. Oltiariqning bodringlari, Marg‘ilon anorlari va Chorjo‘y qovunlari qadim-qadimdan buyon ma’lum va mashhurdir. 24 Yuqorida sanab o‘tilgan vositalar yordamida yaqin-yaqingacha ham tuproqlar tarkibidagi chirindi va oziqa elementlarining miqdori ko‘paytirilgan.
Oziqlanish elementlarining tuproqqa tushishi va tuproqdan chiqib ketishi o'rtasidagi farq oziqlanish elementlarining balans holati hisoblanadi. Oziqa elementlarining tuproqdan chiqib ketish miqdori maydonning m a’lum birligi hisobiga shu elementlarning hosil va unga qo‘shimcha hosil tarzida tuproqni tark etgan miqdori bilan o'lchanadi. Oziqlanish elementlarining tuproqqa qayta tushish miqdorini oziqa elementlarining o‘g‘itlar, shuningdek, o‘simliklarning qoldiqlari, atmosferaning molekular shaklidagi azotining tuproqqa tushgan va boshqa manbalar orqali to ‘plangan miqdorlar yig‘idisi tashkil qiladi.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining oziqa elementlarga bo'lgan talabining har xil bo‘lishi oziqa moddalarini hosil bilan tuproqdan har xil miqdorda chiqib ketishi bilan farqlanadi. Bo‘g‘doydan har gektar yer maydonidan 30 s hosil olish uchun 110 kg N, 40 kg P20 5, 70 kg K20 sarf qilinadi. 0‘g‘itdan foydalanmasdan o‘simliklarni o'stirish natijasida hosildorlik yildan yilga kamayaveradi.
0`simliklarning hosildorligi, ularning o'sishi va rivojlanishi asosan o‘sishning to‘rt xil omili — yorug‘lik, issiqlik, namlik va oziqaning birgalikdagi ta’siriga bog'liq. Lekin ishlab chiqarish sharoitlarida o‘simliklarning o'sishini va hosildorligini oshirishni boshqarish imkoniyatlari bir xil emas. Hozirgi 29 kunda qishloq xo‘jalik ekinlarini hosildorligini oshirishning hal qiluvchi omili o 'g ‘itlar va dehqonchilikni keng ko'lam da kimyolashtirish hisoblanadi. Jahon miqyosida dehqonchilik bo'yicha orttirilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, hosildorlik darajasi ishlatiladigan o‘g‘itlarning miqdori bilan chambarchas bog‘liqdir

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin